Malakali ishlovchilar ko`paytirish




Download 64.14 Kb.
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi64.14 Kb.
#36950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
(14)Ishchi kuchi mobilligining ortishi global shakllanishi va ularning xususiyatlari
InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008, AMALIY SAN\'ATDA NAQQOSHLIKNING ISHLATILISH SOHALARI VA TURLARI XIL AMALIY SAN\'AT ASARLARIGA NAQOSH BAJARISH USLUBLARIDAGI FARQI, avtotransport vositalarida yuk tashish va avtotransport logistikasi, Asadbek Isaqov, Kurs ishi mavzu Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fon, 8-mavzu, c.p poem (2), 2-dars-Конденсаторлар
3. Malakali ishlovchilar ko`paytirish
Malaka — 1) psixologiyada — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni ba~ jarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish gʻayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga eʼtibor kamayadi. Harakatning qisman gʻayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat uzgarishlari yuz beradi. Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari oʻzgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli boʻladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi. Buning natijasida topshiriq ravon, ortiqcha kuch sarflamay, tez va sifatli bajarila boradi. Mas, tajribali mashinkada yozuvchi klavishlarga karamasdan yozaveradi. M. hosil kilish tezligi uning murakkablik darajasi, kishining yoshi, individual xususiyati, bilimi va boshqa omillarga bogʻliq. Kishidagi M., koʻpincha, boshqa M. hosil boʻlishida yordam beradi. Mas, avtomobil haydashni yaxshi bilgan kishi traktor va boshqa mashinalarni haydashni ham osonlik bilan oʻrganadi. Bunday holat M.ning koʻchishi de-yiladi. Baʼzi hollarda esa mavjud M. boshqa M.lar hosil boʻlishiga xalaqit beradi. Bu M.ning interferensiyasi deyiladi. Uzoq mashq qilmaslik va organizmning normal boʻlmagan holatlari (kasallik, qattiq charchash, hayajonlanish va boshqalar)da M. yoʻqolishi mumkin. Bu sabablar bartaraf etilishi bilan M. yana tiklanadi; 2) M. HUQU QDa — ishni bajarish uchun qanday kasb qay saviyada egallaganligini koʻrsatuvchi daraja. Mehnat krnunchiligida ish M.si va ayrim xodimlar M.si degan turlarga boʻlinadi. Odatda, xodimlarning M.siga qarab ularga biror tarif razryadi beriladi. Tarif razryadi xodimning muayyan ish turiga layoqatli ekanligini tasdiklaydi. Davlat korxonalari, tashkilotlari va mu-assasalarida tarif stavkalari va mansab maoshlarini belgilashda M. razryadi muhim ahamiyatga ega. Mac, ishbay ishlovchi xodimlarning mehnatiga ish M.si boʻyicha, yaʼni shu ish uchun uning murakkabligini hisobga olib belgilangan baholar boʻyicha haq toʻlanadi. Ishbay ishlovchi xodim vaqtincha ish beruvchi tashabbusi bilan pastroq razryadli ishni bajarsa, u ish haqining av-valgi razryadi bilan bajarilgan ish razryadi oʻrtasidagi farqni olishga haklidir (Oʻzbekiston Respublikasi MK 95—modda).
Xodimlar M.si maxsus M. komissiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda xodimlarning muayyan bir ish turini bajarayotgandagi shaxsiy bilimlari va mahorati asosida razryad, kategoriya yoki diplom beriladi.[1]
Ishchilar — industrial jamiyatda mehnatga layoqatli aholining yollanib ishlovchi va jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh. XIX asr oʻrtalarida Yevropada sanoat rivojlanishi bilan dehqonlar va hunarmandlar hisobidan sanoat proletariati paydo boʻldi, ishchilarning kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalari shakllandi (qarang: Marksizm, Sotsializm). XX asrning ikkinchi yarmidan rivojlangan industrial mamlakatlarda fan-texnika progressi, xizmat koʻrsatish sohalarining oʻsishi va boshqalar natijasida ishchilar soni nisbatan qisqardi (iqtisodiy faol aholining 50% dan kam qismi), turmush darajasi, madaniy rivojlanishi va boshqalar boʻyicha ishchilar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar oʻrtasidagi qatʼiy chegaralar oʻzgardi; turli ijtimoiy-kasbiy qatlamlarni oʻz ichiga olgan ishchilarning oʻz tarkibi ham oʻzgardi. SSSR va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda ishchilar jamiyatning rahbar kuchi — gegemoni deb eʼlon qilingan edi, lekin totalitar tuzum davrida bu qatlam oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilishning real imkoniyatlaridan mahrum edi. 1980-yillar oxiridan bu mamlakatlarda ishchilar harakatining qayta tiklanishi jarayoni boshlandi.
