• Nazariy qism
  • Laboratoriya ishi 12 Mavzu: Matematik model asosida iqtisodiy masala tuzishga namunalar. Ishdan maqsad




    Download 0.66 Mb.
    Sana26.05.2022
    Hajmi0.66 Mb.
    #21964
    Bog'liq
    12 labaratoriya ishi
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

    LABORATORIYA ISHI - 12
    Mavzu: Matematik model asosida iqtisodiy masala tuzishga namunalar.
    Ishdan maqsad. Matematik model asosida iqtisodiy masala tuzishga namunalarni o’rganish.
    Qo’yilgan masala. Matematik model asosida iqtisodiy masala tuzishga namunalar.
    Ish tartibi:

    • Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;

    • Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;

    • C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;

    • Natijalarni tekshirish;

    • Hisobotni tayyorlash va topshirish.

    Nazariy qism
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va ularning bo’linmalarini faoliyatini chuqur iqtisodiy tahlil qilishda qo’llaniladigan eng takomillashgan yo’nalish bo’lib, matematik usullardan keng foydalanish hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilda matematik usullardan foydalanish tahlil qilish muddatini qisqartirish, tijorat faoliyati natijalariga ta’sir etuvchi omillarni to’la qamrab olish, taxminiy va sodda hisob-kitoblarni aniq hisoblashlar bilan almashtirish, tahlilning yangi, ko’p o’lchamli masalalarini qo’yish va echishda qo’l mehnati va an’anaviy usullar bilan amaliyotda bajarib bo’lmaydigan masalalarni echish imkonini beradi. Shuning bilan menejerda o’z g’oyalari va istaklarini matematik modellar yordamida tekshirib ko’rish va ishlab chiqilayotgan biznes-rejaning bir necha variantlarini ishlab chiqib tekshirib ko’rish, ularning orasidan eng yaxshisini tanlash imkoniyatini yaratadi.
    Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda matematik usullarni qo’llash quyidagilarni talab qiladi:
    -korxona iqtisodiyotini o’rganishga tizimli yondashish, uning turli faoliyati bilan bog’liq bo’lgan o’zaro aloqalarini barchasini hisobga olish. Bunday sharoitlarda tahlilning o’zi kibernetik ma’noda tizimli xususiyatlarni o’zida jamlaydi, namoyon etadi;
    - iqtisodiy tahlil yordamida echiladigan iqtisodiy jarayon va masalalarni miqdoriy xarakteristikalarini ifodalovchi iqtisodiy-matematik modellar kompleksini tuzish;
    - korxona faoliyati bilan bog’liq iqtisodiy axborotlar tizimini takomillashtirish;
    - iqtisodiy tahlil qilish maqsadida iqtisodiy axborotlarni to’plash, saqlash, qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi hisoblash texnikasi vositalarining mavjud bo’lishi;
    - ishlab chiqarish bilan bog’liq iqtisodchi, matematik modellashtirish, matematik hisobchilar, dasturchi-operatorlardan tashkil topgan maxsus analitiklar jamoasini tashkil etish.
    Turmushimizda uchraydigan ko‘pgina iqtisodiy masalalarni hal qilishda belgilangan maqsadga erishish uchun eng yaxshi variantni topishga harakat qilamiz. Bunday masalalar optimizatsiya masalalari hisoblanadi va ularni hal qilishda matematik usullardan foydalanamiz.
    Ko‘pgina optimizatsiya masalalari maqsad funksiyasi yoki sifat kriteriysi (mezoni) deb ataluvchi qandaydir funksiyaning eng katta yoki eng kichik qiymatini topish masalasiga keltiriladi. Masalani qo‘yilishi va uni yechish usullari maqsad funksiyasi va u haqidagi oldindan berilgan ma’lumotlarga bog‘liq. Matematik nuqtai nazardan, agar maqsad funksiyasi aniq formula ko‘rinishida berilgan differensiallanuvchi funksiya bo‘lsa, masalaning yechilishi juda soddalanadi. Bunday funksiyaning eng katta yoki eng kichik qiymatlarini hosila yordamida topish mumkin. Hozirgi vaqtda, fan-texnikaning jadal o‘sishi bilan optimizatsiya masalalari doirasi kengayib ketdi. Bunday masalalarning ko‘pida maqsad funksiyasining ko‘rinishi murakkab yoki tajriba natijalariga ko‘ra olingan bo‘ladi. Bunday masalalarni yechish kompyuterlar yordamida murakkab murakkab matematik usullarni qo‘llab bajariladi. Masalalarning murakkabligi funksiya argumentlarining soniga ham bog‘liq. Shunga ko‘ra bir o‘lchovli optimizatsiya masalalari yechiladi. Shunday masalalardan biri eng yaxshi konserva bankasi haqidagi masaladir.
    Masalaning qo’yilishi quyidagicha:
    Silindr shakldagi, V hajmga ega bo‘lgan konserva bankasining eng yaxshi varianti ko‘rsatilsin. Bunda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: “qanday banka eng yaxshi hisoblanadi, bankalarning qaysi alomatiga ko‘ra solishtirish kerak?” boshqacha qilib aytganda, optimizatsiya maqsadini ko‘rsatish kerak.
    Masalaning ikki hil variantini ko‘raylik:
    Eng yaxshi bankaning sirti S minimal bo‘lsin. Uni yasash uchun eng kam tunika sarflanadi. Eng yaxshi bankaning choklari uzunligi l minimal bo‘lsin. Choklarni kavsharlash uchun kam ish bajarilsin.
    Variant - 10
    1.A va b sonlarini kiriting. Katta raqamni uch baravar ko'paytiring, kichikroq mahsulot yarim summa bilan.

    2-topshiriq




    Download 0.66 Mb.




    Download 0.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi 12 Mavzu: Matematik model asosida iqtisodiy masala tuzishga namunalar. Ishdan maqsad

    Download 0.66 Mb.