• © “Talqin” nashriyoti, 2005- y. SO‘ZBOSHI
  • mavzu . KOMPOZITSIYA TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
  • Latov, P. Zohidov, d nosirova, M. Miryusupova, sh. Nurmuhamedova arxitekturaviy kompozitsiya asoslari




    Download 1.57 Mb.
    bet1/28
    Sana05.04.2022
    Hajmi1.57 Mb.
    #19319
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    X
    Снимок экрана 2023—05—28 в 20.38.55, 5-mavzu. Funksiyalar, 4-mavzu. Takrorlanish operatorlari, Takomillashgan ilk qadam-fayllar.org, BUYUK BRITANIYA QIROLICHA VIKTORYA DAVRIDA, epilipsiya bosh miya

    X. P0‘LATOV, P. ZOHIDOV, D NOSIROVA, M. MIRYUSUPOVA, SH. NURMUHAMEDOVA
    ARXITEKTURAVIY KOMPOZITSIYA ASOSLARI
    О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о 'rta maxsus ta ’iim vazirligi tegishli oliy о4guv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya etgan
    Toshkent ‘Talqin” nashriyoti — 2005
    А81 Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari: Oliy
    o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik/X. Po'latov, P. Zohidov, D. Nosirova va boshq.— Т.: “Talqin”, 2005-96 b.

    1. Po‘latov X. va boshq.

    ББК 85.11я73
    Ushbu darslik “Arxitektura” vaboshqa turdosh sohalar bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljaIIangan. Uning asosiy maqsadi—bo'lajak mutaxassislaiga hajmiy-fazoviy fikrlash qobiliyatini o'stirish, arxitekturaviy kompozitsiyaga oid eng zarur nazariy ma’lumotlami berish, kompozitsiya bog'lash ko'nikmalanni rivojlantirishdan iboratdir. Kitobda nazariy bilimlar juda qisqa—ma’ruza tariqasida berilgan. Amaliy mashqlarni klauzura va vazifalar tariqasida o'tkazish tavsiya etilgan; ulami bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar keltirilgan.
    © “Talqin” nashriyoti, 2005- y.

