• 2. Elektr asboblari va qurimalari bilan ishlash tartibi, hamda elektr uskunalari bilan ta’minlanishi, elektr asboblari va qurilmalari bilan ta’minlangan elektr uskunalarini ishlatish qoidasi
  • 3. Gazlar bilan ishlash qoidalari
  • 4. Zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari
  • Laboratoriya ishi neftkimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari




    Download 411 Kb.
    bet1/24
    Sana07.01.2023
    Hajmi411 Kb.
    #37723
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Нефт Yangi qo`llanma
    maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza

    1 - LABORATORIYA ISHI
    NEFTKIMYOVIY SINTEZ LABORATORIYASIDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI


    Neft, erituvchilar va tez alangalanuvchi moddalar bilan ishlayotganda quyidagi extiyot choralariga rioya qilinishi zarur:
    1.1 Neft mahsuloti va tez alangalanuvchi moddalar solingan idishlarni olovga yaqin keltirmaslik kerak.
    1.2.Qurilmani yig‘ish vaqtida uning qismlarini bir-biriga biriktirilgan o‘rnini zichlab ulash shart.
    1.3. Tez alangalanuvchi moddalarni (benzin, organik aralashmalar va boshqalar) faqat yopiq eletroplitka yoki suv hammomida qizdirilishi lozim.
    1.4.Neft mahsulotlari alangasini o‘chirish uchun suvni qo‘llab bo‘lmaydi. Yonayotgan moddani o‘chirish uchun qum yoki karbonat kislotali o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak. Yonib turgan buyumni kigiz bilan yopib o‘chiriladi. Olov alangalanishi bilan tezda gaz kranlarini berkitish lozim. Hamma yonuvchan moddalarni yonayotgan buyumning yonidan tezda olish kerak.
    2. Elektr asboblari va qurimalari bilan ishlash tartibi, hamda elektr uskunalari bilan ta’minlanishi, elektr asboblari va qurilmalari bilan ta’minlangan elektr uskunalarini ishlatish qoidasi:
    2.1. Laboratoriyalarda tez alangalanuvchi moddalar va aralashmalar bilan birga izolyatsiyasiz simlar bilan jihozlangan elektr-asboblaridan va tuzatilmagan vilkalardan foydalanib bo‘lmaydi.
    2.2. Simlar yoki elektr asboblari yonganda tezda elektr tokini o‘chirish va yong‘in o‘chiruvchi vositalardan unumli foydalanish kerak (o‘t o‘chiruvchi, asbestli salfetkalar).
    3. Gazlar bilan ishlash qoidalari
    3.1. Gaz bilan to‘ldirilgan ballonlar, gazometrlar va boshqa idishlarni issiqlik manbalaridan muxofaza qilish zarur.
    3.2. Yonuvchan gazlar bilan ishlovchi asboblar jipslangan va olovdan muxofaza qilingan bo‘lishi shart.
    3.3. Standart gaz ballonlari devorga yoki mahsus bog‘ichlar yordamida laboratoriya stoliga mustahkam biriktirilgan bo‘lishi lozim.
    4. Zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari
    Kimyo laboratoriyalarida tez-tez zaharli moddalar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi, agarda ehtiyotsizlik qilinsa, natijada zaharlanish mumkin. Bunday voqea sodir bo‘lmasligi uchun quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rish lozim:
    4.1. Aralashmalar va uchuvchan zaharli moddalar bilan ishlashni havo tortuvchi qurilmalar ichida olib borish kerak.
    4.2. Aralashmalar va uchuvchan zaharli moddalarni sachratmasdan ehtiyotlik bilan idishga kuyish kerak.
    4.3. Zaharli moddalarni pipetka orqali tortayotganda og‘iz bilan emas, rezina koptok-tortgich (grusha) dan foydalanish darkor.

    Download 411 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 411 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi neftkimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari

    Download 411 Kb.