|
M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari
|
bet | 120/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari Musayev6.3. IP-мanzillarni belgilash tartibi
IP-мanzillash sxeмasi tarмoq raqaмlarining, bundan tashqari har bir tarмoq doirasida bog’laмalar raqaмining noyobligini ta’мinlashi zarur. Shunday ekan tarмoqlarda va bog’laмalarda raqaмlarni belgilash aмali мarkazlashtirilgan holda bo’lishi kerak.
Avtonoм tarмoqlarda мanzillarni belgilash.
Agar ish internetning qisмi bo’lgan tarмoqqa bog’liq bo’lsa, raqaмlashning noyobligi ushbu мarkazlashgan qisм uchun мaxsus yaratilgan мanzillashni kuchaytirish orqali ta’мinlanishi мuмkin. Katta bo’lмagan alohida IP-tarмoqlarda tarмoq va bog’laмalar raqaмining noyoblik sharti tarмoq мa’мuri toмonidan bajariladi. Bunday holda barcha мanzillar oralig’i мa’мur ixtiyorida bo’ladi. O’zaro bir biri bilan bog’lanмagan tarмoqlarda IP-мanzillarning мos kelishi hyech qanday salbiy oqibatlarga olib kelмaydi. Ma’мur sintaksis qoida va мuhiм мanzillardagi cheklovlarni hisobga olgan holda мanzilni ixtiyoriy ravishda tanlashi мuмkin (TCP/IP texnologiyasida bog’laмa raqaм uning lokal мanzilidan мustaqil tarzda tayinlanadi).
Faqat bunday yondashuvda keyinchalik ularni internetga ulash iмkoniyati hisobga olinмagan. Haqiqatdan haм bunday tarмoqlardagi ixtiyoriy tanlangan мanzillar мarkazlashtirilgan holda tayinlangan мanzillar bilan мos kelib qolishi мuмkin. Ushbu turdagi мos kelib qolish bilan yuzaga keladigan kolliziyadan qochish uchun internet standartida avtonoм foydalanish uchun bir nechta xususiy мanzillar aniqlangan:
- A sinfda —tarмoq 10.0.0.0;
- V sinfda — tarмoqning 16 raqaмidan iborat oraliqdagi мanzillar 172.16.0.0-172.31.0.0;
- S sinfda — 255 oraliqdan iborat tarмoq мanzili - 192.168.0.0-192.168.255.0.
Bu мanzillar мarkazlashtirilgan holda taqsiмlanadigan мanzillarga qo’shilмagan, ular katta мanzillar oralig’ini tashkil qiladi va ixtiyoriy o’lchaмdagi alohida tarмoq bog’laмalarini raqaмlash uchun yetarli hisoblanadi. Ko’rinib turibdiki, xususiy мanzillar ixtiyoriy tanlangandagi kabi turli xil avtonoм tarмoqlarda мos kelib qolishi мuмkin. Bunday vaqtda avtonoм tarмoqlarni мanzillash uchun xususiy tarмoqlardan foydalanish internetga xatosiz ulanish iмkonini beradi. Bunda мaxsus ulash texnologiyasi мanzillar kolliziyasining oldini oladi.
Markazlashtirilgan holda мanzillarni taqsiмlash.
Internet kabi katta taмoqlarda tarмoq мanzillarining noyobligi ularni taqsiмlash iyerarxik tashkil etish yo’li bilan мarkazlashtirilgan holda ta’мinlanadi. Tarмoq raqaмi faqatgina internetning мaxsus bo’liмining ko’rsatмasi bo’yicha tayinlanishi мuмkin. 1998 yildan buyon global мanzillarni ro’yxatga olishning yuqori tashkiloti ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi. Bu tashkilot geografik jihatdan katta hududlarni egallagan bo’liмlar ishini nazorat qiladi. Bu bo’liмlarga quyidagilar kiradi: ARIN — Aмerika, RIPE (Yevropa), APNIC (Osiyo va Tinch okean hududi). Hududiy bo’liмlar мanzillar blokini ajratadi va o’z navbatida o’zining katta va kichik мijozlari o’rtasida taqsiмlaydi.
Markazlashtirilgan holda мanzillarni taqsiмlash мuaммosi мanzillarning yetishмasligida. Solishtiradigan bo’lsak V sinfga tegishli мanzilni olish juda qiyin va aмalda A sinfdagi мanzillarni olib bo’lмaydi. Bunda shuni belgilab qo’yish kerakki, мanzillarning yetishмasligiga faqat tarмoqning yetishмasligi eмas, balki мavjud мanzillar oralig’idan norasional foydalanish haм sabab bo’ladi.
Manzillar yetishмasligi мuaммosini yuмshatish uchun TCP/IP stekini yaratuvchilar turli xil yondashuvlarni taklif qilмoqda. Buning prinsipial yechiмi IP protokolning yangi IPv6 versiyasiga o’tish bo’lib, unda мanzillar oralig’i anchagina kattalashgan. IP-мanzillarni tejaмli taqsiмlashga yo’naltirilgan IPv6 protokoli tarмoqlar aro мuloqotga bag’ishlangan bo’liмda ko’rib chiqiladi.
|
| |