Laboratoriya ishi-2




Download 44,84 Kb.
bet5/8
Sana10.01.2024
Hajmi44,84 Kb.
#133713
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Laboratoriya ishi-2

Fayl tizimlari
Operatsion tizimlarning muhim funksiyalaridan biri - fayl tizimla-rini tashkillashtirishdir. Fayl (ang. file-papka) - bu biror nomga ega bo'lgan, qayta ishlanuvchi, ma' lum hajmda diskni band etish tushunila-di. Fayl o'zida dasturlarnii, raqamli ma'lumotlarni, matnni, kodlangan tasvirlarni va h.k.larni mujassam etgan bo'lishi mumkin.
Fayl tizimi - bu biror tashuvchida fayllami saqlashni tashkillashti-rish uchun muhit yaratuvchi hisoblanadi. Fayl - bir xii tuzilishga ega bo'lgan ko'rinishdagi virtual ma'iumotlar. Ular faylli ma'lumotlarning yaratilishi, yo'qotilishi, tashkil qilinishi, o'qilishi, yozilishiga javob beradi. Shuningdek fayllami ishlatishda mana shu fayllarni boshqarishga ham javob beradi. Fayllar tizimni diskda berilganlarni tashkil qilish usulini yoki boshqa berilganlar tashuvchilari tashkillashtirishini aniqlaydi. FAT fayl tizimida, operatsion tizimlarning aksariyat ko'pchiligida, ya'ni MS DOS, OS2, Windows, Windows NT, Linuxda FAT prinsiplari asosida tashkil qilingan fay liar bilan quvvatlangan. Lekin hamma fayl tizimilari o'zining individual xususiyatlari va cheklashlariga ega. Zamonaviy operatsion tizimlar mos fayllarni boshqarish fayllariga ega. Fayllarni boshqarish tizimi operatsion tizimlarning ko'pchiligida asosiy quyi tizim hisoblanadi.
Birinchidan, fayllami boshqarish tizimi orqali dasturlarni qayta ishlovchi tizimlar bilan bog'laydi.
Ikkinchidan, bu tizimlar yordamida berilganlarni boshqarish va disklarni markazlashgan tarmoqlashuvi masalalarini yechish mumkin.
Uchinchidan, u yoki bu fayllarni boshqarish tizimlaridan foydalanish natijasida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- o'z dasturidan nom berilgan fayllarni yaratish, olib tashlash, nomini o'zgartirish;
- fayllar o'rtasidagi ma'lumotlami almashish;
- fayllami boshqarish tizimi dastur modullariga murojaat qilib fayllar bilan ishlash.
Operatsion tizimlarda bir nechta fayllarni boshqarish tizimlari mavjud bo'lishi mumkin. Ular esa bir nechta tizimli fayllar bilan ishlash imkoniyatini ta'minlaydi.
Tizimli fayl fayllarni tashkil qiluvchi berilganlarni aniqlaydi. Fayllarni boshqarish tizimi - aniq amalga oshiruvchi fayl tizimi, ya'ni dasturiy modul majmuasi bo'lib, u aniq operatsion tizimdagi fayllar ishini ta'minlaydi. Shuni aytish kerakki, har qanday fayllarni boshqarish tizimi o'zicha bo'lmaydi va u aniq operatsion tizirnida ishlash uchun yaratilgan.
Masalan, FAT (file allocation table) - uni fayllarni boshqarish tizimi sifatida ko'rish mumkin. Birinchidan FAT-12 disketalar bilan ishlash uchun ishlab chiqilgan edi, keyinchalik qattiq disklar bilan ishlashda foydalanilgan. FAT-l6 katta hajmda xotiraga ega bo'lgan qattiq disklarda ishlatiladi. OS2 uchun fayllarni boshqarish tizimlarida FAT tizimining asosiy usullari ishlatiladi, u Super-FAT deb nomlanadi.
Shuningdek, FAT tamoyillari fayllarni boshqarish tizimlari rusumlari Windows 95, 98, Windows NT uchun mavjud. Boshqacha qilib aytganda, fayllar bilan ishlash uchun har bir operatsion tizim uchun mos fayllarni boshqarish tizimlari ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Bu fayllarni boshqarish tizimlari qaysi operatsion tizim uchun yaratilgan bo'lsa, o'sha operas ion tizimda ishlaydi. Shu bilan birga fayl tizimlarining asosiy tamoyillari bilan ishlovchi boshqa operatsion tizimlar fayllarini boshqarish tizimlari yordamida ishlashga imkon beradi.


Download 44,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 44,84 Kb.