Jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashda texnika xavfsizligi qoidalari




Download 26.18 Kb.
bet2/4
Sana01.08.2021
Hajmi26.18 Kb.
#16651
1   2   3   4
2. Jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashda texnika xavfsizligi qoidalari
O`rnatish, sozlash va ta`mirlash ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida ishlovchilarning mehnat xavfsizligi ta`minlanishi zarur.

O`rnatish maydonchalari, ish uchastkalari, ish o`rinlari, yuk tashish mashinalari va transport vositalari o`tish joylari hamda odamlar o`tish joylarini tashkil qilishda inson uchun xavfli bo`lgan zonalar aniqlanadi. Xavfli zonalar belgilangan shakldagi xavfsizlik belgilari va yozuvlari bilan ta`minlanadi.

Ishlab chiqarish faktorlariga bog’liq bo`lgan, doimiy mavjud bo`ladigan xavfli zonalarga quyidagilar kiradi:

- elektrqurilmalarining tok yurituvchi himoyalangan qismlari atrofi;

- 1,3 m va undan ko`p balandliklar farqiga ega bo`lgan, o`ralmagan yo`laklar va maydonchalar;

- mashina va jihozlarni yoki ularning qismlari va ishchi organlarini harakatlantirish joylari;

- tarkibida belgilangan normadan ko`p miqdorda zaharli moddalar kontsentratsiyasi mavjud bo`lgan yoki ruxsat etilgan normadan yuqori shovqinli joylar;

- yuk ko`taruvchi kranlar yordamida yuklarni harakatlantirish joylari.

Doimiy ishlab chiqarish faktorlari xavfli zonalariga begonalar kirib kelishini oldini olish maqsadida bu zonalar himoya to`siqlari bilan o`ralgan holda bo`lishi kerak. Ushbu zonalarda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.

Takelaj ishlarini amalga oshirish vaqtida quyidagi asosiy talablarga rioya qilish zarur bo`ladi:

- ko`tarilayotgan yuk massasi yukni ushlovchi moslamalar va tara og’irligi bilan birgalikda yuk ko`taruvchi kranning texnik pasportida ko`rsatilgan maksimal yuk ko`tarish qiymatidan oshmasligi kerak;

- yuk massasi maksimal yuk ko`tarish qiymatiga yaqin bo`lsa yukni bir joydan boshqa joyga ikki martada siljitish tavsiya qilinadi;

- qiyshiq tortilgan kanalni yoki buriladigan ko`targichli (strelka) yuk ko`tarish mashinalarida yukni siljitish taqiqlanadi;

- kranning yuk ko`tarish xarakteristikasi chegarasida yuk ortilgan strela uzunligini o`zgartirish mumkin ;

- yukni odamlar ustidan olib o`tish taqiqlanadi ;

- kran ishiga aloqasi bo`lmagan odamlarning ish zonasida bo`lishga ruxsat berilmaydi;

- yukni ushlab turuvchi moslamalarni 10 minut davomida ular maksimal yuk ko`tarish qobiliyatidan 1,25 marta ko`p bo`lgan yuklama ostida sinovdan o`tkazish kerak bo`ladi;

- ko`tarish kranlarini ishlatish jarayonida davriy ravishda kuzatib, nazorat jurnaliga qayd qilib borish kerak.

Texnologik jihozlar, quvurlar va metallkonstruktsiyalarni montaj va demontaj qilishda quyidagi asosiy talablarga rioya qilish zarur bo`ladi:

- tashqi devorlar va yoping’ichlardagi montaj moslamalari ishlatilguncha va ishlatilgandan keyin yaxlit metall listlar yoki ko`chiriladiga to`siqlar bilan yopiladi; jihozlar va metallkonstruktsiyalarni loyiha holatida ko`tarish va o`rnatishda binolarning metall hamda temirbeton konstruktsiyalari mustahkamligi hisoblangan tekshiruv talabini qondirishi, loyiha va qurilish montaj tashkilotlari, ishlab turgan tsexlarda esa buyurtmachining ruxsati bo`lishi talab qilinadi;

