• Mashg’ulot davomida talaba
  • Zarur jihozlar
  • 9-sinf «Biologiya»
  • Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi




    Download 218.13 Kb.
    bet1/22
    Sana29.04.2023
    Hajmi218.13 Kb.
    #54837
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    4-курс лабор
    121117rus Дакар, 2k 3 s Matematika 3 uchun ON savollari 18 1022, Ахборот хам кураторлык сааты КК , 2022-2023 o\'quv Fizika1 1-KURS YN savollari(2), fizika amaliy 3 , Falsafa mustaqil ishlar, 1-kurs hisob yakuniy testlari, fizika laboratoriya 1 (2), 3lab, 1-kitob, 1-kitob mental arifmetika, 8-mustaqil ish, 8-sinf informatika I VARINAT, AX-2kurs

    1-2-laboratoriya mashg’uloti
    Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya (sitologiya va genetika asoslari)dan DТS, o’quv dasturi va darslikning tahlili

    Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi:


    Talabalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan DTS, o’quv dasturi bilan tanishtirish, darsliklarda berilgan mavzularni tahlil qilishga o’rgatish;
    Mashg’ulot davomida talaba:
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan tuzilgan davlat ta’lim standartining mazmuni va mohiyati, ularni ishlab chiqish va joriy etish asoslarini anglashi;

    “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari)dan tuzilgan davlat ta’lim standarti mazmunining o’quv dasturi bilan uzviyligini tushunishi;


    “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan tuzilgan davlat ta’lim standartida o’quvchilarning bilim va ko’nikmasiga qo’yilgan minimal va maksimal talablarni o’rganishi, ularni nazorat qilish va baholash ko’nikmalari;

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan DTS, o’quv dasturi va darsliklarni tahlil qilish ko’nikmasini egallashi;


    “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan tuzilgan davlat ta’lim standartini amaliyotga joriy etish yo’llarini belgilashi lozim.

    Zarur jihozlar: Biologiyadan tuzilgan davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, 9-sinf uchun “Biologiya” (Sitologiya va genetika asosla­ri) dars­ligi, “Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturining uzviyligi” jadvali.


    Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan pedagogik texnologiya: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.
    Laboratoriya mashg’ulotining borishi:
    Tashkiliy qism.
    Talabalarni laboratoriya mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
    “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan tuzilgan davlat ta’lim standartining mazmuni va mohiyati bilan tanishtirish.
    “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan tuzilgan davlat ta’lim standartida berilgan o’quvchilar­ning egallagan bilim va ko’nikmasiga qo’yilgan minimal va maksimal talablarni o’rganish.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan o’quv dasturi va dars­lik­larni tahlil qilish.
    Laboratoriya mashg’ulotini yakunlash.
    Avvalgi mashg’ulotlarda qayd etilganidek, umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiyadan davlat ta’lim standarti o’quv fani bo’yicha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydi­gan ko’nikma va malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilar­ning biologik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
    Biologik ta’limning muhim tarkibiy qismi bo’lgan “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim­la­riga asosiy talablar etib quyidagilar belgilangan:
    Hujayra nazariyasi, hujayra qobig’i, sitoplazma, yadro, mitoxondriya, ribosoma, plastidalar, lizosomalar, Golji apparati, xromosomalar, hujayra markazi, mikronaychalarning asosiy funksiyalari;
    Prokariot va eukariotlarning tuzilishi, o’simlik va hayvon hujayrala­ri­ning o’xshashlik va farqlari;
    Hujayra evolyutsiyasi;
    Hujayradagi asosiy anorganik va organik moddalar: oqsillar, lipidlar, uglevodlar tuzilishi, funksiyasi, DNK replikatsiyasi;
    Moddalarning energetik va plastik almashinuvi, energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi, fotosintez, oqsillar biosintezining mohiyati;
    Moddalar almashinuvi reaksiyalarining matritsa va fermentativ xarakteri;
    Hujayraning mitoz, meyoz bo’linish jarayonlari, ularning biologik ahamiyati, jinssiz va jinsiy ko’payish xillari, urug’lanish, shaxsiy rivojlanishning embrional va postembrional davrlari;
    Chatishtirish tiplari, asosiy genetik simvollar va atamalar, belgi va xossalarning nasldan-naslga berilish qonuniyatlari, ularning sitologik asoslari;
    Irsiyatning xromosoma nazariyasi, jins bilan bog’liq irsiylanishi, genetikaning seleksiya, tibbiyot, evolyutsion nazariyasini bilishlari lozim.
    “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) o’quv fanini o’qitish davomida o’quvchilar quyidagi ko’nikma va malakalarni egallashi lozimligi belgilangan:
    Vaqtincha mikropreparatlar tayyorlash, ularni hamda doimiy mikropreparatlarni mikroskop orqali ko’rishni;
    Hujayraning asosiy komponentlarini aniqlay olishni;
    Eng oddiy sitologik tajribalar o’tkaza olish, moddalar aylanishini sxemasini tuzish;
    Hujayraning mitoz va meyoz bo’linishidagi tafovutlarni, bosqichlarini, murtak varaqalarini farqlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishlari;
    Genetikadan masalalar yechishni, modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchan-likni farqlay olishni, variatsion qator tuzishni, modifikatsion o’zgaruv-chanlikni statistik usullar yordamida aniqlashni;
    O’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar seleksiya metodlarini;
    Genetika nuqtai nazaridan chekishning, alkogol va boshqa narkotik moddalar iste’mol qilishning zararini asoslab berishlari kerak.
    “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) o’quv fani umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfida haftasiga 2 soatdan jami 68-soat hajmi­da o’qitish rejalashtirilgan. O’quv dasturida mavzularni o’rganishga ajratilgan soatlarni boblar bo’yicha quyidagicha taqsimlash mumkin:



