Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari




Download 62.08 Kb.
bet3/6
Sana02.04.2024
Hajmi62.08 Kb.
#185808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BUYUK SIYMOLAR BILAN TANISHTIRISH USULLARI
Leksik ma’no va tushuncha munosabati, Yakobinchilarning mafkurasining radikal demokratik mazmuni., J.Viko tarixiy konsepsiyasi, ANDIJON VILOYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI kurs ishi, Axloqiy tarbiya deganda nimani tushunasiz, Aerodrom qoplamalarini hisoblashda zamonaviy dasturlardan foydalanish, Koʻkrak qafasi noʻrmada va patalogiyada tuzilishi, O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY, Yo’lning landshaft bilan uyg’unlashuv qonuniyatlari, press, Davlat va nodavlat maktabgacha ta\'lim muassasalarining o\'ziga xo-fayllar.org, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING BOLA SOG’LOM RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI
1.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari.
Mustaqillik milliy g’urur, vatanga yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr –
shafqat, oqibat, ota – onaga hurmat tuyg’ularini kamol toptirishda cheksiz
imkoniyatlar yaratdi. Mehr – shafqat, oqibat, o’zbekona hislat, hayot mazmuni.
Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi “Ko`hna tarix shodasida bitta marjon ўзбегим” (E.Vohidov) sifatida
zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo’lishi tabiiy. Millat har qanday
milliy qadriyatning obyekti, milliy qadriyatlar tizimi tayanadigan ijtimoiy asosdir.
“Millat” atamasi qadriyat obyekti sifatida tushunilganida, bir-biri bilan qon
qardosh xalqlarga nisbatan ishlatiladigan “turkiy xalqlar”, “slovyanlar”, “roman
xalqlari” kabilarga umummilliylik darajasi mos keladi.
Millat bir tomondan, o’zining qadriyatlarini mutassil vujudga keltirib turadi,
o’tmishdan kelajakka rivojlanish jarayonida ularni doimiy takomillatirib, yangi-
yangi qirralarni shakllantirib turadi, ikkinchi tomondan esa, uning o’zi ham mavjud
qadriyatlar tizimi ta’miri ostida o’zgarib va rivojlanib boradi. Millat-o’zining
qadriyatlarini vujadga keltirib, ularning yangi-yangi qarralarini va jihatlarini
sayqallashtirib, taraqqiyot jarayonida tamokillashtirib turio’i ma’nosida o’z
qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilama xarakatdan iborato’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka tomon yetkazib boradigan eng asosiy obyektdir.
Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan
bog’liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o’zini ijtimoiy
qadriyat sifatida qarash ikmonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning namoyon
bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o’tmishdan kelajakka tomon xarakatini taxlil
qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar:
Bugungi davrda bolalarning mustahkam sog’lig’iga va bola shaxsining har tomonlama rivojlanganligiga asos solishi lozim bo’lgan maktabgacha ta`lim muassasa oldiga ko’yiladigan talablar ortib boradi. Keyingi yillarda maktabgacha ta`lim muassasaga qatnovchi bolalar salomatligining holati sezilarli. yaxshilandi. O’tkazilgan tadqiqotlar bolalarda kasallanishning yuqori bo’lishi ularning maktabgacha ta`lim muassasa sharoitlariga moslashish davrlariga to’g’ri kelishini ko’rsatdi. SHuning uchun uslubchining muhim vazifasi oila va maktabgacha ta`lim muassasining intilishlarini bolalarni, ayniqsa ilk yoshdagi bolalarni bolalar jamoasidagi hayot va faoliyat sharoitlariga moslashishlari uchun qulay sharoitni yaratishga yo’llashdan iborat bo’lishi kerak. Uslubchi tarbiyachilarning guruxdagi bolalarning emotsional ijobiy tonusini yaratishga doir faoliyatlarini tahlil qiladi. Afsuski, bolaga iliqlik, e`tibor, muhabbat etishmaydigan oilalar uchrab turadi.
