Lokal (mahalliy) tarmoqni tarmoq topologiyasi Reja




Download 423.83 Kb.
bet3/9
Sana17.03.2022
Hajmi423.83 Kb.
#18742
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lokal (mahalliy) tarmoqni tarmoq topologiyasi Reja
000ec153-ece00852, Beruniy Tarjimai hol, 2 5294112637649425278-1, M. Usmanоv informatikadan mavzulashtirilgan testlar to‘plami, 5 variant, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish lab 1, 8-18, операцион карта, Bahtayev G\'ayrat, ОБЪЕКТИВКА Дилфуза Косимова (2), Ovoz beruvchilar VotersList yangisi, Презентация1, Boboxonova.sanashga oʻrgatish.1, Andijon davlat pedagogika instituti
«Yulduz» topologiyasi. «Yulduz» — bu markazi aniq mavjud topologiya bo‘lib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko‘rsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nasbatan keskin ko‘p bo‘ladi. Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so‘z ham yuritib o‘tirilmaydi. Odatda, aynan markaziy kompyuter eng ko‘p quvvatga ega bo‘ladi, sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi. «Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo‘lishi mumkin emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o‘rin yo‘q.
«Yulduz»ning bu topologiyadagi tarmoq kompyuterlarini buzilishga barqaror ishlashi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, tashqi kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarga ta’sir qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqni butunlay ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to‘qnashuv ro‘y bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi to‘xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin. «Shina» dan farqli «Yulduz» da har bir aloqa yo‘lida faqatgina ikkita abonent bo‘ladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan biri. Ko‘pincha kompyuterlarni ulash uchun ikkita aloqa yo‘li ishlatiladi, ulardan har biri axborotni faqat bir tarafgagina uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa yo‘lida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini «Shina» topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga ohb keladi va qo‘shimcha tashqi terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmaydi.
«Yulduz»da signallarni aloqa yo‘lida so‘nish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson hal bo‘ladi, chunki har bir signalni qabul qiluvchi qurilma bir xil amplitudali signalni qabul qiladi. «Yulduz» topologiyasining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan abonentlar soni chegaralangan. Odatda, markaziy abonent 8-16 tadan ko‘p bo‘lmagan tashqi abonentlarga xizmat ko‘rsata oladi. Ko‘rsatilgan cheklanish oralig‘ida qo‘shimcha abonentlarni ulash ancha oddiy bo‘lsa, qo‘yilgan cheklanishdan ortiq bo‘lgan hollarda abonent ulash imkoni yo‘q. Ba’zi hollarda yulduzsimon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda, tashqi abonentlardan birining o‘rniga markaziy abonent ulansa, natijada, o‘zaro ulangan bir necha yulduzlardan tashkil topgan topologiya hosil bo‘ladi. 4.1.2-rasmda keltirilgan «Yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz», deb ataladi, 4.1.5-rasmda keltirilgan chizma «Passiv yulduz» topologiyasi bo‘lib, u faqat tashqi ko‘rinishdangina yulduzga o‘xshashdir.

4.1.5-rasm. «Passiv yulduz» topologiyasi.
Amaliyotda «Passiv yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz» topologiyasiga nisbatan ko‘p tarqalgan. Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan va taniqli Internet tarmog‘ida ham «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalanilgan. «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalaniladigan tarmoq markazida kompyuter emas, balki konsentrator yoki xab (hub) o‘rnatiladi, bu qurilma repitr bajargan vazifani bajaradi. Konsentratorning (xab) vazifasi o‘tayotgan signalni tiklab, ularni boshqa aloqa yo‘llariga uzatishdan iborat. Vaholanki, kabellarni o‘tkazilishi aktiv yulduzsimon bo‘lsa hamki, haqiqatda esa, biz «Shina» topologiyasiga to‘qnash kelamiz, chunki axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o‘zida barcha qolgan kompyuterlarga uzatiladi, lekin markaziy abonent mavjud emas. Tabiiyki, «Passiv yulduz» oddiy shinadan qimmatga tushadi, chunki bu holda, albatta, konsentratordan foydalanish shart. Biroq, bu topologiya bir qator qo‘shimcha yulduzsimon topologiyada mavjud, shuning uchun oxirgi vaqtda «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyali tarmoqlarni siqib chiqarmoqda. «Aktiv yulduz» va «Passiv yulduz» topologiyalarining oralig‘idagi topologiya ham mavjud. Bu holda konsentrator o‘ziga kelayotgan signalni faqat tiklabgina qolmay, axborot almashinuvini ham boshqaradi, lekin o‘zi axborot almashishda ishtirok etmaydi.
«Yulduz» topologiyasining katta afzalligi shundan iboratki, hamma ulanish nuqtalari bir joyda jamlangandir. Bu xususiyati tufayli tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilishga, nosozliklarni u yoki bu abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib qo‘yib tuzatishga (bu holatni shinada amalga oshirib bo‘lmaydi), tarmoqni hayotiy muhim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash imkoniyatini chegaralash kabi qulayliklarni beradi. «Yulduz» ulanish holatida har bir tashqi abonent kompyuteriga bitta axborotni ikki tomonga uzatish va ikkita (axborot har bir kabeldan faqat bir tomonga uzatiladi) kabel ulanish imkoni mavjud. Ikkinchi holat amalda ko‘proq uchraydi.
«Yulduz»simon topologiyali barcha tarmoqlarning umumiy kamchiligi boshqa turdagi topologiyalarga nisbatan kabel ko‘p sarflanishidir. Masalan, «Shina» topologiyasiga (2.2.1-rasm) nisba­tan «Yulduz» topologiyusida bir necha marotaba uzun kabel sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin.

Download 423.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 423.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lokal (mahalliy) tarmoqni tarmoq topologiyasi Reja

Download 423.83 Kb.