|
Lecture pptx
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #116421 |
Bog'liq Orifxõjayeva Z (2)
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish
OQIMLI ISHLAB CHIQARISH VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIG USLUBLARI
TAYYORLADI: ORIFXÕJAYEVA Z
Reja:
1. Ishlab chiqarishni potok usulida tashkil qilishning
o‘ziga xos xususiyatlari
2. Potok liniyalari tasnifi
3. Potok liniyasining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash
5. Ishlab chiqarishni potok usulida tashkil qilishning
iqtisodiy samaradorligi
6. To‘rsimon grafiklar haqida tushuncha
7. To‘rsimon grafik tuzish asoslari va qoidalari
8. To‘rsimon grafikni hisoblash
1. Ishlab chiqarishni potok usulida tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlari bir necha usullarda amalga oshiriladi. Ular potok usuli, partiyalab, donalab yoki yakka tartibda ishlab chiqarish usullaridir.
Potok usuli ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng samarali usuli bo‘lib, u ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini barcha ishlarni bir vaqtda bir maromda bajarilishini yuqori darajada ta’minlaydi. Texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligida bir ishchi joyidan boshqa ishchi joyiga ishlov berilayotgan detallar harakati uzluksizligini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni potok usulida tashkil qilish quyidagi uchta shart mavjud bo‘lganda: birinchidan, potok nihoyasidagi ish joylarini uzoq muddat davomida yuqori darajada yuklanganligini ta’minlovchi ommaviy yoki yirik seriyali ishlab chiqarish; ikkinchidan, konstruktorlik va texnologik jarayonlarni obdon ishlash. Sababi buyumlarni tayyorlashda konstruktorlik va texnologik jarayonlarni o‘zgarishi oqibatida dastgohlarni qayta joylashtirish, potok liniyasiga yangi texnologiya bilan bog‘liq bo‘lgan dastgohlarni o‘rnatish ishlab chiqarishda sezilarli yo‘qotishlarga olib keladi; uchinchidan, potok liniyasidagi ish joylariga xizmat ko‘rsatish, smena davomida rejalashtirilgan to‘xtab turishlarni oldini olish maqsadida ularni materiallar, butlovchi qismlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash amalga oshirilgan taqdirda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1.Ishlab chiqarishning potok usuli quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega:
Ishlab chiqarish jarayonidagi bo‘lingan operatsiyalarni ma’lum ish o‘rniga va dastgohga qat’iy biriktirish va dastgohlarni to‘la yuklash. Operatsiyalarni bunday biriktirilishi bu operatsiyalarni bajarish qaytarilishini uzluksizligini ta’minlaydi va bu o‘z navbatida ish o‘rinlari, dastgohlarni aniq ixtisoslashtirishga imkon beradi.
2.Dastgohlar va ish o‘rinlarini texnologik jarayon bo‘ylab joylashtirish. Bunday «zanjirli» joylaytirishda sex bo‘yicha detallarni qayta harakatlanishiga zarurat qoldirmaydi. Bu xususiyat detallarni ishchi o‘rinlariga donalab yoki kichik partiyalarda (2-3-5ta detal) uzatishga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida detallarni ish o‘rnilarida turib qolishini oldini oladi.
3.Mehnat qurollarini bir operatsiyadan ikkinchi operatsiyaga uzatishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish. Bunga ayni operatsiyalarni ma’lum ish o‘rniga qat’iy biriktirish va dastgohlarni «zanjirli» joylashtirish natijasida erishiladi.
4.Operatsiyalarning sinxronligi, ya’ni ularning tengligi. Boshqacha qilib aytganda, taktga teng vaqt oralig‘ida potok liniyasidagi birinchi operatsiyaga zagatovka kelib tushishi, potokning oxirgi operatsiyasidan tayyor mahsulot chiqishi kerak. Potok takti yil deganda oxirgi operatsiyadan ketma-ket chiqarilayotgan ikkita buyum o‘rtasidagi vaqt oralig‘i tushuniladi.
5.Ishlov berilayotgan mehnat qurollari uzluksizligi. Bu xususiyat ishlab chiqarishni tashkil qilishning usuliga xos bo‘lgan yuqoridagi xususiyatlarni o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi.
6.Yuqorida keltirilgan xususiyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarishni tashkil qi-lishning usuliga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning potok usuli deb, detallarga ishlov berish yoki buyumni yig‘ish texnologik jarayonidagi operatsiyalarni bajarish tartibi bo‘yicha ma’lum ish o‘rinlaridagi dastgohlarga biriktirilishiga aytiladi. Shu bilan birga ishlov berilayotgan detal yoki yig‘ilayotgan buyum keyingi operatsiyani bajarib bo‘lib darhol uzatiladi. Bunday harakat transport qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
7.Potok usuli - ishlab chiqarishning yuqori shakli bo‘lib mehnatdan oqilona foydalanish, mehnat qurollarini kooperatsiyalash, ixtisoslashtirish va tashkil etishda yuqori natijalarga erishiladi.
