|
Legirlangan poʻlat
|
Sana | 12.05.2023 | Hajmi | 19.55 Kb. | | #58974 |
Bog'liq LIGERLANGAN-PO‘LATLAR 3-лекция
Legirlangan poʻlat
Legirlangan poʻlat - tarkibiga maʼlum xossa beradigan legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden, volfram, vanadiy, marganets, kremniy, titan, bor) sunʼiy ravishda qoʻshilgan poʻlat. L, p. tarkibidagi legirlovchi elementlarga qarab nomlanadi. Mikrolegirlangan (elementlar mikrodozada kiritilgan), kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (3,5 —10%), yuqori (10% dan yuqori) legirlangan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, Legirlangan poʻlat konstruksion (qarang Konstruksiyey materiallar), asbobsozlik (qarang Asbobsozlik poʻlati) va alohida kimyoviy-fizik xossaga ega boʻlgan poʻlatlarga (mas, issiqbardosh poʻlat, olovbardosh poʻlat, magnitli poʻlat va boshqalar) boʻlinadi. Legirlangan poʻlatdan mashina, mexanizm va qurilmalarning detallari, asboblar va boshqa tayyorlanadi
Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlash texnologiyasi
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalardan qilingan buyum
larni payvand birikmalariga mustahkamlik chegarasiga oid, shun
ingdek, plastiklikka oid talablardan tashqari konstruksiyaning va
zifasi va payvandlanayotgan metalning xossalariga oid talablar
ham qo‘yiladi. Bu talablar quyidagilardan iborat:
– korroziyabardosh (zanglamas) po‘latlar uchun – kristallit-
lararo umumiy suyuqlikda va kuchlanish ostida korroziyaga qar
shi turish imkoniyati;
– kuyindibardosh po‘latlar va qotishmalar uchun – kuyindi
hosil bo‘lishiga va kristallitlararo gaz korroziyaga qarshi tura
olish imkoniyati;
– olovbardosh po‘latlar va qotishmalar uchun – yuqori haro
rat va yuklama ta’sirida uzoq muddat mustahkamlikni ta’min
lash, siljishga qarshi qarshilik ko‘rsata olish, mikrostruktura-
ning barqarorligi, mo‘rtlanishga qarshi chidamliligini ta’minlash
va qirqilib ketishiga, kuyindi hosil bo‘lishiga kam beriluvchan
bo‘lishini ta’minlash.
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarni payvandlashda
gi asosiy qiyinchiliklar, payvand birikmalarining kristallanish
yoriq lari hosil bo‘lishiga qarshi tura olishini ta’minlash, korro
ziyaga chidamliligini va ish haroratlar va kuchlanishlar ta’sirida
birikmalarning xossalarini saqlashni ta’minlashdir.
Kam uglerodli po‘latlarga nisbatan aksariyat ko‘p legirlangan
po‘latlar va qotishmalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti
kichik (1,5—2 marta) va chiziqli kengayish koeffitsienti katta (1,5
marta) bo‘ladi. Payvandlashda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffit
sientining pastligi issiqlikning to‘planishiga va buning natijasida
buyum metali suyuqlanishining ortishiga olib keladi. Shu tufayli
berilgan suyuqlanish chuqurligini hosil qilish uchun payvandlash
toki kattaligini 10—20% ga pasaytirish lozim. Oshirilgan chiziq
221
li kengayish koeffitsienti payvandlashda payvand – buyumlar
da katta deformatsiyalarning paydo bo‘lishiga, ularning bikrligi
yuqori bo‘lgan holda esa (nisbatan yirik buyumlar, qalin metall,
payvandlanadigan detallar orasida tirqishning yo‘qligi, payvand
lashda buyumning bikr mahkamlanishi) payvand buyumda darz-
lar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalar kam uglerodli po‘lat
larga nisbatan darzlar hosil bo‘lishiga ancha moyil bo‘ladi. Darz-
lar issiqdan ko‘pincha austenitli po‘latlarda, sovuqdan esa mar
tensit va martensit-ferrit sinfidagi toblanadigan po‘latlarda hosil
bo‘ladi. Bundan tashqari tarkibida titan yoki niobiy bo‘lmagan
yoxud vanadiy bilan legirlangan korroziyabardosh po‘latlar 500°C
dan yuqori haroratda qizdirilganda korroziyaga qarshi xossalarini
yo‘qotadi. Chunki qattiq eritmadan korroziyalanish hamda kor_
roziyadan yorilish markazlari bo‘lib qoladigan xrom karbidlari
ajralib chiqadi. Termik ishlov berib (ko‘pincha toblab) payvand
buyumlarning korroziyaga qarshi xossalarini tiklash mumkin.
Eritmadan ilgari ajralib chiqqan xrom karbidi 850°C gacha qizdi
rib austenitda qayta eritiladi, tez sovitilganda esa ular alohida
fazaga ajralib chiqmaydi. Termik ishlov berishning bunday turi
stabillash deb ataladi. Lekin, stabillash po‘latning plastikligi va
qovushqoqligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Payvand buyumlarning plastikligi, qovushoqligi va bir yo‘la
korroziyaga qarshi xossalari yuqori bo‘lishiga metalni 1000—
1150°C haroratgacha qizdirib va suvda tez sovitib (toblab) erishish
mumkin. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlashda darzlar ning
oldini olish yo‘llari: chok metalida ikki fazali struktura (aus
tenit va ferrit) hosil qilish; chok tarkibidagi zararli aralashmalar
(oltingugurt, fosfor, qo‘rg‘oshin, surma, qalay, vismut) miqdorini
cheklash va metall tarkibiga molibden, marganets, volfram sin
gari elementlarni kiritish; asos va aralash xarakterdagi elek
trod qoplamlaridan foydalanish, payvandlashda bikrligi pastroq
bo‘lgan buyum hosil qilish.
Austenitli po‘lat chokini payvandlashda buyum bikrligi-
ni oshirish bilan birga chok metalli tarkibidagi ferritning miq-
dorini 2 dan 10% gacha oshirish zarur. Bu holda chok metali-
ning plastikligi austenitli po‘latnikiga nisbatan ortadi va darzlar
hosil bo‘lmasdan cho‘kadi (hatto payvand buyum bikr holatda
bo‘lganda ham).
222
Asos xarakterli yoki aralash qoplamli elektrodlar ishlatilganda
(lekin chok metalini molibden, marganets va volfram bilan le
girlab), chok metali mayda donli tuzilishga ega bo‘ladi. Bu hol
da metalning plastik xossalari ortadi va chok metali (chok ya
qinidagi metall ham) cho‘kkanda unda issiqdan darzlar vujudga
kelmaydi.
Darzlari bo‘lmagan payvand birikmalar hosil qilish uchun
payvandlanadigan detallarni tirqish qoldirib payvandlash va ilo
ji boricha choklarni kamroq suyuqlangan metall bilan to‘ldirish
(suyuqlangan metall bilan to‘ldirish shakli koeffitsienti 2 dan kam
bo‘lishi kerak) qo‘llash tavsiya etiladi. Choklarni minimal pogon
issiqlik energiyasida 1,2—2,0 mm diametrli ingichka elektrodlar
bilan payvandlagan ma’qul.
Bir jinslimas strukturali payvand birikmalar payvandlashdan
keyin ham, termik ishlov berilgandan keyin ham asosiy metal-
ning mustahkamligiga nisbatan past mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, yuqori haroratlarda ishlaydigan payvand birik
malarda chok metali bilan asosiy metall orasida diffuziya bo‘la
di, bu esa chok yaqinidagi zona va qotishish zonasida sovuqdan
darz lar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p legir
langan po‘latlar va qotishmalarning turli rusumlarini yoy yor
damida payvandlashda elektrod turi qat’iy asoslangan holda tan
lanishi kerak.
100—300°C haroratgacha qizdirish (umumiy yoki mahalliy)
asosiy metall mikrostrukturasining xarakteriga, tarkibdagi ugle
rod miqdoriga, buyumning bikrliligi va qalinligiga qarab ko‘p
legirlangan po‘latlar hamda qotishmalarni payvandlashda tavsi
ya qilinadi. Martensitli po‘latlar va qotishmalar uchun buyum
ni qizdirish shart; austenitli po‘latlar uchun qizdirishdan kam
qo‘llaniladi. Qizdirish payvandlash jarayonida haroratning buyum
bo‘ylab ancha tekis taqsimlanishiga va sekin sovitilishiga yordam
beradi, natijada payvand birikmada cho‘kish deformatsiyalarining
konsentratsiyasi hamda darzlar hosil bo‘lmaydi.
Ko‘p legirlangan po‘latlar va qotishmalarni payvandlashda
chok metali va chok yaqinidagi metalning o‘ta qizishi (donlarning
yiriklashishi) uning kimyoviy tarkibi va mikrostrukturasiga qizish
harorati va metalning yuqori haroratda bo‘lish vaqtiga bog‘liq.
Payvandlashda, odatda, ko‘pincha bir fazali ferritli po‘latlar o‘ta
qiziydi.
223
Tarkibidagi uglerod miqdori 0,12% dan ortiq bo‘lgan ko‘p
legirlangan po‘latlar (17X18Í9, 31X19Í9MÂÁT, 36X18Í25Ñ2
va boshqalar) 300°Ñ va undan yuqori haroratgacha oldindan
qizdirib payvandlanadi, so‘ngra payvand buyumlar termik ish
lanadi.
|
| |