Hozirgi davrda mehnat axdining asosiy qismi boʻlgan ishchilar oʻziga xos ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega, bu ularning yollanib ishlashi; xizmatchilardan farqli holda jismoniy mehnatni talab qiluvchi ishlar bilan shugullanishi va mehnatdan kelgan daromad sohibi boʻlishida koʻrinadi. Qaysi sektorda band boʻlishiga qarab industrial, agrar va xizmat koʻrsatish sohalaridagi ishchilarga, kasb mahoratiga qarab malakali va malakasiz ishchilarga, fuqaroligiga qarab milliy va kelgindi yoki migrant ishchilarga boʻlinadi.
Oʻzbekistonda milliy ishchilar XX asrning boshlarida xorij kapitaliga va mahalliy boylarga qarashli kichik korxonalarda yollanib ishlagan mardikorlar, chorakorlar, kambagʻal dehqonlar va ishi yurishmagan hunarmandlar hisobidan shakllana boshladi. Shoʻrolar davrida sanoatning rivojlanishi bilan ishchilar soni koʻpaydi, lekin bu jarayon, asosan, kelgindi ishchilar hisobiga yuz berdi. Milliy ishchilar agrar sohada band boʻlib, asosan, davlat xoʻjaliklari (sovxozlar) da ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin sanoatning rivojlanishi malakali milliy ishchi kadrlarga ehtiyojni kuchaytirdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasbhunar taʼlim tizimi orqali malakali ishchilar tayyorlashga alohida eʼtibor berilgan. Respublikada sanoatning rivojlanishiga qarab ishchilarning mehnatchilar tarkibidagi salmogʻi asta-sekin oshib bormoqda.[1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Samarqand hududiy filialida viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbar hamda xodimlari uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
– Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va akademiya hamkorligida o‘tkazilayotgan o‘quvdan asosiy maqsad – hudud darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan rahbar va xodimlarning bilim, malaka va ko‘nikmasini rivojlantirishdan iborat, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bosh inspektori R.Umarova. – Malaka oshirish kursi davomida mas’ul rahbarlarga 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tub o‘zgarishlar, inson kapitalini rivojlantirish, davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilayotgan tanlovlar jarayonida yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, mehnat munosabatlari haqida tushuncha berilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida vazirlik va idoralar, tashkilotlardan mas’ul mutaxassislar tomonidan ma’ruza hamda vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tinglovchilarning sohaga oid amaliy bilimlarini rivojlantirish maqsadida hududiy davlat organlari va tashkilotlaridan malakali amaliyotchi mutaxassislarni jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qaroriga muvofiq, shuningdek, kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarorining 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) huzurida Mehnat bozori tadqiqotlari instituti (keyingi o‘rinlarda — Mehnat instituti) tashkil etilganligi hamda uning asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Mehnat instituti huquqiy maqomini, asosiy vazifa va funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shu jumladan Mehnat instituti rahbariyati funksional majburiyatlarini, Mehnat instituti faoliyatini baholash mezonlari, uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi indikatorlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari (keyingi o‘rinlarda — Tarmoq kengashi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, uning tarkibini, shuningdek, Tarmoq kengashi majlislarini tashkil etish davriyligini nazarda tutuvchi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish tartibini, ularga qo‘yiladigan namunaviy talablarni, maqsad va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini hamda malakani baholash markazlarining namunaviy tuzilmasini nazarda tutuvchi Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tarmoqlararo mehnat me’yorlarini joriy etish bo‘yicha ishlanmalarni ishlab chiqish grafigi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlik bir oy muddatda:
Mehnat institutini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish;
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) Mehnat instituti binosini bosqichma-bosqich qayta ta’mirlash, shu jumladan, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, mebel, jihozlar, kompyuter va tashkiliy texnika vositalari sotib olish uchun zarur mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Mehnat institutining faoliyati Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Mehnat institutining rahbarlari va xodimlariga Vazirlik markaziy apparatining tegishli rahbar va xodimlariga belgilangan mehnatga haq to‘lash, mukofotlash, ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar belgilash va moddiy yordam berish shartlari tatbiq etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Mehnat institutining tuzilmasiga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
6. 2021-yil 23-iyul kuni Moskva shahrida Mehnat instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining “Butunrossiya mehnat ilmiy-tadqiqot instituti” Federal budjet muassasasi o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro faoliyat yuritish to‘g‘risida bitim imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mehnat instituti doimiy ravishda:
sohaga oid xorijiy yetakchi boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatib, birgalikda konferensiya, seminar, forum, simpoziumlar o‘tkazsin, ilmiy xodimlar malakasini oshirib borsin hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish uchun o‘zaro tadqiqotchi va ekspertlarni stajirovkalarga yuborsin va taklif qilsin;
xorijiy yetakchi boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlari bilan o‘zaro axborotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin hamda chet el ijobiy tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin;
mamlakatda kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalar milliy tizimi takomillashtirilishida hamda kasbiy standartlarning ishlab chiqilishida ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy hamjamiyat takliflari qo‘llanilishini ta’minlasin;
mehnatni me’yorlash masalalari bo‘yicha mehnat qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda ilg‘or xorijiy amaliyot va ilm-fan bilan uyg‘unlikni ta’minlab borsin;
respublika hududlarida mehnat bozorining tizimli monitoringini tashkil qilish, mehnat resurslari balansini ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, mehnat munosabatlarini va mehnat bozorini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil etsin;
respublikaning ayrim hududlarida ayollar (ayniqsa, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolganlar), yoshlar, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarining boshqa toifalari bandligi bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil etsin hamda yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida taklif kiritib borsin.
7. Vazirlik Mehnat instituti bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda:
mehnat bozorida dolzarb bo‘lgan kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma ishlab chiqsin. Bunda, Vazirlik tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida pedagogik jarayonni tashkil qilish, shu jumladan, xorij mehnat bozorida raqobatbardosh ishchi kasblarni tayyorlashga e’tibor qaratilsin;
mehnatni muhofaza qilish, xavfsiz ishlab chiqarishlarni joriy qilish, baxtsiz hodisalarni kamaytirish hamda jarohatlanishlarning oldini olish, ishsizlikdan sug‘urtalashning ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish borasida ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin;
b) 2021-yil 31-dekabrga qadar — zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasini ishlab chiqsin. Bunda, Mehnat institutining mehnat munosabatlarini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish uchun ijtimoiy standartlar va me’yorlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi nazarda tutilsin.
8. Mehnat instituti 2021-yil 31-dekabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin:
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimi monitoringini amalga oshirish ko‘rsatkichlari tizimi va metodikasini tasdiqlash;
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimining holati va rivojlanishi monitoringini amalga oshirish;
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimi ekspertlari reyestrini tuzish;
kasbiy faoliyatning tarmoqlararo turlari bo‘yicha tarmoq kengashlarining o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarining kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini hududiy mehnat va ta’lim bozorlari darajasida joriy qilish va takomillashtirish bo‘yicha faoliyatini baholashning ko‘rsatkich va indikatorlari ro‘yxatini shakllantirish.
9. Belgilansinki, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Mehnat instituti tomonidan quyidagilar shakllantiriladi va yuritiladi:
kompetensiyalarni baholash bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar registrini hamda tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestrini joriy etadi, yuritadi va rivojlantirishni tashkil etadi;
tasdiqlangan malakaga ega shaxslarni haqiqatda ushbu malakaga muvofiqligi darajasini o‘rganadi va tahlil qiladi;
sohadagi ilg‘or va ijobiy amaliyotlarni joriy qilgan holda, Mehnat bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil malaka baholashning ma’lumotlar bazasi;
malakalarning xalqaro miqyosda tan olinishini va o‘zaro taqqoslanilishini ta’minlagan holda, mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi.
10. Vazirlikning:
Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasidagi Davlat mehnat inspeksiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish, 2023-yil 1-yanvarga qadar tajribaning ijobiy yakunlari bo‘yicha Markaz faoliyatini respublika bo‘yicha tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyalar to‘g‘risida” 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasiga jamoa muzokaralarini o‘tkazishda Markaz tomonidan ko‘maklashish amaliyoti joriy etilishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
11. Vazirlik bir oy muddatda Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. Markazni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, shu jumladan, uning faoliyatini tashkil qilish maqsadida qo‘shimcha jalb qilingan mutaxassislar ish haqi xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin.
Belgilansinki, Markaz xodimlariga Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi markaziy apparati xodimlariga belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi, shuningdek, ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar qo‘llaniladi.
13. Mehnat instituti Toshkent shahar Olmazor tumani, Umid ko‘chasi, 16-uy manzilida joylashgan Kasb-hunarga o‘qitish markazi binosining 2 va 3-qavatlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.4

Download 64.14 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 64.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Malakali ishlovchilar ko`paytirish

Download 64.14 Kb.