Laboratoriya mashg’uloti №2 Mavzu: Sohaga oid virtual animatsiya yaratish dasturlari: Macromedia Flash, Adobe Flash va Blender. Ishning maqsadi




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.08.2023
Hajmi0.65 Mb.
#79770
  1   2
Bog'liq
LABORATORIYA 2
Gimnastika mashg’ulotlarida shikaslanishni oldini olish va xavfs



LABORATORIYA MASHG’ULOTI №2 
Mavzu: Sohaga oid virtual animatsiya yaratish dasturlari: Macromedia 
Flash, Adobe Flash va Blender. 
Ishning maqsadi: Talabalarga muhandislik sohasida qo’llaniladigan virtual 
animatsiyalarni yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish. 
Macromedia Flash dasturi va uning imkoniyatlari 
Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan 
foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik 
formatlardan bo`lmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari 
cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web brouzerlarda, 
kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash texnologiyasining 
imkoniyatlardan yana biri -bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha 
platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli 
kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin.Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida 
yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interfaol elementlar va tovush 
bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali boshqarilishi mumkin. Flash 
texnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol multimediya dasturlar yaratish 
imkoniyati ko`pchilik Web-dizaynerlar o`rtasidagi bahslarga sabab bo`lib, uni 
mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu texnologiyaning 
yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-
brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun elementlar Plug-
In yaratildi. Bu esa, o`z navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham keng 
tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web -brouzerlar yaratuvchilari swfformatini 
o`z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi. Bunday usulni boshqa yirik 
dasturiy ta‟minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qo`llay boshladi. 
Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan 
ta‟minlaganligi bu formatdan ko`p muxlislarning foydalanishiga olib keldi. Shuni 
aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to`liq to`plamlari ham 
mavjud. Ushbu uskunalarni bir turi Macromedia Director Shockwave Studio- 
multimediya taqdimotlarni yaratish, Macromedia FreeHand va Macromedia 
Fireworks- grafik tasvirlar muharriri,Macromedia Authorware va Macromedia 
CourseBuilder- interfaol o`rgatuvchi kurslarni yaratish muharriri va boshqalarni 
misol qilib olish mumkin. Web-sahifa yaratuvchilar orasida eng ko`p ishlatiladigani 
bu Macromedia Flash dasturidir, chunkiushbu dastur ixtiyoriy Web-sahifaga 
mashhurlik olib keluvchi banner va animatsiya, interfaol lavhalar yaratish imkonini 
beardi. Balki shuning uchundir swf formatini oddiy qilib Flash deb atalish odatga 
kirib qolgan. 
Dasturni ishga tushirish uchun Windows 10 ning PUSK tugmasining 
PROGRAMMЫ bulimining Macromedia gruruhi ichidagi Macromedia Flash 
buyrugini tanlaymiz. Natijada ekranda quyidagi dastur oynasi xosil qilinadi. 



Flash dasturida ishlash uchun biz bir nechta yangi tushunchalar bilan tanishimiz 
zarur. Bular: Flash belgisi, grafik tasvir (simvol), animatsion klip, aktiv tugma, 
ssena, kadr, boshqaruv kadr, Vaqt-chizgichi, va qatlam. 
Vaqt-chizg’ichi (TimeLine - Vremennaya shkala) - Flash dasturida animatsiya 
harakatlarni yaratishida asosiy ish quroli. Ushbu sohada qatlam va kadrlarni 
ko’rishimiz va ular ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Vaqt-chizg’ich 
orqali qatlamlarni joylashuvi va turi, kadrlar turi (boshqaruv va avtomatik yaratilgan 
kadrlar) va ulardagi action dasturlash skriptlar mavjudligini kurishimiz va 
sozlashimiz mumkin. 
Ushbu sohaning chap tomonda qatlamlar sohasi, ung tomoda esa shu 
qatlamlardagi kadrlar sohalari joylashgan. 
Vaqt-chizgichning chap (qatlamlar) tomoni 
-ustuni qatlam ko’rinishi yoki ko’rinmasligi; 
-ustun qatlamni uzgartirish mumkinligi yoki mumkin emasligi; 
-ustun qatlam elementlari to’liq yoki faqat chegaralari ko’rinishini 
o’zgartirishga yordam; 
-yangi qatlam yaratish; 
-harakat traektoriyasi qatlamni yaratish; 
-qatlamlar uchun papka yaratish; 
-tanlangan qatlamni o’chirish amallarni bajaradi. 
Bu uskunalar quyidagi amallarni bajaradi: 
-Selection Tool (V) belgilash uskunasi; 
-Subselection Tool (A) belgilash uskunasi; 
-Line Tool (N) chiziq chizish uskunasi; 



