2
Mazkur dastur “Magistraturaga kirish imtihoni
uchun mutaxassislik
fanlaridan sinov dasturi va abiturientlarning bilimlarini baholash mezoni”
(5A140501-Kimyo (fan yo„nalishlari bo„yicha) Guliston davlat universiteti
“Kimyo” kafedrasining 2021 yil 29 iyundagi 18-sonli
bayonnomasi bilan
tasdiqlangan.
Dastur 5A140501-Kimyo (fan yo„nalishlari bo„yicha) magistratura
mutaxasisligiga kiruvchilar uchun mo„ljallangan va 5140500 –Kimyo ta‟lim
yo„nalishining 2017-2018 –o„quv yilida tasdiqlangan o„quv
rejasidagi asosiy
fanlarga muvofiq tuzilgan.
Tuzuvchilar:
O„.Q.Abduraxmanova ─ “Kimyo” kafedrasi mudiri,
k.f.n., dotsent.
T.A.Jo„raev – Kimyo kafedrasi dotsenti (v.b.), PhD.
Taqrizchi: A.D.Matchanov - O„zR FA O.S.Sodiqov nomidagi
Bioorganik kimyo instituti laboratoriya
mudiri,kimyo fanlari doktori
© Kimyo kafedrasi
3
KIRISH
Yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash
sifati birinchi navbatda
bakalavriat ta‟lim yo„nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o„quv rejasiga
kiritilgan fanlar mazmuni va ularni o„qitish sifatiga bog„liq.
Shu nuqtai nazardan
yondashganda magistratura mutaxassisliklari bo„yicha yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlashning negizini eng avvalo ularning bakalavriat ta‟lim
bosqichida o„qigan fanlaridan egallagan bilim va ko„nikmalari tashkil etadi.
Magistraturaga kirish sinovlarini o„tkazish, mutaxassislik fanlaridan sinov
dasturi
va abiturientlarning bilimlarini baholash mezonlari “5A140501-Kimyo (fan
yo„nalishlari bo„yicha) mutaxassisligi uchun Guliston davlat universiteti “Kimyo”
kafedrasining 2021 yil 29 iyundagi 18-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Mazkur dastur O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022 o„quv
yilida O„zbekiston Respublikasining oliy ta‟lim muassasalariga o„qishga qabul
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to„g„risida”gi 2021 yil 22
iyundagi
Qarorida magistraturaga qabulni tashkil qilish borasida belgilab berilgan vazifalar
ijrosini ta‟minlash maqsadida ishlab chiqilgan.