- 1,3 m balandlikdan oshadigan joyda ish bajarish jarayonida Davlat standartiga muvofiq 5 minut davomida 4000 N statik yuklama ta`siriga har 6 oyda tekshiruvdan o`tkazilgan himoya belbog’i bilan ishchilar ta`minlanishi shart;

- konstruktsiyalar va jihozlarni harakatlanishida qo`llaniladigan ko`tarish yoki tortish vositalariga ortiqcha yuklama berish qat`iyan taqiqlanadi;

- o`rnatilgan jihoz yoki konstruktsiyaning chiqib turgan qismi bilan harakatlanayotgan jihoz yoki konstruktsiya orasidagi masofa gorizontal bo`yicha 1,0 m, vertikal bo`yicha 0,5 metrdan kam bo`lmasligi kerak ;


  • ko`targichlarni qo`llab jihozlarni montaj qilish vaqtida ko`targichning qiyshiq bo`lishi yoki sakrashi oldini oladigan choralar belgilanadi;

  • osilgan texnologik jihoz, metallokonstruktsiya elementlari va quvurlar ostida ishlash qat`iyan taqiqlanadi ;

  • binolarda payvandchilarning ish joylari ochiq yoy bilan payvandlash jarayonida ko`z va betni nur energiyasi, chaqmoq va sachrashidan asrash maqsadida yo`laklar va boshqa ish joylaridan balandligi kamida 1,8 m bo`lgan o`tga chidamli ekranlar yordamida ajratilgan bo`lishi kerak;

  • gorelka, kesgich va reduktorning gaz o`tkazish dastaklari hamda dastaklarning kengayish joylari tortiladigan qisqichlar yordamida qotirilishi zarur;

  • payvandlash uzatmalarini joylashtirish yoki harakatlantirishda ular himoya qatlamining zararlanishi va ularni suv, moy, po`lat to`qimalar hamda issiq quvurlar bilan kontaktlashuvini oldini olish kerak bo`ladi;

  • portlashga xavfli muhit bilan to`ldirilgan qurilmalar va quvurlarda payvandlash ishlarini amalga oshirish qat`iyyan taqiqlanadi ;

  • qurilma va quvurlar ichidagi portlashga xavfli muhitlarni to`liq chiqarib yuborgandan keyin demontaj qilishga ruxta beriladi ;

  • texnologik quvurlarni mustahkamlik va germetiklikka sinash vaqtida bekitgichlarni yaqinida va qarshisida turish, quvur ustida yurish hamda kamchiliklarni bartaraf qilish taqiqlanadi ;

  • payvand shakllarini sinov vaqtida taqillatishga ruxsat berilmaydi;

  • qo`riqlanadigan zonaga sinov vaqtida odamlarni kirishi taqiqlanadi.

Qurilish maydonchalari va ishlab chiqarish joylarining elektr yoritgichlari tebranish chastotasi 50 Gs bo`lgan o`zgaruvchan tok tarmog’iga va umumiy yoritish tarmog’ining yorituvchi priborlari kuchlanishi 220 V dan oshmaydigan doimiy tok manbaiga ulanadi.

Montaj maydonidagi elektr jihozlar va elektr tarmoqlarining tuzilishi hamda ularga xizmat ko`rsatish talablari Davlat standartining «Qurilish. elektrxavfsizligi. Umumiy talablar» bo`limida belgilangan. elektr tarmoqlari va elektrqurilmalarida montaj hamda ta`mirlash ishlari ularda kuchlanish to`liq yo`qotilganda va xavfsizlik choralarini amalga oshirgandan keyin bajarilishi mumkin.




Download 26.18 Kb.
1   2   3   4




Download 26.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashda texnika xavfsizligi qoidalari

Download 26.18 Kb.