    Boblar

    Soat

    1.

    Kirish

    1

    2.

    Organik olamning turli tumanligi

    8

    3.

    Sitologiya asoslari

    12

    4.

    Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari

    17

    5.

    Organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi

    10

    6.

    Genetika asoslari

    16

    7.

    Seleksiya asoslari

    4

    Jami 68 soat
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinf «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) darsligi A.Zikiryayev va boshqalar tomonidan tayyorlangan bo’lib, uning asosiy bo’limlari: «Kirish», «Organik olamning xilma-xilligi», «Sitologiya asoslari», «Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari», «Organizm­lar­ning ko’payishi va individual rivojlanishi», «Genetika asoslari”, “Seleksiya asoslari” hisoblanadi.
    Darslik 14 bobdan 49 paragrafdan tashkil topgan, dizayni, rangli rasmlardan iborat. Uning birinchi «Organik olamning xilma-xilligi» bo’limida organik olamning xilma-xilligi, ya’ni hayotning hujayrasiz va hujayraviy shakllari, o’simliklar, zamburug’lar, hayvonlar dunyosi haqida ma’lumot berilgan.
    «Sitologiya asoslari» bo’limida hujayra nazariyasi, uning tashqi va ichki tuzilishi, organoidlarning tuzilishi va funksiyasi birligi, hujayra evolyutsiyasi, hujayraning kimyoviy tarkibi – anorganik moddalar, organik moddalar, oqsillar, uglevodlar, yog’lar, nuklein kislotalar, moddalar va energiya almashi­nuvi haqida ma’lumotlar berilgan.
    Organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi bo’limida esa organizmlarning jinssiz, jinsiy ko’payishi, hujayralarning mitoz, meyoz bo’li­nishi, organizmlarning embrional, postembrional rivojlanishi haqi­da bilimlar keltirilgan. Genetika va seleksiya asoslari bo’limida esa genetik tushunchalar, irsiyat qonunlari, o’zgaruvchanlik qonunlari, odam genetikasi, uning o’rganish metod­lari, o’simliklar, xayvonlar, mikroorga­nizmlar seleksiyasi to’g’risi­dagi ma’lumotlar yoritilgan.
    Darslikda 75 ta rangli rasm berilgan bo’lib, har bir paragraf so’ngida bilimni tekshirish uchun savollar, test topshiriqlar berilgan.
    Darslik birinchi marotaba nashr qilinganligi sababli, unda bir qancha kamchiliklar mavjud. Avvalo uning tuzilishi monografik shaklda ifoda­lan­ganligini aytib o’tish joiz. Darslikda boblar ko’paytirib yuborilgan, boblar sonini emas, aksincha paragraf sonini ko’paytirish zarur.
    Xulosa qilib aytganda, “Biologiya” (Sitologiya va genetika asoslari) dan tuzilgan DTS, o’quv dasturi va darslik mazkur o’quv fanini o’qitish uchun didaktik vosita bo’lib xizmat qiladi.

    Download 218.13 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 218.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi

    Download 218.13 Kb.