    SO‘ZBOSHI
    Arxitekturaviy kompozitsiya fani bo‘lajak mutaxasisning badiiy-fa- :oviy mushohadasini kengaytiradi, kasbiy mahoratini oshiradi. Mo- hiyati jihatidan arxitekturaviy loyihalashning asosidir.
    Ma’lumki, arxitekturaning funksiya, konstruksiya va estetikadan ibo- rat uch teng va ajralmas jihatlari mavjud. Mazkur fan arxitekturaning badiiy, ya’ni estetik jihatini, qisman konstruktiv tomonini o‘rganadi. Demak, u mavhum narsalar to‘g‘risida so‘z yuritadi. Bu “Arxitek­turaviy kompozitsiya asoslari” fanining asosiy ilmiy uslubidir.
    Ushbu fanni ikki asosiy qismga bo'lish mumkin. Birinchi qismida me’moriy kompozitsiya vositalari (nuqta, chiziq, tekislik, hajm, metr, ritm, kontrast, nyuans, rang kabilar) o'rganiladi. Sodda informatsion belgi loyihasi bajariladi. Talaba ikkinchi kursda boshlanadigan me’moriy loyihalash fanini o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladi. Fanning ikkinchi qismi turli arxitekturaviy tizim tuzish masalalariga bag‘ishlangan. Ochiq fa- zoviy muhit, hajmiy shakl, yopiq muhit kabi tizimlarning xususiyatlari o’rganiladi. Har bir turdagi tizimni o‘rganish yakunida insonga nisbat qilingan, shartli funksiya berilgan kompozitsiyalarning klauzuralari ba­jariladi. Kompozitsion izlanishlar arxitekturaviy loyihalashga yaqinlash- tiriladi. Mavhum kompozitsion vositalar konkretlashtiriladi.
    Fanjami 17 mavzudan iborat. Har mavzu ma’ruza (nazariya) hamda asosan maket tariqasida bajariladigan klauzura va vazifalardan iborat (amaliyot). Klauzuralar qisqa muddatda faqat darsxonada (auditoriya- da) bajariladi. Ularda maketning texnik ijrosi bilan bog'liq yetishmovchi- liklar (chiziqlarning qo'lda chizilishi, qirqishdagi biroz notekisliklar va h.k.) nazarga olinmaydi. Klauzurada maqsad qilib sarlavhasida ko'rsatilgan hamda hal etilishi lozim bo'lgan masalaning g‘oyasi ravshan aks etishi kerak. Vazifalarda qo'shimcha ravishda maketlarning yuqori saviyada ba- jarilishi ham talab etiladi. Shakllarning qirralari yoriqsiz, aniq, tekis chiqarilishi lozim.
    3
    Amaliyot mashqlarini ko'proq 15x20 sm va 30x20 sm, ayrim hol- larda 15x10 sm va 30x40 sm formatlardagi qattiq qog‘ozlarda bajarish tavsiya etiladi. Kompozitsiya g'oyasi taqozo etgan hollarda tavsiyaviy oMchamlardan chiqish ham mumkin. Maket asosini (platformasini) uchburchak, kvadrat, doira va boshqa shakllarda bajarish kerak bo'ladi. Har bajarilgan amaliy ishda klauzuraning yoki vazifaning nomi va tala- baning familiyasi, ismi qalamda yoki tushda yozilishi shart. Yozuvlar old tomonda berilsa, uiarning umumiy kompozitsiyada ham ishtirok etishini nazarda tntish lozim.
    Baholash quyidagicha tashkil etiladi. Klauzuralar dars tugagandan so‘ng yig'ib olinadi va bahotanadi. Vazifa darsxonada, o'qituvchi masla- hati bilan eskiz tariqasida bajariladi. Vazifaning darsxonada bajarilgan eskiziga darsning oxirida reyting tizimida 40 foizgacha bo‘lgan baho qo'yiladi. Qolgan 60 foizi uy sharoitida bajarilgan qismiga qo‘yUadi.
    Ushbu kitobning ro‘yxatida keltirilgan barcha amaliy mashqlarni bajarish shart emas. Klauzura va vazifalarni akademik guruhlarning tay- yorgarlik darajasiga qarab ro'yxatda keltirilganlarining ichidan tanlab ol- ish tavsiya etiladi.
    Mazkur darslikda “Arxitektura tarixi va nazariyasi” fakultetining (awal Tosh PI, 1991 -yildan TAQI tarkibida) arxitekturaviy kompozitsiyadan to'plagan tajribasi mujassamlangan. Fan dastlab, 70-yillarda “Hajmiy - fazoviy kompozitsiya” deb atalgan. U Rossiyada 30- yillarda faoliyat ko‘rsatgan “Oliy badiiy texnika ustaxonalari” (ВХУТЕМАС) va “Oliy badiiy texnika instituti” (ВХУТЕИН) tajribalariga asoslangan edi. Fan­ning dasturi kompozitsiyaning hajmiy - fazoviy jihatlariga kirmaydigon rang kabi kompozitsiya vositalari bilan kengaytirilgandan so‘ng u hozirgi “Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari” degan nomini oldi.
    Fanni o'qitish tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bunda eng muhimi talabalarning fazoviy tassavurlarini kengaytirish, mashg'ulotlaro'tkazish vaqtida kompozitsion yechimni ko‘rsatib berish emas, balki mavzuga doir to‘g‘ri yo'nalish berish hamda talaba o‘ylagan g'oyani ro‘yobga chiqarishga yordam berishdir.
    Mavzularda awal nazariya, keyin amaliy ishlar - klauzuralar (audi- toriyada qisqa vaqt ichida bajariladigan mashq) hamda vazifalar (audi- toriyada boshlab uy sharoitida tugatiladigan mashq) beriladi, oxirida
    4
    nazariy bilimni va hosil etilgan ko'nikmalarni mustahkamlash uchun savollar keltiriladi. Klauzuralar maket yoki grafik shakllarda bajariladi. Talabalar tomonidan bajariladigan vazifa va klauzuralarning sonini qisqartirish mumkin.
    Ushbu darslik TAQIda chop etilgan “Me’moriy kompozitsiyadan uslubiy ko'rsatma” (1996-y.) va “Arxitrekturaviy kompozitsiya asos- lari” (2000-y.) o‘quv qo'llanmasi ustida davom ettirilgan ishlarning mahsulidir. Kitobning “So‘zboshi”ni, 1-mavzu “Kompozitsiya to‘g‘risida tushuncha”, “Metr va ritm” va “Chizma tahlili” qismlarini X.Po‘latov va D.Nosirova hamkorlikda; ma’ruza matnlaridagi tekislik (2-mavzuda) hamda yuza va relyefga (3-mavzuda) tegishli qismlarini Sh.Nurmuha- medova; “Masshtab va nisbat” qismini P.Zohidov; “Simmetriya” qismini D.Nosirova; “Hajmiy - fazoviy kompozitsiya turlari” qismini M.Miryu- supova; qolgan boshqa qismlarini X.Po'latov yozgan.
    Mazkur kitobning mazmunini boyitishga qaratilgan barcha tanqidiy fikr-rriulohazalari uchun kitobxonlarga mualliflar oldindan minnat- dorchilik bildiradilar.
    Mualliflar
    5

    1. mavzu. KOMPOZITSIYA TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA

    Ma’ruza rejasi. Kompozitsiya tushunchasi. “Kompozitsiya” iborasining lug‘aviy ma'nosi va ta’rifi. Adabiyot va san’atning boshqa turlari (musiqa, ashula, raqs, kino kabilar)dagi asarlarda kompozitsiyaning ko’rinishlari. Misollar. Fanning ahamiyati va maqsadi. Klauzura va mashqlarning kompozitsion mahoratni o’stirishdagi roli. Badiiy vositalar. Kompozitsiya mashqlardagi mavhumlik, shartlilik. Asar va tomoshab- in orasidagi munosabat. Asarni idrok qilish. Kompozitsion talablar. Qismlar va ji- hatlar ortasidagi munosabat. Qiyoslash. Qismlarni butunga keltirish. Asaming tugal- ligi. Muvozanat. Uyg’unlik. Nisbat. Tartib vaxaos. Arxitekturaviy-badiiy vositalar. Hajmiy - fazoviy shakl xususiyatlari. Arxitekturaviy asarni idrok qilishdagi vaqtning ahamiyati.

    Download 1.57 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Latov, P. Zohidov, d nosirova, M. Miryusupova, sh. Nurmuhamedova arxitekturaviy kompozitsiya asoslari

    Download 1.57 Mb.