Laboratoriya ishi №1 Talabalarda sinov darslarini o’tkazish Ishning maqsadi




Download 195.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.03.2022
Hajmi195.04 Kb.
#18646
Bog'liq
Laboratoriya ishi № 6.1 Talabalarda sinov darslarini o’tkazish (1)
ПРОЦЕСС ПАДЕНИЯ РЕДУЦИРОВАННЫХ И ЕГО СЛЕДСТВИЯ, 9-sinf ximiya, Mavzu umumiy psixologiya, assesment metodi, İstanbul Yabancılar İçin Türkçe Ders Kitabı A1, 3


Laboratoriya ishi № 6.1 
Talabalarda sinov darslarini o’tkazish
Ishning maqsadi: Talabalarda sinov darslarini o’tkazish 
Kerakli jihozlar: A3 va A4 formatli qog’ozlar, marker yoki rangli ruchkalar, 
chizg’ich, kompyuter, kolleksiyalar. 
O`qitish jarayonida kompyuterlardan foydalanish real namoyish tajribalarini amalda 
qo`llash mumkin emasligi sababli talabalar o`zlashtirishida ma’lum qiyinchiliklar 
tug`diradigan turli tabiiy hodisalar va kimyoviy jarayonlarni mavhumlik darajasida 
ham ilmiy jihatdan to`liq tushuntirish imkonini beradi. Kompyuterda o`rgatuvchi 
dasturlar kimyoviy jarayonlar mexanizmlarini chuqurroq anglashga, asosiy 
e’tiborini o`rganilayotgan materialning muhim jihatlariga qaratishga yordam beradi, 
bilim va malakalarni rivojlantirish, olingan bilimlarni amalda qo`llash vositasi 
sifatida namoyon bo`ladi.
Kompyuterning o`qitish vositasi sifatidagi pedagogik imkoniyatlari qator 
ko`rsatkichlar bo`yicha (ko`rgazmalilik, grafik imkoniyatlar, bilimlarni nazorat 
qilish va baholashning texnik vositalari va b.) o`quv jarayonini amalga oshirishning 
an’anaviy vositalaridan ancha ustun turadi. Kimyo o`qitish jarayonida 
kompyuterdan foydalanish o`tilgan nazariy va amaliy materialni tez va sifatli 
o`zlashtirish imkonini beradi. Ma’lum sharoitlarda dasturiy vositalarni an’anaviy 
o`qitish metodikasi tizimiga kiritish o`quv vaqtini tejash, uzun hisoblash amallarini 
bajarish va sonlar analizidan ozod bo`lish, o`zlashtirish natijalarini nazorat qilishni 
avtomatlashtirish imkoniyatlari hisobiga sezilarli pedagogik effekt beradi.
Kimyo ta’limining maqsadi o`quvchilarni kimyo fani asoslari va atrofimizdagi 
olamni bilish metodlari bilan tanishtirishdan iborat. Bu borada, ob’ektiv sabablarga 
ko`ra o`rganilishi qiyin bo`lgan quyidagi bo`lim va mavzular alohida o`rin tutadi:
- vizual kuzatish imkoni bo`lmagan jarayonlar va hodisalarni o`qitish;
- og`zaki tushuntirilganda qiyin qabul qilinadigan, mavhum fikrlash va uni 
talab qiluvchi, model tasavvurlardan foydalanib oson tushuntirish mumkin bo`lgan 
mavzular;
- portlovchi, zaharli, noyob va qimmatbaho reaktivlardan foydalani-ladigan 
murakkab kimyoviy eksperimentlar;
- maxsus qurilmalarni talab qiluvchi tajribalar.
Bunday mavzularni o`qitish samaradorligini ta’minlashda axborot 
texnologiyalari katta potensialga ega bo`lib, animasiyalardan foydalangan holda 
o`quv materialining mazmunini tushunarli va qiziqarli qilish imkonini beradi.

Download 195.04 Kb.




Download 195.04 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya ishi №1 Talabalarda sinov darslarini o’tkazish Ishning maqsadi

Download 195.04 Kb.
Pdf ko'rish