• 2-topshiriq
  • Laboratoriya ishi vtp protokoli sozlash




    Download 0.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana28.05.2022
    Hajmi0.7 Mb.
    #22235
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Laboratoriya ishi-5
    X bob O‘rnatilgan operatsion tizimga kirish, 32272, 7-16 lab ishi Sherali, DT sifati, i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6


    5-LABORATORIYA ISHI 
    VTP PROTOKOLI SOZLASH 
    Ishdan maqsad 
    Lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga 
    oshirish va VTP protokolini ishlash tamoyili bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega 
    bo`lish 
    Ushbu laboratoriya ishi bo`yicha topshiriq 2 qismdan tashkil topgan. 
    1-topshiriq: 
    – Cisco Packet tracer muhitida lokal tarmoq yarating va qurilmalarning 
    bazaviy parametrlarini sozlang (5.2-rasm); 
    – Har bir kommutatorda VLAN ID yarating va kommutatorlar o`rtasida 
    trank rejimini sozlang; 
    – VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani Router-on-a-Stick usuli bo`yicha
    sozlang (5.3-rasm); 
    – Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling. 
    2-topshiriq: 
    – Qurilgan tarmoq bo`yicha VTP protokolini sozlang va ishlash tamoyilini 
    tushuntiring (5.4). 
    – Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling. 
    1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot 
    Ma’lumot uzatish tarmoqlarining samaradorligini oshirish va xavfsizligini 
    ta’minlashda lokal tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog`i fizik 
    emas, mantiqiy bog`lanishga asoslangan bo`lib, lokal tarmoqda qurilmalarni 
    guruhlaydi. VLAN tarmog`i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta 
    o`tkazgich yordamida ulangandek bo`ladi.
    VLAN tarmog`i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni 
    qayerda joylashganligiga bog`liq bo`lmagan holda qo`llanilish sohasi yoki 


    loyihalash guruhi funktsiyasi bo`yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam 
    beradi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo`lishi mumkin. Bir 
    adresli (unicast), ko`p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni 
    uzatish va qabul qilish faqat o`sha VLAN doirasida bo`ladi. Har bir VLAN alohida 
    mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo`lmagan stantsiyalar paketlarni 
    jo`natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
    VLAN tarmog`i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi 
    mantiqiy keng eshittirishli (broadcast) domenni yaratadi. VLAN tarmog`i quyidagi 
    avzalliklarga ega: 
    Xavfsizlik: muhim ma`lumotlarga ega bo`lgan guruhlarni tarmoqning 
    boshqa qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish 
    extimolligini kamaytiradi; 

    Download 0.7 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.7 Mb.
    Pdf ko'rish