Potok usuli ishlab chiqarishning ilg‘or usulini xarakterlaydi, chunki bu usulda ish joyi va uchastkalar ixtisoslashadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot soni ko‘payadi, ishlab chiqarish quvvati ortadi, ishlab chiqarish ma’romli, to‘xtovsiz mahsulot ishlab chiqaradi.
Ishlab chiqarishda potok usulning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
1.tayyorlash texnologiyasi o‘lchamlari bir-biriga yaqin hamda konstruktiv xossasiga qarab tanlab olinadi;
potok usulini qo‘llash uchun mahsulot ishlab chiqarish bir xil hajmda va 1.bir-biriga o‘xshash ishlarga bo‘linadi;
2.ishlarni bajarilish ketma-ketligi aniqlanadi;
3.bajariladigan ishlar ishchilar orasida ishlab chiqarish jarayoniga qarab taqsimlanadi;
4.ishchi joylar kerakli bo‘lgan xom ashyo va jihozlar bilan ta’minlanadi.
2. Potok liniyalari tasnifi
Sanoat korxonalarida potok liniyalarining bir necha turlaridan foydalaniladi. Potok liniyalari ularni tashkil qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi belgilari: ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasi; ishlab chiqarish jarayonini sinxronlashtirish darajasi, maromiylikni saqlab turish usuli, mehnat qurollarini uzatish usuli, konveyer harakati xususiyati, operatsiyalarni bajarish joyi, mehnatni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra tasniflanadi (2 - jadval).
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra potok liniyalari quyidagilarga bo‘linadi. Bir predmetli potok liniyalari deb, bir turdagi detal yoki buyumga uzoq davr mobaynida ishlov beriladigan liniyalarga aytiladi. Bunday liniyalar ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ko‘p predmetli potok liniyalari deb, konstruksiyasi va ishlov berilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan detallar yoki buyumlarni bir vaqtda yoki ketma-ket tayyorlanishiga aytiladi. Potok liniyalarini tashkil qilishning bu shakli o‘rta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Potok liniyalarining asosiy turlari
Tasniflash prinsiplari
|
Potok liniyalari turlari
| |
1
|
2
|
3
|
Ishlab chiqarish jarayonlari operatsiyalarini sinxronlashtirish darajasi
|
Bir predmetli
|
Ko‘p predmetli
|
Ishlab chiqarishni ixtisos
lashtirish darajasi
|
To‘la sinxronlashtirilgan, uzluksiz potok liniyalari
|
Qisman sinxronlashtirilgan uzlukli potok
|
Maromiylikni saqlash usuli
|
Reglamentlashtirilgan maromli (ritm)
|
Erkin maromli (ritm)
|
Mehnat qurollarini uzatish usuli
|
Mehnat qurollari ko‘chada
|
Mehnat qurollari ko‘chmas
|
Mehnat qurollarini uzatish vositalari
|
Konveyer
|
Transportyor
|
Transport qurilmalarini
haraktlanish xususiyati
|
Uzluksiz
|
Vaqti-vaqti bilan harakatlanadi
|
Transport qurilmalarining ishlab chiqarish jarayonlaridagi roli
|
Ishchi konveyer
|
Taqsimlovchi konveyer
|
Mehnatni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi
|
Avtomatlashtirilgan
|
Mexanizatsiyalashtirilma
gan, qo‘lda
|
Operatsiyalarni o‘zaro bog‘liqlik darajasiga ko‘ra
|
Qat’iy bog‘langan operatsiyalar
|
Moslashuvchan tarzda bog‘langan operatsiyalar
|
2- jadval
Ko‘p predmetli potok liniyalari detallarni ishlab chiqarishga berish usuliga ko‘ra uch turga: detal partiyalarini ketma-ket, parallel, ketma-ket parallel beruvchi potoklarga bo‘linadi. Detallarni ketma-ket ishga tushiruvchi ko‘p predmetli potok liniyalari turli xil partiyadagi detallarga ishlov berilgandan so‘ng vaqti-vaqti bilan dastgohlarni qayta sozlash bilan xarakterlanadi. Bunday potok liniyalardan bir turdagi turli xil o‘lchamli asboblar tayyorlovchi asbobsozlik zavodlarida keng foydalaniladi.
Detallarga ishlov berish parallel olib boriladigan ko‘ppredmetli potok liniyalariga buyumning barcha butlovchi qismlarini bir vaqtda tayyorlash xosdir. Bunday potok liniyalarida stanok turi, detallar shakli, butlovchi detallar soniga qarab parallel ravishda yoki bir vaqtida beriladi. Detallarni ketma-ket - parallel ishlov be-rishga tushiruvchi ko‘ppredmetli potok liniyalarida detallar bir necha komplekslarga turlanadi. Bir komplektga kiritilgan turli xildagi detallar partiyalariga potokda parallel ravishda ishlov beriladi, so‘ngra liniya boshqa detallar partiyasiga ishlov berishga moslashtiriladi.
Bir predmetli va ko‘p predmetli potok liniyalari ishlab chiqarish jarayonlaridagi operatsiyalarni sinxronlashtirish darajasiga ko‘ra ishlab chiqarish jarayonlari operats-iyalari to‘la sinxronlashtirilgan uzluksiz - potok liniyalari va qisman sinxronlashtirilgan uzlukli - potok liniyalari shaklida tashkil etilishi mumkin. Uzluksiz potok liniyalari mahsulotni ishlab chiqarish jarayonlarini uzluksizligi bilan xarakterlanadi. Bunday liniyada har bil detal biror -bir uzluksiz harakat qiladi. Potok liniyasining bu shaklidan buyum detallarini yig‘ish jarayonlarida keng foydalaniladi, chunki yig‘ish jarayonlarini sinxronlashtirish mumkin.
Agar ishlab chiqarish jarayonlari operatsiyalarini to‘la sinxronlashtirish imkoniyati bo‘lmasa, u holda uzlukli - potok liniyalari tashkil qilinadi. Bunday potok liniyalarida detallar potokning boshidan to oxirigacha uzlukli harakat qiladi. Sinxronlashtirilmagan joylarda detallar vaqti-vaqti bilan to‘planadi va ma’lum vaqtgacha turib qoladi. Detallarning bunday to‘planib qolishi aylanma zadellar deyiladi va ularni joylashtirish uchun maxsus joy va moslamalar talab qilinadi. Uzlukli potok liniyalari mashina detallariga va turli xildagi asboblarga mexanik ishlov berishda keng qo‘llaniladi.
3. Potok liniyasining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash
Potokli ishlab chiqarishda asosiy bo‘g‘in-patok liniyasi, o‘ziga biriktirilgan operatsiyalarni texnologik jarayon yo‘nalishi bo‘yicha bajarishga mo‘ljallangan. Potok liniyasini tashkil etishda uning asosiy ko‘rsatkichlari: takti, maromi, ishchi o‘rinlari soni, konveyer tezligi va boshqalar hisoblanadi.
Potok liniyasining asosiy hisobiy ko‘rsatkichi potok takti hisoblanadi. Potok liniyasining takti deyilganda ikkita ketma-ket operatsiyalar o‘rtasidagi vaqt oralig‘i tushuniladi. Potok takti texnologik jarayonni, dastgohni, uskunani, transport vositalarini tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Potok liniyasi takti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bunda:
Ff - dastgohning ma’lum vaqt oralig‘idagi foydali ish vaqti fondi, yil, oy, soat, minut;
N - ayni vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish dasturi, dona.
Dastgohning rejadagi foydali ish vaqti fondini aniqlashda dastgohni ta’mirlash, uskunalarni almashtirish, stanoklarni sozlash hamda ishchilarni ish kuni davomida dam olishi uchun zarur bo‘lgan vaqtlari hisobga olinadi.
Potok liniyasi taktiga teskari bo‘lgan ko‘rsatkich ishlab chiqarish jarayonlarining intensivligini xarakterlaydi va potok tempi deyiladi va u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
(8)
Takt potok liniyasining boshqa ko‘rsatkichlarini hisoblashning asosi hisoblanadi. Potok liniyasi ishchi o‘rinlari soni (Ki.o‘.) har bir operatsiya bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi:
(9)
bu yerda:
Tdon - potok liniyasi operatsiyalariga mehnat sarfi.
To‘liq sinxronlashtirilgan potokda ishchi o‘rinlarining hisobiy soni doimo yaxlit son bo‘lib, dastgoh to‘la yuklanadi, ya’ni operatsiya davomiyligi taktga teng bo‘ladi.
Qisman sinxronlashtirilgan yoki sinxronlashtirilmagan operatsiyalarda ishchi o‘rinlarining hisobiy miqdori yaxlit songa teng bo‘lmaydi, shuning uchun ishchi o‘rinlari soni hisobi natijasi katta son tomonga yaxlitlanadi. Bu qabul qilingan o‘rinlarning soni (Sq.q) deyiladi.
Ishchi o‘rinlarini yuklanganlik koeffitsienti (Kyu) har bir operatsiya bo‘yicha quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(10)
Ishchi o‘rinlarining yuklanganlik koeffitsienti ishlab chiqarishni tashkil qilishda potok usulini qo‘llashni maqsadga muvofiqligini xarakterlaydi. Ommaviy ishlab chiqarishda potok liniyalarida ishchi o‘rinlarini yuklanganlik darajasi -80-85% dan yuqori, ko‘p buyumli uzlukli potokli ishlab chiqarishda - 70-75% bo‘lgan taqdirda qo‘llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Potok liniyasi konveyerining harakat tezligi (Vk) potok liniyasi taktiga mos bo‘lishi kerak. Bunday nisbat agar yo‘l ikkita detal oralig‘idagi masofaga teng bo‘lsa, konveyer potok taktiga teng bo‘lgan vaqtda o‘tadi. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(11)
Kq - konveyer qadami (konveyerda birin-ketin ishlov beriladigan ikkita detal orasidagi masofa).
Mashinasozlik korxonalarida konveyerning tezligi 0,1-4 m/min oralig‘ida bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini yana bir muhim sharti potokli ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishlab chiqarish detallarini bir xilda tutib turilishidir. Ishlab chiqarish - ishlab chiqarishning turli bosqichlaridagi zogotovka, yarim tayyor mahsulot, tayyor detallar, yig‘uvchi detallar bo‘lib, ular ishning uzluksizligini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish zadellari ikki turga bo‘linadi: liniya ichidagi va liniyalararo. Liniya ichidagi zadellar o‘z navbatida texnik, transport, operatsiyalararo aylanma va zahira zadellariga bo‘linadi.
Texnologik zadel (Ztex) deganda, bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida ishlov berilayotgan yoki ishchi o‘rinlarida yig‘ilayotgan detallar hamda maxsus ish jo-yida (TNB) texnologik nazorat qilinayotgan yig‘ma detallar tushuniladi.
U quyidagicha aniqlanadi:
(12)
bunda:
Sd - bir vaqtning o‘zida bitta ishchi o‘rnida ishlov berilayotgan detallar soni;
Snaz - nazorat qilinayotgan detallar soni.
Transport zadeli deyilganda potok liniyasidagi ishchi o‘rinlari o‘rtasida doimiy harakatda bo‘lgan detallarning umumiy soni tushuniladi. Transport zadelining (Ztr) miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(13)bunda:
Suz- bir vaqtda operatsiyadan operatsiyaga uzatilayotgan detallar soni.
Kuz- konveyerlar uzunligi.
Operatsiyalararo aylanma zadel (Zayl) quyidagicha aniqlanadi:
(14) bu yerda:
Dreg - aylanma zadellar aniqlanadigan reglamentlashtirilgan davr (masalan, smena, 8 soat);
Tqis - ikkita yonma-yon operatsiyalar orasidagi eng qisqa operatsiya davomiyligi, min;
Tuz - ikkita yonma-yon operatsiyalar orasidagi eng uzun operatsiyalar davomiyligi, min.
Zahira zadeli esa, quyidagicha aniqlanadi: (15)
bunda:
Ttan- ayni operatsiya vaqtidagi tanaffus.
Operatsiyalararo aylanma zadel deganda, turli xildagi ish unumdorligiga ega bo‘lgan ishchi o‘rinlarining uzluksiz ishlashini ta’minlovchi detallar soni tushuniladi. Aylanma zadel ikkita oraliq operatsiyalar o‘rtasida aniqlanadi. Aylanma zadellar smena davomida o‘zgarib turadi. Smena boshida u eng ko‘p miqdorda bo‘lib, smena oxiriga borib nolga tenglashadi va yana o‘zining maksimal miqdoriga erishadi va h.k. Shunday qilib, aylanma zadel har smena boshida to‘ldirilib turiladi.
Zahira zadeli deganda, dastgohlarning buzilishi yoki butlovchi yarim tayyor mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi sababli ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtab qolish holatlarida potok liniyasi ishini uzluksizligini ta’minlash uchun zahirada saqlanadigan detallar tushuniladi. Bu zadellar potokli ishlab chiqarishda juda muhim bo‘lib, ularning mavjud bo‘lmasligi potokdagi ishchi o‘rinlari ishining maromi va uzluksizligini buzilishiga olib keladi.
Xulosa
Detallarga ishlov berish parallel olib boriladigan ko‘ppredmetli potok liniyalariga buyumning barcha butlovchi qismlarini bir vaqtda tayyorlash xosdir. Bunday potok liniyalarida stanok turi, detallar shakli, butlovchi detallar soniga qarab parallel ravishda yoki bir vaqtida beriladi. Detallarni ketma-ket - parallel ishlov be-rishga tushiruvchi ko‘ppredmetli potok liniyalarida detallar bir necha komplekslarga turlanadi. Bir komplektga kiritilgan turli xildagi detallar partiyalariga potokda parallel ravishda ishlov beriladi, so‘ngra liniya boshqa detallar partiyasiga ishlov berishga moslashtiriladi.
E'tiboringiz uchun raxmat !
|
| |