Maktab yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari




Download 62.08 Kb.
bet5/6
Sana02.04.2024
Hajmi62.08 Kb.
#185808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BUYUK SIYMOLAR BILAN TANISHTIRISH USULLARI
Leksik ma’no va tushuncha munosabati, Yakobinchilarning mafkurasining radikal demokratik mazmuni., J.Viko tarixiy konsepsiyasi, ANDIJON VILOYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI kurs ishi, Axloqiy tarbiya deganda nimani tushunasiz, Aerodrom qoplamalarini hisoblashda zamonaviy dasturlardan foydalanish, Koʻkrak qafasi noʻrmada va patalogiyada tuzilishi, O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY, Yo’lning landshaft bilan uyg’unlashuv qonuniyatlari, press, Davlat va nodavlat maktabgacha ta\'lim muassasalarining o\'ziga xo-fayllar.org, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING BOLA SOG’LOM RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI
2.2 Maktab yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma‟naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o’zlikni anglash g’oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko’rinishidagi yot g’oyalargaqarshi immunitetni mustahkamlash hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi davr, ya‟ni “ milliy o’zlik”ni anglashning o’sib borayotgan yosh avlodda ayniqsa, maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida shakllanib borayotgan milliy tuyg’ularni yanada o’stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari xalqning boy ma‟naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini joriy qilishni taqozo qiladi.
Milliy g’urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg’usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo’lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo’lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e‟zozlash kuchaysa, har bir inson o’z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o’zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an‟analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo’lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo’ladi. Mustaqillik milliy g‟urur, vatanga, yurtga muhabbat, fidoiylik, mehr – shafqat, oqibat, ota – onaga hurmat tuyg’ularini kamol toptirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Mehr – shafqat, oqibat, o’zbekona hislat, hayot mazmuni. Dunyodagi xalqlar orasida aynan shu millatning borligi, mavjudligi, betakrorligi “ Ko`hna tarix shodasida bitta marjon o’zbegim” (E.Vohidov) sifatida zohirligi har qanday kishi uchun ahamiyatga ega bo’lishi tabiiy.
Millatni milliy qadriyatlarning obyekti va subyekti sifatida tushunish, u bilan bog‟liq milliy qadriyatlar tizimini ilmiy tahlil qilish, millatning o’zini ijtimoiy qadriyat sifatida qarash imkonini beradi. Bu esa milliy qadriyatlarning namoyon bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayonida o’tmishdan kelajakka tomon harakatini tahlil qilishga imkon yaratadi. Milliy qadriyatlar:

  • kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta‟minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, turli shakllarda namoyon bo’ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o’ziga xos tarzda ta‟sir qiladi;

  • kishilarning o’zaro munosabalarida, ijtimoiy faoliyatlarida ko’zga tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun ma‟naviy asos bo’ladi;

moddiy, ma‟naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishlari, kishilar uchun zaruriyat sifatida o’ziga xos ahamiyat kasb etishlari, ularga foyda keltirishlari ham mumkin. Milliy tuyg’u shaxsda quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

  • millatning yutuqlar, obro’-e‟tibori bilan faxrlanish, ularning muammolariga befarq qarab turmaslik;

  • o’z eli, millatiga jonkuyar, o’z millatining moddiy-ma‟naviy me‟rosini asrab-avaylash;

