II – BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI




Download 62.08 Kb.
bet4/6
Sana02.04.2024
Hajmi62.08 Kb.
#185808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BUYUK SIYMOLAR BILAN TANISHTIRISH USULLARI
Leksik ma’no va tushuncha munosabati, Yakobinchilarning mafkurasining radikal demokratik mazmuni., J.Viko tarixiy konsepsiyasi, ANDIJON VILOYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI kurs ishi, Axloqiy tarbiya deganda nimani tushunasiz, Aerodrom qoplamalarini hisoblashda zamonaviy dasturlardan foydalanish, Koʻkrak qafasi noʻrmada va patalogiyada tuzilishi, O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY, Yo’lning landshaft bilan uyg’unlashuv qonuniyatlari, press, Davlat va nodavlat maktabgacha ta\'lim muassasalarining o\'ziga xo-fayllar.org, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING BOLA SOG’LOM RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI
II – BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirish ahamiyati
Mustaqil O’zbekistonda milliy tarbiya tizimi bu o’zbek xalqining o’ziga xos milliy madaniy fe’l-atvori, axloq qoidalariga va milliy mustaqillikni mustahkamlashning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, xalq hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog’liq, yangi, hech kimdan kam bo’lmagan barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik jarayonidir. Milliy tarbiya O’zbekistonda ilmiy-pedagogik atama sifatida milliy mustaqillik bergan imkoniyat orqali yangidan ko’tarilib qo’llanilayotgan bo’lsa-da, u azal-azaldan goh oshkora, goh pinhona tarzda bo’lsin, xalqimiz turmushida bardavom edi. Chunki o’zbek xalqining tarixi — o’zbekchilikka asoslangan milliy tarbiyaning tarixi hamdir.
Milliy-tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyoj hamdir. Sobiq sho’rolar davrida ijtimoiy ongda «zamonaviylik — milliylik» tushunchalari orasida «tsivilizatsiya — ekzotika» shaklidagi sun’iy antiteza hosil qilindi. Natijada milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib etkazuvchi jarayon — milliy tarbiyaning tobora zaiflashuvi yuzaga keldi. Mafkuraviy maqsadlar ostida rang-barang milliy qadriyatlarni o’zaro aloqada yuksaltirish emas, balki bir xillashtirish harakati rag’batlantirildi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmasligi, hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’layotganligini ta’kidlab o’tgan edi. «Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi mazmunini xalqqa, yoshlar tarbiyasi jarayoniga olib kirish bugungi kunning dolzarb masalasi qilib qo’yildi. Yoshlar ongida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, ularni milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga etkazish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotining sivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g’oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgach Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’zbek xalqi o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo’ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug’ildi. Buning uchun bizga yot va begona g’oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga etkazish, bu yo’lda g’oyaviy, mafkuraviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi.
Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g’oya»dan voz kechildi. O’zbekiston xalqi o’z milliy g’oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo’lini tanladi. Buning o’ziga xos sabablari mavjud bo’lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:
1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o’ziga xos yo’lni tanlash huquqiga ega bo’ldi. Bu xalqimizning ma’naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.
2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g’oya»si o’zbek xalqini ma’naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma’naviyatidan begonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo’lish ehtiyoji paydo bo’ldi.
3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma’naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma’naviy g’oyalarida aks etgan bo’lib, milliy istiqlol g’oyani o’rganish zaruriyatga aylandi.
4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g’oyalar hukmronlik qilib kelgan bo’lib, g’oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g’oya bilan g’oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganish lozim.
5. Shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g’oya ekanligiga qarab baho beriladi.
6. Ayrim g’oyalar ma’lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o’z g’oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g’oyalardan ogoh bo’lish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganmoq kerak.
7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar ekan, ayrim yot g’oyalar yoshlarni o’ziga rom qilib o’z shaxsiy manfaat yo’lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g’oyasini o’rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g’oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.
2001-yil 18-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi qabul qilindi1.
Shuningdek, 2006-yil 25-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»2 Qarori, 2017-yil 28-iyulda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”gi PQ-3160-son Qarori qabul qilindi.
Milliy davlatchilik, mustaqillikni mustahkamlashning pedagogik kafolatini ham aynan shu yo’l — milliy-istiqloliy tarbiya g’oyasi ta’minlashga qodir. Chunki milliy tarbiya, jadid bobolarimiz idrok etganidek, ta’lim va tarbiyani boshqa sivilizatsiyalarga (ular o’z sharoiti uchun har qancha ilg’or sanalmasin!) moslashtirish emas, balki dunyodagi ilg’or sivilizatsiyani o’rganib, uni milliy madaniyatga xizmat ettirish, ta’lim va tarbiyani yangi sharoitda, mustaqillikni mustahkamlash talablari bilan boyitib, amalga tatbiq etishdir.
