|
Lazerning vazifasi, fizik mexanizmi Lazer nima?
|
bet | 2/2 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 46,66 Kb. | | #237681 |
Bog'liq Lazerning vazifasi, fizik mexanizmi Lazerning qo‘llanilishi. Qulayligi va kam energiya sarflanishi lazerning juda qattiq materiallarni qayta ishlash va payvandlashda keng qo‘llanilishiga imkon yaratdi. Masalan, oldin olmosdan kichkina teshikcha ochish uchun 24 soat vaqt sarflangan bo‘lsa, hozir bu ish lazer yordamida 6–8 minutda amalga oshiriladi. Soatsozlik sanoati uchun zarur bo‘lgan yoqut va olmos toshlarda ochiladigan diametri 1–10 mm, chuqurligi 10–100 μm bo‘lgan nozik teshikchalar lazer yordamida hosil qilinadi.
Lazer juda keng qo‘llaniladigan sohalardan yana biri – materiallarni kesish va payvandlashdir. Bu ishlar nafaqat mikroelektronika, poligrafiya kabi nozik sohalarda, balki mashinasozlik, avtomobilsozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda ham bajariladi. Lazer nurlari buyumlardagi nuqsonlarni aniqlash, kimyoviy reaksiyalar mexanizmini o‘rganish va ularni tezlashtirish, o‘ta toza materiallarni hosil qilishda ham juda yaxshi yordamchidir.
Hozir lazer yordamida izotoplar, jumladan, uran izotoplari ajratib olinmoqda. Lazer o‘lchov ishlarida ham juda keng qo‘llaniladi.
Ular yordamida uzoqdan turib ko‘chishlarni, muhitning sindirish ko‘rsatkichini, bosimni, temperaturani o‘lchash mumkin. Lazer nuri Yerdan Oygacha bo‘lgan masofani aniqlashtirishga, Oy xaritasiga aniqliklar kiritishga yordam berdi.
Lazer tibbiyotda ham juda keng qo‘llanilmoqda. U qon chiqarmaydigan pichoq vazifasini bajarib, kishilarning umrini uzaytirishga, ko‘rish qobiliyatini tiklashga xizmat qilmoqda.
Lazer qo‘llanadigan istiqbolli sohalardan yana biri – yuqori temperaturali plazma hosil qilishdir. Bu soha termoyadro sintezini lazer bilan boshqarish yo‘lida yaxshigina imkoniyatlar ochgani sababli olimlarning diqqat markazida turibdi.
Lazerli disklar tushunchasi kompyuterda ishlovchilar va musiqasevarlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanib qoldi.
Hozirgi paytda lazerning qo‘llanilish sohasi shu qadar ko‘pki, ularning hammasiga to‘xtalib o‘tishning imkoni ham yo‘q. Ammo bizning izlanuvchan o‘quvchimiz bu ishni mustaqil amalga oshiradi, degan umiddamiz.
|
| |