O’zbek xalqining g’ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm- rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an‟analar mavjud. Jumladan, o’zbek xonadonlarida ota nomi mag’rur va ulug’ shaxs sifatida e‟tirof etiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, ya‟ni farzandlarimizning o’z yurtiga mehr-muhabbatli bo’lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota- ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O’zbekiston fuqarosi g’urur va iftixor bilan yashaydi va uning me‟yoriga amal qiladi. Bolalar qalbida o’z xalqiga muhabbat va hurmat tuyg’ularini tarkib toptirish, milliy g’ururni tarbiyalash, ularga o’zbek xalqining mehr-oqibatli, mehmondo’st, mehnatsevar va kamtarin ekanligini singdirish, O’zbekistonning mustaqilligi, madhiyasi, gerbi va bayrog’i haqidagi bilimlarni shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg’uni shakllantirish maqsadida o’tilayotgan mashg’ulotlar mavzulari bolaning har tomonlama rivojlanishiga, yuksak odob- axloqli, milliy g’ururli komil inson bo’lib tarbiyalashiga yordam bermog’i lozim.
Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarda milliy g’ururni shakllantirishda nafaqat maktabgacha ta‟lim tashkilotlari, balki oilaning ham mavjud holatini o’rganish muhim ahamiyatni kasb etadi. Chunki, bolalarning bo’sh vaqti, asosan, uyda, oilada davrasida o’tadi. Buni hisobga olmaslik, yosh avlod tarbiyasida ota- onaning burchi va vazifalari haqida yanada chuqurroq o’ylamasak xato bo’ladi. Oila tarbiyasida doimiy ta‟sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a‟zolarining o’zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta‟sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a‟zolarining o’zaro munosabatlari samimiy bo’lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo’ladi.
Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy g’urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun:
-milliy g’urur, urf-odat va an‟analarimizni maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish; maktabgacha ta‟lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg’ularni shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish;

  • umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma‟naviy va ma‟rifiy tadbirlarni ko’paytirish zarur.

Maktabgacha ta‟lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg’ularni shakllantirishning shakl va metodlari:

  1. Bolalarni xalq og’zaki ijodi bilan tanishtirish.

Maqsad: Vatan tuyg’usini bolalarga ona allasi, bobolar o’giti oila tarbiyasi bilan singdirish.

  1. Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo’lsinlar, ota-bobolardan faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg’usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.

  2. Navoiyxonlik haftasi rejasini tuzish. Maqsad: bolalar qalbini Navoiy ijodi bilan sug’orish. Bolalarning ma‟naviy qadriyatlarini rivojlantirish.

  3. Konstitutsiya saboqlari bilan tanishtirish. Maqsad: Axloq va huquqiy tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-axloq, meyorlariga qat‟iy amal qilish ko’nikmasini hosil qilishdir. Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san‟at namunalari, milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida ma‟lumot berish.