«Milliy tarbiya» tushunchasi ko’p qirrali tushunchadir. Uning: milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy faoliyat;umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va mos betakror shakli; xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va rivojlantirish (YUNESKO tamoyili) vositasi; O’zbekiston O’zbekistonda umumfuqaroviy totuvlikka erishishning insonparvarona yo’li va vositasi; ijtimoiy tarbiya va maktab tarbiyasi uyg’unligining pedagogik sharti; insoniyatni umumbashariy uyg’unlikka olib borishning pedagogik yo’li; ijtimoiy-ma’naviy jabhada milliy havfsizlikni ta’minlashning strategik ob’ekti va vositasi; o’quvchilarda milliy (avto va getero) stereotiplarni maqsadli shakllantirish, ma’naviy boyitish jarayoni ekanli shundan dalolat beradi.
Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil xamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi. Shaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’ligi biologik omilga bog’liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e’tibor bermoqda. Har bir bola insonlarga xos tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan odam bolasi tug’ilgandan so’ng unda shaxs bo’lib shakllanishi, yetuk inson bo’lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo’ladi. Bola o’zining avlod-ajdodlaridan ko’pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, xatto ayrim kasalliklar xam nasldan naslga o’tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan, sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odatlar alohida o’rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o’ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo’ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog’liq.
“An’ana” - tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq an’analari - uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy - ijodiy faoliyati asosida, atrof - muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog’liq holda avloddan-avlodga o’tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o’ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylangan.
Urf - odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq -atvor qoidalari ko’nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan habar olish, qo’ni- qo’shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o’zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o’z-o’zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-harakati, xulq -atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Marosim - inson hayotidagi muhim voqyealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan, tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. Masalan: ism qo’yish, nikohdan o’tish, dafn qilish, xotiralash, urug’ qadash marosimlari.
Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealarni rasmiylashtiradi. Marosimlarni o’tkazishda avloddan-avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi.
Marosimga bo’layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlarcha qiriladi. Odamlar kimningdir g’ami yoki quvonchiga sherik bo’lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o’ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi bo’ladi. Inson hayotida bo’lib o’tayotgan muhim voqyealarni nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim ham mujassamlashadi. An’ana”, “urf-odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog’li q hodisa sanaladi. Shu bois an’analarning tarqibiy qismi urf-odat, urf-odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bo’lishi mumkin.
Eng qadimiy odamlarning turmushi bilan bog’liq an’analar: to’da bo’lib yashash udumlari; sardorlik, oqsoqolik uchun olishuvlar; bolalikdan o’spirinlikga; o’spirinliklan erkaklikga o’tish marosimlari; turli ko’rinishli dafn odatlari; qurbonlik marosimlari oila va to’y marosimlarining poydevori bo’lgan pomgam, egzogam, monogam odatlari kabilar ibtidoiy jamoa taraqqiyotida jiddiy rol o’ynagan. Ular ibtidoiy odamlarning mashaqqatli hayotida erishilgan tajribalarni asrash va ko’paytirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Qadimiy odatlarni o’rganishda “Avesto” kitobi eng qadimiy manbalardan biri hisoblanadi. Zardushtiylik diniga xos odatlar hozirgi paytgacha ham saqlanib qolgan. Ular ichida eng kattasi Navro’z bayramidir. Kasallikni oldini olish yoki undan saqlanish uchun isiriq tutatish, tongda xovlini tozalash, yuvinish, o’choqga olov yoqish kabilar zardushtiylardan o’tib kelayotgan odatdir.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlarini, axloq odobini o’rganishga bag’ishlagan ekan. O’sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o’rganibdi. Yurtiga borib: “Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o’rgangan bilimlarimni 15 yoshli o’zbek qizalog’ining, o’rnidan turib, qo’lini ko’ksiga qo’ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga almashtirishga rozi edim”- degan edi. Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga yetkazish siz-u bizning qo’limizdadir. Ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi asrlar davomida o’ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo’ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o’tib keladi.
Kadrlar ma’naviy tarbiyasi keng qamrovli tushunchadir. Yosh avlod muqarrar ravishda yangi asoslarga o‘tayotgan davlatimiz, jamiyatimiz boshqaruvi tepasiga keladi. Ular biz boshlagan ulkan ishlarini davom ettiradilar. O‘zbekistonning buyuk davlatlar qatoriga kirishi, kelajagi obod va farovon bo‘lishi, huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati maydonga kelishi ko‘p jihatdan yoshlar tarbiyasiga bog‘liq.
Har bir mamlakatning o’ziga hos tarbiyaviy tizimi uning mustaqillik, milliy taraqqiyot yo’lining pedagogik in’ikosidir. O’tgan asrning oxiri va XXI asr boshlarida MDH mamlakatlari ham, jahonning sobiq mustamlaka mamlakatlari ham o’z taqdirlarida ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotning uch yo’liga duch keldilar. Dunyoviy tajriba bu yo’llarni quyidagicha ta’riflaydi:

