• Molekulyar massani erish haroratining pasayishi orqali aniqlash. ( Rasta usuli )
  • Izoh: benzoy kislota
  • Laboratoriya ishi. Termik tahlil. Ikki komponentli qattiq sistemalarning holat diagrammasini tuzish




    Download 166.91 Kb.
    bet2/3
    Sana22.08.2022
    Hajmi166.91 Kb.
    #25337
    1   2   3
    Bog'liq
    таркат
    HEMIS Student manual, Gidravlika 2, Fizik kimyo Akbarov, all, DARS JADVALI, 13K-22 EEE Ishchi oquv dasturi, Dars jadvali, курс иши методичка бажариш (1), 0‘ZGARMAS TOK MASHINALARI, Схемотехника 1-4, 8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, po\'latlarga termik-kimyoviy ishlov berish, 7as termo dinamika, Практикум Методичка Железауглеродистые сплавы
    5 - LABORATORIYA ISHI.
    ERIGAN MODDANING MOLEKULYAR MASSASINI KRIOSKOPIK USULDA ANIQLASH.
    Ishning maqsadi: Bir molyalli eritma muzlash haroratining pasayishi va qaynash haroratining ortishini aniqlab, eritmada erigan moddaning molekulyar massasini; erigan moddaning konsentratsiyasini; kuchsiz elektrolitlarning dissotsiatsiya darajasini; kuchli elektrolitlarning aktivlik koeffitsiyentini topish mumkin.
    Talabalar mashg‘ulot davomida mustaqil ravishda eritmaning muzlash haroratini aniqlab, Raulning ikkinchi qonuni asosida erigan moddaning molekulyar massasini xisoblab topadilar.
    Molekulyar massani erish haroratining pasayishi orqali aniqlash.
    ( Rasta usuli )
    Rasta usuli bо‘yicha erigan moddaning molekulyar massani aniqlashda erituvchi sifatida benzoy kislotadan foydalaniladi. Benzoy kislotaning krioskopik konstantasi K=8,788 ga teng bо‘lib, uning muzlash haroratlari farqini oddiy termometr yordamida о‘lchash mumkin. Bu usul bilan benzoy kislotada eriydigan, lekin u bilan ta’sirlashmaydigan moddalarning molekulyar massasini, ular juda oz miqdorda bо‘lsa ham aniqlash mumkin.
    Izoh: benzoy kislota – C6H5COOH (C7H6O2), M=122,05; rangsiz kristall; Tsuyul.=122,4°C,
    Tqayn.=249,2°C, E=6,09
    Ish bajarish tartibi:
    Tajriba о‘tkazish uchun benzoy kislota va salitsil kislotalardan jadvalda berilgan nisbatda (5-jadval) aralashma tayyorlab olinadi. Ingichka quruq shisha kapillyarning bittasiga ma’lum nisbatda benzoy kislota va salitsil kislotadan iborat aralashmadan, ikkinchisiga toza benzoy kislotadan solinadi.
    5-jadval

    Benzoy kislota(mg)

    0,68

    0,76

    0,84

    0,90

    0,55

    0,62

    0,73

    0,82

    0,70

    0,58

    Salitsil kislota(mg)

    0,32

    0,24

    0,16

    0,10

    0,45

    0,38

    0,27

    0,18

    0,30

    0,42

    Ikkala shisha kapillyar (4) termometrning simob ustunchasiga (3) ikki tarafdan mahkamlanadi va vazelin moyli (1) kolbaga о‘rnatilgan havo g‘ilofiga ya’ni ichki shisha idishga (2) asta tushirilib, aralashma erib (5 – gaz gorelkasi) ketguncha qizdiriladi.
    Rasmda kо‘rsatilganidek, kapillyar rezina xalqa bilan mahkam-langanda, uning tо‘ldirilgan qismi termometrning simobli rezervuari bilan barobar turishi kerak. Termometrni mahkamlashda g‘ovakli tikin bо‘lakchalaridan foydalaniladi. Termometrning simobli rezervuari havo g‘ilofi tubiga tegmasligi lozim. Xammomdagi moy sathi kapillyarning yuqori tomonidan balandroq turishi kerak. Ishlash vaqtida havo g‘ilofini moy xammomidan olish man etiladi.
    Erish harorati odatdagi usulda о‘lchanadi. Avval qizdirishni sekin olib borib, oxirgi kristallarning erish harorati, sо‘ngra tez sovutilib, birinchi kristallarning hosil bо‘lish harorati aniqlanadi va yozib olinadi.
    Izoh: keyingi xar bir aralashmani qizdirishni oldindan sovutilgan xammomda olib borish zarur.

    1-kendal kolbasi

    2 – rasm. Krioskopik usulda erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash qurilmasi
    Tajriba bir xil natija olinguncha bir necha marta qaytariladi. Olingan natija asosida salitsil kislotaning molekulyar massasi hisoblanadi.

    K – benzoy kislotaning krisokopik doimiysi
    G – benzoy kislotaning massasi (ya’ni, erituvchining massasi)
    g – salitsil kislotaning massasi (ya’ni, erigan moddaning massasi)

    Download 166.91 Kb.
    1   2   3




    Download 166.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi. Termik tahlil. Ikki komponentli qattiq sistemalarning holat diagrammasini tuzish

    Download 166.91 Kb.