61
Dushanba
Seshanba
Chorshanba
Payshanba
Juma
Til oʻqituvchisining ish rejasi yillik va kundalik ish rejasini rejalashtirish oʻquv dasturi asosida bola yoshini inobatga
olgan holda oʻquv yili uchun quyidagi koʻrinishda tuziladi;
Namuna
“Tasdiqlayman”
25-MTT direktori
D.Maxmudova
“ “ avgust 2023-yil
Til oʻqituvchisi faoliyatining 2023-2024 oʻquv yili uchun mavzuli rejasi
№
Mavzu
sana
Kundalik mashgʻulotlar ish rejasi yillik ish rejadagi mavzular asosida faoliyat ishlanmasi tarzida tuziladi, MTT
direktori yoki metodist tomonidan koʻrib chiqib tasdiqlanadi.
11 – Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti
tarbiyachisi
11-01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari. “Ilm
yoʻli” variativ dasturi, “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi, 2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan oʻquv dasturi.
11-02. Bolalar davomatini qayd etish daftari, (tabel, filtr va ota-onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar):
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlib, ular bolalarni qabul qilish va
qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi. Daftarda otaonalar haqidagi maʼlumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar umumiy
bitta boʻlishi yoki 3 ta daftar alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 11-02 raqami qoʻyiladi.
Daftarlarning yuritilish tartibi ommaviy turdagi MTT tarbiyachilari tomonidan yuritilishiga oʻxshab tuziladi (05-03ga qaralsin).