bozorlarda xaridorgir boiishi va mustahkam o‘rin egaliashi uchun
bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko'rib chiqish lozim.
Hunda tasliki bo/orda xaridorbop,
yuqori likvidli mahsulotlar
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqa-
radigan korxonalarni rag'batlantirishni yanada kuchaytirish,
ularga
yangi imiiyoz va pieferensiyalar berish bo‘yicha qo'shimcha chora-
ladbirlar tayyorlash zarur»' deb ta'kidladilar.
Ma'lumki, g'arb logistikasi modellari mamlakatimiz xo'jalik
amaliyotiga har doim mos kelavermaydi. Logistik tizimlar — bu
atrof-m uhit bilan uzviy aloqasiz qarab b o ‘lmaydigan jonli
tizimlardir. (i'arb tizimlaridan nusxa olish strategiyasi —
bu egalik
strategiyasi bo'lib, biroq yetakchilik strategiyasi emas. Mamla
katimiz iqtisodiyotiga, birinchi navbatda,
bizning sharoitimizga
to ‘g‘ri keladigan, jarayonlar samaradorligining keskin о ‘sis hi ga
imkon beruvchi logistika falsafasini tadbiq etish lozim.
Yangi ilmiy va o'quv «logistika» fanini o ‘rganish obyekti
moddiy va ular bilan bog'liq bo'lgan axborot oqimlari hisoblanadi.
Fanning dolzarbligi va uni o'rganishga bo'lgan
qiziqishning keskin
ortishi logistik yondoshuvdan foydalanish orqali moddiy tizimlar
faoliyati samaradorligini oshirishning potensial imkoniyatlari bilan
bogiiqdir. Logistika xomashyo va yarimtayyor
mahsulotlar olib
kelish bilan iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berish o'rtasi-
dagi vaqt oralig‘ini keskin qisqartirish imkonini beradi. Yuklarni
saqlash va tashish xarajatlarini keskin qisqartirishga imkoniyat
yaratadi. Logistikaning qo'llanishi m a’lumot
olish jarayonini
tezlashtiradi, serviz xizmati darajasini oshiradi.
Logistika sohasidagi faoliyat ko'pqirralidir. U transport, ombor
xo‘jaligi,
zaxiralar, xodimlar boshqaruvi, axborot tizimlari,
tijorat
faoliyati va boshqalarni tashkil etishni qamrab oladi. Sanalgan
vazifalarning har biri tegislili soha fanida chuqur o‘rganilgan va
bayon etilgan. Logistik yondashuvning vangiligi yuqorida sanalgan