Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/76
Sana04.02.2024
Hajmi1,69 Mb.
#151182
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)
3-mavzu, 13138, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi, Usmoniy GPYu 3-ish, 1 Хафта мен ва менинг уйим кичик гурух ишланма, domashnie zhivotnye, BBI-71 guruh talabasi To\'xtamishov Hasan, M1 TD, Introduction-to-Bluetooth-Security(1), SSL protokollari


Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini 
tasdiqlash toʻgʻrisida 
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar 
Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash 
toʻgʻrisida”gi 802-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuritilayotgan ish 
hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi masʼuliyatini oshirish maqsadida,
BUYURAMAN:
1. 
Quyidagilar:Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari roʻyxati 
1-ilovaga muvofiq; 
Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining 
ish hujjatlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq; 
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritilishi boʻyicha qoʻllanma 3-
ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
2. 
Belgilab qoʻyilsinki, tasdiqlanayotgan pedagoglarining ish hujjatlari maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarida 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab yuritiladi. 
3. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar hamda 
viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi 
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan ishlab chiqilgan 
mazkur roʻyxat va qoʻllanmani barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish; barcha tashkilotlarda 
pedagoglarning ish hujjatlari mazkur roʻyxat va qoʻllanma asosida qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash choralarini 
koʻrish vazifalari yuklatilsin. 
4. 
Axborot-tahlil va ijro intizomi boʻlimi (A.Odilov) ushbu buyruqni Maktabgacha taʼlim agentligi 
markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga, Toshkent shahar hamda viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi 
boshqarmalariga, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish institutiga va Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markaziga yetkazilishini taʼminlasin. 
5. 
Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan, Oʻzbekistan Respublikasi maktabgacha taʼlim 
vazirining 2019-yil 30-avgustdagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari 
toʻgʻrisida”gi 
155-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. 
6. 
Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish direktor oʻrinbosari O.Raxmatillayev zimmasiga 
yuklatilsin. 

Download 1,69 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish