Laboratoriya mashg‘uloti Simsiz aloqa tarmoqlarin parametrlarini o’rganish Ishdan maqsad: Nazorat savollari




Download 0.68 Mb.
bet1/8
Sana04.11.2022
Hajmi0.68 Mb.
#29092
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-7-lab S.T
15, баён кирилда, Samatov, SHAMSIDDINOV ISAQJON, KT Laboratoriya ishi 4, Заголовок отчета, mobiledan manga tushga test, loyiha ishi 2 cmestir, add, 4 Amaliy ish Operatsion tizimda Windows OT parolga asoslangan autentifikatsiya, 4.10, Fizika” fani bo’yicha, Ulugʻbek.M Akademik yozuv Reklama matni mustaqil ta\'lim 2, 1-Amaliyot ishi



Laboratoriya mashg‘uloti-4.
Simsiz aloqa tarmoqlarin parametrlarini o’rganish
Ishdan maqsad:
.
Nazorat savollari

  1. Analog mobil standartlarga qanday standartlar kiradi?

Xarakatdagi sotali aloqa tizimining analog standartlari birinchilardan bo'lib Skandinaviya mamlakatlari ishlab chiqdi.Bu tizim erdagi xarakatdagi ob'ektlarga hizmat ko'rsatish uchun ishlab chiqilgan, lekin ulьtra qisqa to'lqinlar etib borishi mumkin bo'lgan xududdagi xarakatdagi dengiz stantsiyalariga xam hizmat ko'rsatishi mumkin. 40 tadan oshiq davlatlar NMT-450 va NMT-900 standartlarini qabul qilishdi. Rossiya NMT-450 standartini federal standart sifatida qabul qildi.O'zbekistonda birinchi operatorlardan birlari xam NMT-450 standartidan foydalanishgan.
Birinchi avlod (1G) analogli XSAT larning 9 ta asosiy standartlari ma'lum. Shularning ichidan O'zbekiston Respublikasida NMT-450 va AMPS ekspluatatsiyalangan.
1982 yilda Еvropa Pochta va Elektron aloqa Ma'muriyati konferenciyasida (SЕRT - Conference of European Posts and Telegraphs) Еvropaning yagona raqamli sotali aloqa standartini ishlab chiqish maqsadida 900 MGc chastota diapazoni ajratildi, 26 davlatni birlashtirib turuvchi bu tashkilot mahsus guruqni Groupe Special Mobile (GSM) yiqdi. Keyinchalik GSM standartining qisqartmasiga yangi nom berildi (keyinchalik, bu standart Dunyo bo'yicha keng tarqalgandan so'ng, GSM qisqartmani Global System for Mobile Communications - Mobil Aloqa uchun Global Tizim deb o'qishadigan bo'ldi). Bu guruq ishining natijalari 1990 yilda chop etildi, bunda GSM standartidagi sotali aloqa tizimiga qo'yilgan talablarida etakchi ilmiy-tehnik markazlarining eng zamonaviy tehnikalari qo'llanilgan. Ularga kanallarni vaqt bo'yicha taqsimlanishi, Habarlarni shifrlash, abonent ma'lumotlarini qimoyalash, yiqish kodlashlarni qo'llashda, modulyatsiyani GMSK (Gaussian Minimum Shift Keying - Gaussning minimal siljitishi) yangi turi kiradi.
Xarakatdagisotali radioaloqa tizimga moslangan NMT-450 analog standarti Daniya, Finlyandiya, Norvegiya va Shvetsiya Aloqa Ma'muriyatlarining birligida avtomatik ko'chma telefon aloqa tizimini tashkil qilish maqsadida ishlab chiqilgan va 1981 yili kommerciyalik ishga tushurilgan. Bu standartning harakatdagi stantsiyalari tizimining barcha tayanch stantsiyalari bilan to'la moslashgan bo'lib shunga muvofiq mamlakatlar ichida ishlashi mumkin bo'lgan.
ХSAT ni NMT-450 va NMT-900 standartlarning qurilish principlari deyarli bir hil. Ikkisi xam NMT-450 standarti specifikaciyasiga asoslangan. NMT-900 standartlarning takomillashish farqiga asosan uskunalar tarkibiga kichik o'lchamli qo'l stantsiyalarining kiritilishi, xamda kengaytirilgan imkoniyatli boshqarish tizimi va aloqa hizmati ko'payganligini kiritsa bo'ladi. Lekin kichik o'lchamli qo'l stantsiyalari NMT-450 standarti uchun xam ishlab chiqilgan.
Analog standartlar imkoniyatlarining cheklanganligi sababli butun jaxon bo'yicha foydalanuvchilar o'sishining tobora kamayishi kuzatila boshladi. 80 - yillarda rivojlangan mamlakatlarda perspektiv raqamli XSAT qurish principlarini jadal o'rganishga kirishdilar va radiuslari 35 km gacha bo'lgan sota va makrosota topologiyalarga ega bo'lgan tarmoqlar tizimining uchta standarti ishlab chiqildi



  1. Raqamli mobil standartlarga qanday standartlar kiradi?

2G-ikkinchi avlod,bu raqamli standart tizimi (GSM-900, D-AMPS, DCS-1800, CDMA)
3G-uchinchi avlod,bu raqamli standart tizimi (UMTS, WidebandCDMA , IMT-2000)
4G-to'rtinchi avlod,bu raqamli standart tizimi (LTE, Wi-Fi, Wi-MAX)



  1. 1 va 2 avlod mobil aloqasi haqida tushuncha bering.

Xarakatdagi mobilaloqa tizimidagi 1G (ingl. «First Generation»- birinchi avlod) - bu analog aloqa tizimlari (NMT, AMPS standartlari); ikkinchi avlod - 2G, kanallar kommutasiyalanishi asosida ishlaydigan raqamli aloqa tizimlari (GSM, DAMPS va sdmaOne standartlari); 

Xarakatdagi mobil aloqa tizimi tizimining 2G avlodi.Raqamli sotali aloqa tizimlarining birinchi loyiqalari o'tgan asrning 90-yillari boshlarida paydo bo'la boshladi. Bunday tizimlarni oldingi analog tizimlardan ikkita farqi bor:


• Analog tizimlardagi kabi kanallarni chastota bo'yicha ajratish (FDMA) o'rniga vaqt bo'yicha (TDMA) va kodli (CDMA) kanallarni ajratish kabi modulyatsiyalash uslublarini ishlatish imkoniyati mavjud
• Ma'lumotlarni shifrlash bilan birgalikda ma'lumotlar uzatilishini integraciyalash xisobiga foydalanuvchilarga keng xizmatlar spektrini taqdim etish imkoniyati mavjudligi.

  1. 3 va 4 avlod mobil aloqasi haqida tushuncha bering.

Uchinchi avlod - 3G, kanallar kommutatsiyalanishi bilan birga paketlar kommutatsiyalanishini xam ko'zda tutadi (UMTS va CDMA-2000 standartlari), to'rtinchi avlod - 4G tarmoqlari to'liq paketli IP-kommutatsiya asosida ko'riladi (LTE Advanced, IEEE802.16m (WiMAX) va IEEE802.11s (Wi-Fi) standartlari).
Xarakatdagi mobil aloqa tizimi tizimining 3G avlodi. Mobil aloqa tizimlarining asosiy kamchiligi ularning past 9,6-14,4 kbit/s tezlikda ma'lumotlarni uzatishi bo'ldi. Shu sababli, yuqorida ko'rsatilganidek, IMT-2000 doirasida 3G tarmoqlarda kam xarakatlanadigan abonentlar uchun 2 Mbit/s gacha va mobil abonentlar uchun 384 kbit/s gacha ma'lumot oqimi tezliklariga erishish bo'yicha ishlar olib borildi.

Xarakatdagi mobil aloqa tizimi tizimining 4G avlodi .4G oilasiga mobil aloqa tarmoqlarida 100 Mbit/sdan ortiq tezlikda ma'lumotlarni uzatishga imkon beradigan tehnologiyalarni kiritish ko'zda tutilgan. Keng tushunchada, 4G - bu yana ma'lumot uzatuvchi umumiy ulanish tarmoqlariga (masalan, Internetga), shuningdek Wi-Fi (uning yangi standartlari) va WiMAX (nazariy jihatdan bu standartda tezlik 1 Gbit/sdan ortishi mumkin) tarmoqlariga simsiz keng polosali ulanish tehnologiyalaridir. 





  1. 5 avlod mobil aloqasi haqida tushuncha bering.

5G - birlashtirilgan, ko'proq qobiliyatli havo interfeysi. U yangi avlod foydalanuvchilari tajribasini ta'minlash, yangi tarqatish modellarini kuchaytirish va yangi xizmatlarni taqdim etish uchun kengaytirilgan quvvat bilan ishlab chiqilgan.


Yuqori tezlik, yuqori ishonchlilik va beparvo kechikish bilan 5G mobil ekotizimni yangi sohalarga kengaytiradi. 5G har bir sohaga ta'sir qiladi, xavfsiz transport, masofaviy sog'liqni saqlash, aniq qishloq xo'jaligi, raqamli logistika va boshqalarni haqiqatga aylantiradi.
5G 35+ mamlakatda tarqatilgan va hisoblashda. Biz 4G bilan taqqoslaganda juda tezroq tarqatish va qabul qilishni ko'rib turibmiz. Iste'molchilar yuqori tezlik va past kechikishlar haqida juda xursand. Ammo 5G ushbu imtiyozlardan tashqari, muhim xizmatlar, kengaytirilgan mobil keng polosali aloqa va ulkan IOT uchun imkoniyatlarni taqdim etadi

Download 0.68 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg‘uloti Simsiz aloqa tarmoqlarin parametrlarini o’rganish Ishdan maqsad: Nazorat savollari

Download 0.68 Mb.