Maktab o‘qituvchilarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish tartibi




Download 191,58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2023
Hajmi191,58 Kb.
#118158
Bog'liq
2 илова Тартиб



 O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirining
2023-yil 14-noyabrdagi, 
540-son buyrug‘iga
2-ILOVA 
 
Maktab o‘qituvchilarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlarini 
tashkil etish tartibi 
1. Mazkur tartib maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan kasbiy 
ehtiyojlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan diagnostika jarayonlarini tashkil 
etish qoidalarini belgilaydi.
2. Diagnostika jarayoni test sinovi shaklida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron 
platformasi imkoniyatlaridan foydalangan holda tashkil etiladi. 
3. Diagnostika jarayonida har bir o‘qituvchiga har biri bitta savol va 4 ta 
muqobil javobdan iborat 50 ta test taqdim etiladi hamda ularga javob berish uchun 
60 minut vaqt beriladi. 
4. Testlar tegishli fan va uni o‘qitish metodikasiga doir savollardan 
shakllantiriladi. 
5. Maktab o‘qituvchilari diagnostika testlarini o‘zlari dars beradigan asosiy 
fan bo‘yicha topshiradilar. 
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, 
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari 
tomonidan: 
a) hududdagi maktablarda faoliyat yurituvchi barcha oʻqituvchilarining fanlar 
kesimida roʻyxati shakllantiriladi; 
b) barcha oʻqituvchilarni “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron 
platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari ta’minlanadi; 
c) tasdiqlangan reja-jadvalga asosan oʻqituvchilarning diagnostika 
jarayonlarida oʻz ish joyidan onlayn ishtiroki ta’minlanadi. 
7. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari diagnostika (test 
sinovi) jarayonlarini shaffof va xolis oʻtkazilishini ta’minlaydi va Zoom platformasi 
orqali nazorat qiladi. 
8. Diagnostika test jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron 
platformasi (
http://onlinedu.uz
) orqali tashil etiladi. 
9. Har bir test savoli uchun belgilangan birinchi javob hisobga olinadi
va qayta o‘zgartirishga imkoniyat berilmaydi. 
10. Test sinovi yakunlangach o‘qituvchi kompyuter ekranida yoki telefonida 
natijalarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi. 
11. Test sinovi jarayonida uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan maktab 
o‘qituvchilari vazirlik ruxsati bilan alohida grafik asosida diagnostikadan 
o‘tkaziladi. 
12. Test sinovida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganlar diagnostikada nol ball 
olgan deb hisoblanadi. 
13. Diagnostika natijalari e’lon qilinmaydi va faqat ehtiyojlarga asoslangan 
holda malaka oshirishni tashkil etish maqsadida foydalaniladi. 

Download 191,58 Kb.




Download 191,58 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktab o‘qituvchilarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish tartibi

Download 191,58 Kb.
Pdf ko'rish