Bunday bola bog’chada kamdan - kam quvonadi, ko’pincha ezilgan holatda bo’ladi. Ruhiy holatdagi bunday badastur emaslik to’rejab borar ekan, vaqti kelib bola psixikasida va jismoniy sog’lig’idagi patologik o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Bu guruxlarda bolalar hayoti va 90 faoliyatlarini ortiqcha chegaralash ham emotsional-ijobiy tonusning pasayishiga olib keladi. Bolalar jamoada, nisbatan guruxning kichik xonasida va uchastkada bo’lishdan charchaydilar. Bundan tashqari bolalarni ortiqcha chegaralash va ularga g’amxo’rlik qilish ham ularning mustaqilliklari, tashabbuslarining usishiga yordam bermaydi, bolalarda faol faoliyatga bo’lgan ehtiyojni pasaytiradi. Kun tartibida harakatli o’yinlar va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari vaqtining anchagina oshirilishi bolalarning toliqishlarini sezilarli kamaytirib, ularning mehnat qobiliyatlarini oshirgan va shu orqali jismoniy rivojlannishlari uchun sharoitni yaxshilagan. Biroq buning o’zi kifoya qilmaydi, bolalar faollik, mustaqillik hamda tashabbusni ko’proq namoyon qiladigan, ularning erkin harakat qilishiga imkon beradigan xilma - xil faoliyatlarini uylab topish va ta`minlash zarur bo’ladi. Bu uning faol yaxshi kayfiyatini, quvnoqligini oshiradi, bolaning jismoniy va psixik salomatligida ijobiy aks etadi. Guruxlarda ta`lim - tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi va uni nazorat qilinishi bola shaxsini z;ar tomonlama va garmonik rivojlanishini ta`minlashga hamda tarbiyachilarga kasb mahoratlarini ta`lim - tarbiyaviy jarayonlarni pedagogik tahlil qilish asosida oshirishlariga aniq va amaliy yordam ko’rsatishga yo’l-langan. Maktabgacha ta`lim muassasadagi metodik ish kompleks va ijodiy jarayon bo’lib, unda tarbiyachilarni bolalar bi-lan ishlashning aniq metod va usullariga amaliy o’rgatish amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasadagi hamma tomonidan e`tiborga olingan an`anaviy ish shakli tarbiyachilarning guruxlardagi pedagogik faoliyatlarini kuzatish, tahlil qilish va baholashdir. Ishni tahlil qilishda uslubchi pedagoglar ishidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni ko’rsatadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishning aniq tadbirlarini belgilaydi.
Guruxlardagi ta`lim - tarbiyaviy jarayonlarni kuzatishni uslubchi aniq belgilangan maqsadni ko’zlab amalga oshiradi. Masalan, bolalarda mustaqillikni tarbiyalash darajasini o’rganar ekan, kuzatishning taxminan quyidagi rejani belgilaydi: bolalarda mustaqillik malakalarini tarbiyalash uchun guruxdagi sharoitlar qanday, ular nimalarda aniq ifodalanadi, ularning darajasi dastur talablariga muvofiq keladimi, bolalar pedagogga, enagaga qanday holatlarda, qanday yordam surab murojaat qiladilar, tarbiyachi va enaga bolalarning yordam haqidagi iltimoslariga qanday javob beradilar (yordam beradilar, bolaga ishni o’zi bajarishini taklif qiladilar, o’rtog’iga yordam so’rab murojaat kilishni tavsiya kiladilar), bolalar bir - birlariga yordam berish ishtiyoqini bildiradilarmi, tarbiyachi bolalarning individual xususiyatlarini, ularning temperamentlarini qanday hisobga oladi? Guruxdagi mehnat faoliyatini o’rganish, kuzatish va tahlil qilish rejaga uslubchi quyidagi masalalarni kiritadi: mehnat turi va yoshlariga ko’ra bolalar qanday mehnat malakalarini egallaganlar, bu malakalarning darajasi va dastur talablariga muvofiqligi, mehnat topshiriqlarini bajarishda bolalar mustaqillik va tashabbuskorlikni namoyish qiladilarmi, bolalarning mehnat faoliyatiga munosabatlari qanday, salbiy munosabat sabablari, guruxda olib boriladigan tarbiyaviy ishda bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish, ularda mehnatga, kattalar mehnati natijalariga hurmatni tarbiyalash qanday o’rinlarni egallaydi bolalar mehnati uchun zarur inventar bormi, ular qaerda va qanday saqlanadi, bolalar ulardan erkin foydalana oladilarmi? (Sayrlarni kuzatish va tahlil qilish uchun uslubchi quyidagi masalalarni nazarda tutishi mumkin: kun tartibiga ko’ra sayrga chiqish vaqti, uning davomiyligi, maydonchada bolalarning o’yin faoliyatiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar qanday, bolalar o’yinlarining tematikasi, syujeti va mazmuni, o’yinlarga rahbarlik qilish usullari, bolalarning maydonchadagi harakat faolliklarining yuqori darajasi ta`minlanganmi, ularning bilish faolliklari qondirilganmi, har bir bolaning mehnat faoliyati uchun sharoit yaratilganmi, sayr mazmuni yil fasli va ob - havo holatiga muvofiqmi? Ko’pgina maktabgacha ta`lim muassasalarda metodik ishning eng yaxshi tarbiyachilarning o’z ishlari xaqidagi ijodiy hisobotlari kabi shaklidan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.