  • milliy fundamentalizm — o’tmishdagidek yashash;

  • milliy modernizm — milliy zamonaviylashuv;

  • milliy reformizm - boshqacha (masalan, ovrupocha, amerikacha...) shakl va mazmun kasb etish.

Milliy-zamoniylashuv yo’lidan borish BMTning teng huquqli a’zosi — O’zbekistonning «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da «Har bir kishining ona tilidan foydalanish, ona tilida ta’lim olish, milliy madaniyatni saqlab qolish va rivojlantirish huquqi ta’minlanadi», — deb ta’kidlangan 4-moddasini amalda tatbiq etishga kirishganligidan ham dalolat beradi. YUNESKO amaliy tamoyillarida «o’z madaniyatiga ega bo’lmagan xalq yo’q; har bir madaniyat hurmat qilinishi va saqlab qolinishi kerak bo’lgan qadr-qiymatga ega; o’z madaniyatini rivojlantirish har bir xalqning huquqi va burchidir» deyiladi. Demak, qo’lga kiritilgan mustaqillik barcha millatlar kabi o’zbek xalqiga ham milliy o’zlik, ahloq, ma’naviyatni tiklash huquqini, imkoniyatini berdi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi, bizningcha, shu tarixiy imkoniyatdagi yosh avlodni tarbiyalashda qanchalik samarali foydalana olishimizga bog’liq.
O’zbekistonda milliy madaniyatlarni tiklash, ravnaq toptirish yo’lida milliy-madaniy markazlar tashkil etilganligi, bu markazlar faoliyati matbuot, radio va televidenieda keng yoritilayotganligi va boshqa ko’plab misollar mustaqil O’zbekiston milliy munosabatlarini takomillashtirishning’ yangi—milliylikni tiklash, boyitish orqali umummilliy va umuminsoniy totuvlikka erishish yo’lini tanlaganini ko’rsatadi.

Download 62.08 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 62.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II – BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI

Download 62.08 Kb.