  4. Ma‟naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma‟lumot berish.

Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg’ularni shakllantirishda xalq og’zaki ijodining marosim qo’shiqlari ham alohida o’rin tutadi. Marosim qo’shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, axloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi.
G’urur deganda, ko‘z o‘ngimizda hak va haqiqat gavdalanadi. Bobolarimizning hammasi g‘ururli zotlar bo‘lganlar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Ulug‘bek, Aliisher Navoiy, Boburlar o‘z g‘ururlarini minordek tutishgan. Shunday ekan, bugungi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bobolari merosiga sodiq qolib, ular yaratgan odob-ahlok meyorlariga sodiq bo‘lishi lozim. G’ururli bo‘lish, birinchi navbatda, xalq manfaatini yoqlash, elga foyda keltirish.
Xalqimiz o‘z hayoti, turmush tarzida eng olijanob g‘oyalarni mujassam etgan ahlok-odob qoidalariga, ma’naviy qadriyatlarga tayanib kelgan. Shunday ilg‘or g‘oyalar tufayli elimizda adolat, rostgo‘ylik, halollik, pokizalik, birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, nogironlarga mehrli bo‘lish, odamiylik, qardoshlik, vatanparvarlik, shirinsuxanlik va boshka insoniy fazilatlar rivoj topgan.
O‘zbek xalqining g‘ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm- rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an’analar mavjud. Jumladan, o‘zbek xonadonlarida ota nomi mag‘rur va ulug‘ shaxs sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ya’ni farzandlarimizning o‘z yurtiga mehr-muhabbatli bo‘lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota- ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O‘zbekiston fuqarosi g‘urur va iftixor bilan yashaydi va uning meyoriga amal qiladi.
Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odatlar alohida hrin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o’ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo’ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog’liq.
“An’ana” - tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq an’analari - uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy - ijodiy faoliyati asosida, atrof - muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog’liq holda avloddan-avlodga o’tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o’ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylangan.
Urf - odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq -atvor qoidalari ko’nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-
xovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo’ni- qo’shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o’zbek xalq iga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.
Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o’z-o’zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos xodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-harakati, xulq -atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Milliy urf-odatlar, an’analar tarixiy-ijtimoiy kategoriya bo’lib, ular muayyan millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida avloddan avlodga o’tib kelgan ishlab chiqarish, tirikchilik, maishat, xulk-atvor va boshqalarda o’ziga xoslikka ega bo’lib, rasm-rusumga aylangan munosabatlardir. Urf-odatlar asrlar davomida yashab, kishilarning axloqiy normalariga aylangan xolda, ularning qon-qoniga, hatti-harakatiga, kundalik turmush shakllariga singib ketadi. Inson bolasi yoshligidan yaxshi yomon odatlarning qaysinisiga ko’nikib, o’rganib qolgan bo’lsa, bu odat uni bir umr tark etmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «Yoshlikda o’rgangan hunar, o’zingga o’ljaga qolar» kabi makollar bor. Quyida tarbiyaviy axamiyatga ega xalq udumlari, urf-odatlaridan ayrimlari ustida fikr yuritamiz.
Islom dini ta’limotiga ko’ra farzand ko’rgan ota-ona zimmasiga quyidagi vazifalari yuklatiladi: tug’ilgan bola qulog’iga azon ayttirish, unga munosib ism qo’yish, jonlik suyib aqiqa qilish, o’gil bo’lsa qo’lini halollash, axloq-odob, ilm-hunarga o’rgatish, bo’yga yetganda munosibiga uylash, uzatish-boshini ikkita qilib qo’yish kabilardir. Odatga ko’ra ota-bobolarimiz tavallud topgan bolaning qulog’iga birinchi navbatda bir mulla chakirib azon ayttirganlar. Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino go’dak chillasi to’g’risida ming yil burun aytib ketgan fikrlar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Tavallud topgan chaqaloq to’ngich farzand bo’lsa, bozordan beshik sotib olinadi. Odatda beshikni kelinning ota-onasi olib kelishadi. Ikkinchi yoki navbatdagi farzand tug’ilgan bo’lsa, opa-ukasining beshigiga belanadi. Mustahkam, qulay, xosiyatli bitta beshik bir oiladagi farzandnigina emas, uch-turt avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishi mumkin. O’zbekiston, tojiklarda bobosi, otasi yotgan beshikda parvarish topgan bolalar bor.
Yosh onalar ixlos ko’yib, mana shunday xosiyatli, ko’hna beshiklarda o’z chaqaloqlarni boqishni afzal ko’radilar. O’zbek shuning uchun beshikni mukaddas bilib, uni hech qachon chaqalog’i bo’lmasa ham tashlab yubormaydi. Hamisha o’zi, oilasi bilan birga olib yuradi. Beshik bor joyda bola bo’ladi. Bola bor joyda alla aytilishi tabiiy. Onalar qadimda o’z bolalari beshigi tepasida kechasi bo’lsin, kunduzi bo’lsin, alla aytib kelishgan. Allarda xalq turmushning juda ko’p qirralar o’z in’ikosini topgan. Alla o’z oxang bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi. Go’dakni xotirjam qiladi, elitadi, orom olib uxlashiga imkon beradi. Allalarga onalar o’z xis-tuyg’ulari, orzu-armonlari, istak-niyatlarni, dard-xasratlarini ham qo’shib aytganlar. Alla tarbiyaviy, didaktik, an’anaviy ijod namunalaridan iborat bo’lgan.

XULOSA

Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol axtaradi, komillikka intilib, ruxiy najot yolini qidiradi. Shu orzu-intilish samarasi o’laroq, ma’naviyat bobida bekiyos kashfiyotlar qilingan. Komil inson haqidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga yetishini ko’zda tutadi. Komillik bu – insonning Yerda qilgan hamma ishlari ma’naviy e’tiqod bilan sug’orilishidir.O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asarlar daavomida aql-u zakovatga, qomusiy bilim va qobiliyatga ega bo’lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayxon Beruniy va Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Al-Xorazmiy, Amir Temur va Ulugbek, Alisher Navoiy va Bobur, Ogaxiy kabi komil insonlar yetishib chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo xurriyat va erk sari intildi.


Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Qur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg’ambar alayxissalom hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning manbai bulib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, xatto mayda jixatlarigacha qamrab olgan. U go’daklarni emizishdan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, ko’cha-ko’yda, kattalar qoshida o’zini qanday tutish lozimligigacha barcha jixatlarni o’z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniqsa, ota-onani hurmatlash ruxida tarbiyalashni shart qilib qo’ygan.
Janobi Rasulullox hadislarida: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axlok-odobini ham yaxshilanganlar!», «Xech bir ota o’z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi», deyilgan. Yana bir hadisda esa: «Mo’min kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir», deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar va o’z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bo’lishi uchun kurashganlar. Yoshlarni tarbiyalashda «Mening bolam», «Sening bolang» deb ajratishmagan. Tarbiya berish xammaning vijdoniy burchi deb qaralgan.
Inson komilikka intilar ekan, zinxor bu intilishning oxiriga yeta olmaydi. Shu bois, men komilman, kamolatga erishdim, degan odam xato qiladi. Inson o’z faoliyati mobaynida, nuqson va kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Ammo shu nuqson-u kamchiliklarni tushunib, tuzatib ularni takrorlamaslikka harakat qiladigan kishi barkamol insondir. Bu haqida Alisher Navoiy shunday degan:
Nokis uldirkim, uzin komil degay,
Komil ulkim, nuksin isbot aylagay.
Inson kamolotiga chek-chegara yo’q. Muttasil kamolat sari intilmoq – taraqqiyot boisidir.Kishi umrini baland ximmat bilan boyitmog’i shart. Yuksak maqsadlar sari intilmoq, insoniyatga naf yetkazib yashashni hayotning mazmuni deb bilmoq ximmat balandlikdan nishonadir. Alisher Navoiy bu xususda bunday degan:
Birovkim, anga ximmat uldi baland,
Erur olam axli aro arjumand
Ani, anga mufliski yuk ximmati,
Chu yuk ximmati, yuk aning xurmati.
O’tmish ma’naviy merosimiz komil inson g’oyasi bilan charog’on. Xazrat Alisher Navoiy dostonlarining har biri komillikning o’ziga xos mezonidir. Inson koinotdagi barcha mavjudotlar ichida hammadan ulug’i hisoblanadi. Uning kamolati oldida aql xayron qoladi, chunki, inson haqiqat haqida chuqur o’ylaydi. Kamolat yo’liga chiqish uchun u asta-sekin o’zligini izlaydi, olimni tanlaydi. Alisher Navoiy «kamol et kasbkim» deya da’vat qilganlarida komillik uchun zarur juda ko’p xususiyatlarni nazarda tutgan. Kishi o’zini xirs-ta’ma, nafs, g’aflat, nodonlik singari mayllardan poklamsa, xech payt komil bo’la olmaydi. «Olam uyi»da yashash – uning fuqarosiga aylanishdir. Alisher Navoiy insonning jahon farzandi mavqeiga ko’tarilishini xohlagan. Xuddi shu mavqeni esa kamolatning oliy chuqqisi deb bilgan. Aql-zakovatning kamoli o’qish, o’rganish, taxlil etish, idora kilish, e’tiqod qo’yish, hayot tajribasini egallash bilan ro’yobga chiqadi. Yosh niholning basavlat daraxtga aylanishi parvarishga bog’liq bo’lganidek, odam bolasining komil inson bulib yetishishi uchun uni murg’aklikdan tarbiyalashga e’tibor berib borish lozim.Inson bolasi yoshligidan yaxshi yomon odatlarning qaysinisiga ko’nikib, o’rganib qolgan bo’lsa, bu odat uni bir umr tark etmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «Yoshlikda o’rgangan hunar, o’zingga o’ljaga qolar» kabi maqollar bor.


Download 62.08 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 62.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktab yoshdagi bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati va vazifalari

Download 62.08 Kb.