Bunday hisobotlar tematikasi eng dolzarb hamda maktabgacha ta`lim muassasalar ish praktikasida hali etarlicha hal etilmagan muammolar, masalan, ilk yoshdagi bolalarning maktabgacha ta`lim muassasasidagi hayot va tarbiyaning yangi sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashuvlarini ta`minlash; bolalarni maktabda o’qishga sotsial va maxsus tayyorlash; maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyalanganliklarini baholash mezoni va shu kabilarni qamrab oladi. Tarbiyachi nazariy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorlangan, shu sohadagi tadqiqotlar bilan tanish bo’lsa, u o’z ishini shunchalik chuqur tahlil qiladi, uning asosli xulosalar chiqarishi va tavsiyalar berish uchun etarli bo’lgan axboroti shunchalik ob`ektiv bo’ladi. Uslubchi tomonidan tajribasi o’rganilayotgan tarbiyachiga yordam tarzida pedagogik o’z ish tizimini pedagogika fani nuqtai nazaridan o’rganishga yo’llovchi xotiranomalar tuziladi, o’rganilishi shart bo’lgan asosiy adabiyotlar ruyxati tavsiya qilinadi. Amaliyot tarbiyachining o’z faoliyatini o’rganish unga aqliy hamda ma`naviy kamol topishda, pedagoglik faoliyatining sayqal topishiga yordam beradi.
Bu o’rinda pedagogning bolalarga ta`lim va tarbiya berishning eng samarali shakllarini ularning psixologik - fiziologik xususiyatlarini hisobga olib tanlay bilishiga, bolalarning mustaqillik darajalariga, pedagogning ayrim bola, beradigan yordami xarakteriga alohida e`tibor qiladi. Masala tayyor bo’lganiqan so’ng tarbiyachi, uslubchi yoki maktabgacha ta`lim muassasasining mudiri tajribaning mohiyati, tarbiyachi qo’llayotgan ish metod va usullarining pedagogik qimmati haqida og’zaki axborot beradi, ularning ishning boshqa metodlariga nisbatan afzalliklarini tushuntiradi, tarbiyachi o’z ishida duch keladigan, hal etilmagan masalalar, qiyinchiliklarni sanab o’tadi. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishning keyingi bosqichi uning afzalliklarini amalda ko’rsatishdir. SHundan so’ng amaliy tavsiyalar, xotiranomalarga ishlov beriladi. Joriy qilish faqat ilg’or tajribani bilishnigina emas, balki yangicha ishlay bilishni xam talab qiladi, bu esa o’zidan-o’zi bo’lmaydi, tarbiyachilarga pedagogik texnologiyani o’rgatish lozim. SHu maqsadda maktabgacha ta`lim muassasasida seminarlar, seminar - mashg’ulotlar, ko’rgazmalar, murabbiychilik tashkil qilinadi. Uslubchi pedagoglarni novatorlik tajribasidan ijodiy foydalanishga yo’llaydi va uni amaliy ruyobga chiqarishda yordam beradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari ishida metodik ishning pedagoglar jamoasa metodik o’quvining nazariy seminarlar va ayniqsa, turli eng dolzarb 92 muammolari bo’yicha seminar - mashg’ulotlar kabi shakllari keng tarqalgan.
Masalan, «Ilk yoshdagi bolalarni o’stirish va tarbiyalashning dolzarb muammolari» seminarida tarbiyachilar bolalarning jismoniy va psixik rivojlanishlarini medik - pedagogik nazorat qilish tajribasi bilan o’rtoqlashadilar, ilk yoshdagi bolalar guruxlaridagi ishni rejalashtirish, mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi, madaniy - gigienik malakalarni tarkib toptirish malakalarini egallaydilar, zaif, rivojlanishda vaqtincha orqada qolgan bolalar bilan ishlash xususiyatlarini o’zlashtiradilar. Yoki «Maktabgacha ta`lim muassasasi kun tartibida bolalar harakat faolligi» seminar - mashg’uloti jarayonida tarbiyachilar asosiy harakatlarni qomatni yaxshilovchi gimnastika elementlaridan foydalanib bajarishning malaka va ko’nikmalarini egallaydilar; sport element-lari kiritilgan o’yinlar texnikasini, xronometraj qilish, bolalarning sayr vaqtidagi harakat faoliyatlarini rejalashtirishni o’zlashtiradilar. Yoki «Maktabgacha ta`lim muassasasidagi mashg’ulotlarga maktab islohoti nuqtai nazaridan qo’yiladigan zamonaviy talablar» seminar - mashg’uloti. Metodik ishning bu shakli orqali uslubchi dasto’rning eng qiyin mavzularining ilgarilovchi ishlanmalarini sinab ko’radi
Seminar - mashg’ulotlar ilg’or tarbiyachilarning ishlarini amaliy ko’rsatish bilan xarakterlanadi. Bo’lar ishning kerakli usul va metodlarini ko’rilgandan keyingi tahlili hamda muhokamasi bilan ishonarli va aniq ko’rsatish imkonini beradi. Metodik o’qishning bu shakli shuningdek bolalarning ishtirokisiz ishning u yoki bu metodlariga ishlov berilishini ham nazarda tutadi. Uslubchi yoki tarbiyachi ishning bu usullarini tarbiyachilar seminar - mashg’ulot qatnashchilari xarakatlarini boshqarib ko’rsatadi.


Download 62.08 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 62.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari

Download 62.08 Kb.