Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari. Magnit kukunli usuli. Magnitografik usul




Download 122.11 Kb.
bet2/14
Sana27.07.2021
Hajmi122.11 Kb.
#16155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Magnit maydonining mohiyati. Magnit maydoni buyum bo‘yicha tarqalar va o‘z yo‘lida nuqsonga duch kelar ekan, nuqsonning magnit o‘tkazuvchanligi asosiy metallnig magnit o‘tkazuvchanligidan ancha (1000 marta) kichik bo‘lgani tufayli uni aylanib o‘tadi. Natijada nuqson magnit-kuch chiziqlarining bir qismini yuzaga siqib chiqarib mahalliy sochilish magnit oqimini yuzaga keltiradi (4.2 - rasm). Mahalliy sochilish oqimi yuzaga kelmagan holda magnit oqimi kuch chiziqlarining taqsimlanishida g‘alayonlanishni keltirib chiqaruvchi nuqsonlarni magnit defektoskopiyasi usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Nuqson qancha kuchli to‘sqinlik qilsa, oqimning g‘alayonlanishi shuncha kuchli yuz beradi. Masalan, agar nuqson magnit kuch chiziqlarining yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, u holda magnit oqimi kam g‘alayonlanadi, vaholanki, magnit oqimining yo‘nalishiga perpendikulyar yoki qiya joylashgan o‘sha nuqsonning o‘zi ancha katta sochilish oqimini hosil qiladi.1

6.2-rasm. Magnit okimining sifatli chok (a) va nuksonli payvand chokda (b) taqsimlanishi

Sochilish magnit oqimini qayd qilish usuliga qarab, magnit yordamida nazorat qilish usullari magnit kukunili, magnitografik, ferrozond va magnit-yarim o‘tkazgichli usullarga ajratiladi. Payvand choklar nuqsonlarini aniqlashda asosan uch usul: magnit kukuni, magnitografik va magnitoferrozond usullaridan foydalaniladi. Birinchi usulda sochilish oqimlari magnit kukuni yordamida aniqlanadi, ikkinchisida – magnit tasmada qayd qilinadi, uchinchisida esa ferrozond o‘zgartkichi vositasida topiladi. Payvand birikmalarni nazorat qilish uchun dastlabki ikki usuldan foydalaniladi.



Download 122.11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 122.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari. Magnit kukunli usuli. Magnitografik usul

Download 122.11 Kb.