-Lasso Tool (L) ixtiyoriy belgilash uskunasi; 
-Pen Tool (P) ruchka uskunasi; 
-Text Tool (T) tekst yozish uskunasi; 
-Oval Tool (O) aylana, ellips chizish uskunasi; 
-Rectangle Tool (R) to'rtburchak chizish uskunasi; 
-Pencil Tool (Y) qalam uskunasi
-Brush Tool (B) shyotka uskunasi; 
-Free Transform Tool (Q) ob'ektni erkin o'zgartirish
(aylantirish) uskunasi; 
-Fill Transform Tool (F) rangni o'zgartirish uskunasi; 
-Ink Bottle Tool (S) rang quyish uskunasi; 
-Paint Bucket Tool (K) rang quyish uskunasi; 
-Eyedropper Tool (I) rangni aniqlash uskunasi; 
-Eraser Tool (E) o'chirg'ich; 
-Hand Tool (H) ish stolini surish uskunasi; 
-Zoom Tool (M,Z) ish stolini katta, kichik qilish uskunasi; 
-Fill+Sroke Color chiziq va soxa rangini tanlash,
belgilash uskunasi. 
Bu uskunalardan foydalanib ixtiyoriy ob'ektni chizishimiz mumkin. Endi bu 
uskunalarning ayrimlari bilan ishlashni ko'ramiz. 
Chiziq. Chiziqning 6 ta turi mavjud. 
Aylana, ellips. 
To'rtburchak, kvadrat. 



Qalam. 
Macromedia Flash dasturida shulardan foydalani ixtiyoriy ob'ektni chizish 
mumkin. 
Matn bilan ishlan. 
Matn kiritish uchun uskunalar(Tools) panelidan matn kiritish uskunasi 
tanlanadi va chichqonchaning chap tugmasi ish maydoni ustida bosiladi. Ish 
maydonida matn kiritish imkoniyati yaratiladi. 
Matn uch xil turda bo'ladi.Bular Static Text, Dynamic Text va Input Textlardir. 
Quyidagi rasmda matn yozishning barcha xususiyatlari keltirilgan. 
Ranglar bilan ishlash (Colors) 
Ma'lumki barcha ranglar uchta ranglar kombinatsiyasidan xosil bo'ladi. Yani 
RGB (Red, Green, Blue) qizil, yashil va ko'k ranglaridan tashkil topadi. Flash 
dasturida ranglarni tanlash paneli(Color Mixer) mavjud. Rang tanlash paneli(Color 
Mixer) xususiyatlari quyidagi rasmda keltirilgan. 



Ko'rib 
turganingizdek 
rang 
tanlashni 
None(ixtiyoriy 
rang), 
Solid(monoxromatik), Linear(Liniya, gradient ko'rinishidagi), Radial(radial) va 
Bitmap(rasm) turlari mavjud. Bu xususiyatlar ish stolidagi(maydonidagi) 
belgilangan sohani rangini belgilash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari yana 
uskunalar paneli(Tools) da soha va soha chegarasidagi liniya rangini tanlash 
uskunalari mavjud. 
Frame va Layer lar bilan ishlash 
Macromedia Flash dasturida animatsiya va prezentatsiyalar yaratishda qavat 
(Layer) va kadrlar (Frame) ni o'rni juda muhim ahamiyatga ega. Chunki xar bir 
animatsiya va prezentatsiya shu kadrlar va qavatlar asosiga quriladi. Kadrlar va 
qavatlar Timeline oynasida jo'ylashgan. Quyidagi Timeline oynaning umumiy 
ko'rinishini ko'rib turibsiz. 
 
Kadr qo'shish uchun [F6] yoki [F5] tugmasi bosiladi. Timeline oynasida qavat 
(Layer) qo'shish va qavat papkasini(Layer Folder) qo'shish tugmalari mavjud. 
 
Eng sodda animatsiya aratilganidagi qavatlar va kadrlar ko'rinishi 
yuqoridagidek ko'rinishida bo'ladi. 
Animatsiya (Motion) 
Animatsiya yaratish unchalik murakkab emas. Macromedia Flash dasturi eng 
sodda animatsiyani yaratish bir necha qadamdan iborat. Murakkablarini yaratish 
uchun esa sizdan ozgina sabr-toqat va biroz vaqt talab qiladi. Keling xozir eng sodda 
animatsiyani yaratamiz. Buning uchun uskunalar panelidan matn yozish uskunasini 
tanlaymiz va ixtiyoriy matnni kiritamiz. Masalan quyidagidek: 



Endi Timeline bo'limidan ixtiyoriy(namunada biz 25-Frameni tanladik) Frame 
ga (sichqonchaning chap tugmasini) chertib, [F6] tugmasi bosiladi. Va matn 
koordinatasi o'zgartiriladi. 
 
So'ngra Timeline oynasidan aktiv Layer ning ixtiyoriy (1- va 25-Frame lardan 
biriga chertiladi) Frame ga chertib, Properties bo'limidan Tween -> Motion 
tanlanadi. 
 
Natijani ko'rish uchun yuqoridagi menyudan Control -> Test Movie tanladi. 
Yoki osonroq usuli klaviatura yordamida [Ctrl] va [Enter] tugmalari birgalikda 
bosiladi. Natija esa ikkala xolatda ham quyida ko'rib tuganingizdek bir xil: Bu kabi 
animatsiyalar asoasn Internet tarmog'ida saytlar banneri uchun, turli reklama 



roliklari uchun keng qo'llaniladi. va albatta katta -kichik prezenttsiyalar va 
animatsiyalar yaratishda ham ishlatiladi. 

Download 0.65 Mb.
  1   2




Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg’uloti №2 Mavzu: Sohaga oid virtual animatsiya yaratish dasturlari: Macromedia Flash, Adobe Flash va Blender. Ishning maqsadi

Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish