3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga
Console kabeli yordamida
ulanishi
Xizmat ko`rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON rejimida
marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi
(3.3-rasm).
3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida
Router qurilmasining elektr
ta’minotini o`chirib/yoqish tugmasi
Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish uchun odatiy
boshlang`ich IOS ishga tushish jarayoni to`xtatiladi,
buni amalga oshirish
terminalga bog`liq. Masalan, hyperterminalda – “Ctrl-Break”, teratermda – “Alt-
B”, Cisco Packet Tracer emulyatorida – “Ctrl-Break” va h.k.
Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga tushirilishida
Ctrl+Break tugmalari qo`shilib bosiladi:
System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1)
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc.
Initializing memory for ECC
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled
Readonly ROMMON initialized
Self decompressing the image :
##############
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt
rommon 1 >
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi.
Bu yerda
konfiguratsiya registri
confreg 0x2142
buyrug`i bilan o`zgartiriladi, natiyjada
marshrutizator Flash xotiraga yozilgan konfiguratsion
faylni ishga tushirilishida
ishlatmaydi. Bundan keyin
reset
buyrug`ini kiritish
orqali marshrutizator qayta
ishga tushiriladi.
rommon 1 > confreg 0x2142
rommon 2 > reset
Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski
konfiguratsion faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda