• SCAD majmuasi
  • Lira sistemasi maqsadi Tayanch so’zlar




    Download 162.96 Kb.
    bet4/4
    Sana07.06.2022
    Hajmi162.96 Kb.
    #23118
    1   2   3   4
    Bog'liq
    lira
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555
    SCAD office - yangi avlod dasturiy ta’minoti bo‘lib, po‘lat va temirbeton konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash imkonini beradi. Uning tarkibiga chekli element tahlili universal dasturi
    SCAD hamda funksional jihatidan mustaqil loyihalviy-hisoblash va yordamchi dasturlar kiradi. SCAD dasturi inshootni to‘liq hisoblash uchun mo‘ljallangan. Boshqa hisoblash va loyihalash dasturlari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni (alohida to‘sinlar, ustunlar, plitalar)ni mavjud meyorlarga muvofiq tarzda hisoblash va tekshirish uchun mo‘ljallangan.
    SCAD majmuasi - chekli elementlar usuli asosida konstruksiyalar mustahkamligini loyihalash va tahlil etishning integrallashgan tizimi. Uning tarkibiga yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan chiziqli va chiziqli bo‘lmagan holatdagi katta o‘lchamli (yuz minglab erkinlik darajalariga ega) masalalarni yechish, turg‘unlik tahlili modullari, kuchlanishlarning hisobiy jamlanishlarini shakllantirish, turli mustahkamlik nazariyalari bo‘yicha konstruksiyalar elementlarini kuchlanganlik holatini tekshirish, konstruksiyaning birorta fragmentini konstruksiya bilan birgalikda ishlaganida hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni aniqlash, amplitudali-chastotali tavsiflarni qurish, temirbeton konstruksiyalari elementlari uchun armatura tanlash modullari, metall konstruksiyalarni tekshirish va tanlash modullarini aniqlash imkonini beruvchi protsessor kiradi. Tizim statik hisoblardan tashqari, turli dinamik ta’sirlar - seysmika, shamol yukining pulslanishi, garmonik tebranishlar, impuls, zarbani ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.
    SCADda sterjenli, plastinali, qattiq jismli va aralash kombinatsiyali konstruksiyalarni modellashtirish uchun chekli elementlarning rivojlangan kutubxonasi jamlangan, bundan tashqari hisobiy sxemaning bir nechta variantlarini birgalikda tahlil etish modellarining variantlash tartibi kiritilgan.
    Hisobiy sxemalarni shakllantirishning grafik vositalari tarkibiga konstruksiyalarni o‘lchamlari bo‘yicha o‘xshash variantlari to‘plami mavjud, ular avtomatik tarzda chekli elementlar to‘rini fazoda ifodalash, materiallar fizika-mexanikaviy xossalari, tayanch va ulanish sharoitlari va yuklarni ta’rifini berish imkoniyatlariga ega. Turli sxemalardan hisobiy modellarni yig‘ish, sxemaning barcha tavsiflarini grafik jihatdan nazorat qilish bo‘yicha ko‘p miqdordagi vositalarni tanlash imkoniyatlari ko‘zda tutilgan. Hisoblash natijalari muharririga yoki elektron jadvaliga eksport qilinishi hamda deformatsiyalar va egilishlar sxemalari, tugunlardagi siljishlarning, plastinasimon va hajmiy elementlarning siljish izomaydonlar va izochiziqlarining qiymatlarini rang va raqam ko‘rinishida ifodalanishi mumkin.
    Internetda joylashtirilgan ma’lumotlar tahlilidan ma’lumki, chekli elementlar usuli asosida yaratilgan programma dasturlari soni yuzdan ortiq, lekin ko‘pchilik tomonidan ishlatishi bo‘yicha qaralsa barmoq bilan sanasa bo‘ladigan darajada. Mavjud programma komplekslarini solishtirish uchun faqat qurilish sohasida qo‘llaniladigan programmalarini tanlaymiz va natijalarni quyidagi jadvalda keltiramiz.
    Jadvalni tahlil qilish jarayonida programma kompleksining mamlakatlar bo‘yicha qo‘llanilishi, qurilish meyorlari va qoidalariga katta e’tibor berish kerak. Ushbu nuqtai nazardan qaralsa ro‘yxat undan ham kamayadi.
    STRAP (Isroil), STAAD, NASTRAN, STRUDL, ANSIS, COSMOS, ADINA (SSHA), DIANA (Gollandiya), ROBOT (Fransiya), STARK (Rossiya), LIRA (Ukraina). Amerika programma komplekslarida AQSH va Kanada meyorlari va qoidalari joriy qilingan.
    STARK va LIRA programma komplekslarida esa MDH meyor va qoidalari joriy qilingan, shundan kelib chiqqan holda biz uchun eng ma’quli LIRA PK deb qabul qilamiz. Lira PK - turli maqsadlarga mo‘ljallangan konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali programma kompleksi hisoblanadi.


    Download 162.96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 162.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lira sistemasi maqsadi Tayanch so’zlar

    Download 162.96 Kb.