M ashinalarning xavfli zonalari




Download 2.58 Mb.
Sana01.05.2023
Hajmi2.58 Mb.
#55448
Bog'liq
1-maruza
ХАТ охирги ВАК ка Bobomurodov, omir qawipsizligi dawran, 11-sinf-Matematika-2-qism, 5.1

M ASHINALARNING XAVFLI ZONALARI

  • Mashina va mexanizmlarning inson hayotiga va sog'lig'iga xavf tug'diradigan holatlarni vujudga keltiradigan joylari, xavfli zona deb ataladi. Xavfli zona asosan, mashina va mexanizmlarning ochiq holatda aylanadigan va harakatlanadigan qismlarida mujassamlanadi. Bu aylanayotgan qirquvchi asbob yoki detail, qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, harakatlanuvchi stanoklaming ishchi stollari, konveyrlar, yuklami bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib yuradigan yuk ko'tarish mashinalari va hokazo. Aylanuvchi qismlar bilan ishchilarning kiyimidan yoki sochidan ilintirib olishi mumkin bolgan mexanizmlar, ayniqsa, xavfli hisoblanadi.
  • Shuningdek, xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiklik, elektromagnit, ionlashgan nurlar, shovqin, titrash, ultratovush, zaharli gaz va bug‘lar ta’siriga tushib qolish ham kiradi. Stanoklarda ishlayotganda qirqimlarning uchib ketishi, ishlatilayotgan asbobning sinib otilib ketishi, detal yaxshi siqib ushlanmaganligi natijasida otilib ketib, ishchilami jarohatlashi ham xavfli zonaga kiritiladi. Xavfli zonalar doimiy, harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan turlarga bo'linadi. Doimiy xavfli zonaga qayishli, zanjirli va tishli uzatmalar, stanoklaming qirqish zonalari va harakatlanuvchi valiklar kiradi. Harakatlanuvchan xavfli zonaga prokat qilish stanoklari, potok liniyalari, konveyrlar, qirqish joyi o ‘zgarib turadigan agregat stanoklari va boshqalar kiradi.

Download 2.58 Mb.




Download 2.58 Mb.