Malakali va malakaga EGA bo`lmagan ishchi kuchi o`rtasida ish haqi darajasining differentsiatsiyasi mundarija: kirish I bob. Ish haqi tushunchasi va uning mohiyati




Download 70,27 Kb.
bet12/15
Sana21.02.2024
Hajmi70,27 Kb.
#160353
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Malakali va malakaga EGA bo`lmagan ishchi kuchi o`rtasida ish ha-fayllar.org

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy va majburiydir.
Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish va tashkil etishning muhim unsuri tarif tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar ish haqini tashkil qilishda foydalanishi uchun tavsiya etiladigan yagona tarif tizimi (setkasi) amal qiladi, korxona (tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish va razryadlar sonini belgilash huquqiga ega.
Oʻzbekistonda dastlab 2017-yil 1-yanvardan 28 ish haqi razryadlariga boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 2017-yil 1-sentabrda esa ish haqi razryadlari 22 ta va 0—22 ish haqi razryadlari oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona tarif stavkasi xodimlarning barcha kasb-malaka guruhlari boʻyicha tarif stavkalari va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat tafovutlariga baho berishga yagona yondoshuvni taʼminlaydi.
Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: 1) davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng kam ish haqi miqdori) belgilanadi. Inflyatsiya jarayonida eng kam ish haqini indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2) korxonalarda ishlovchi xodimlarning barcha toifalari uchun oʻrtacha ish haqining ortib borishi maʼlum darajada cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik holatlarida inflyatsiya surʼatlarini pasaytirishda foydalanadi; 3) ish haqining oʻrtacha ortib borishiga qarab ortib boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori ish haqi darajasining oʻsishiga taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash imkonini beradi.
Mehnat bozorining tarkibiy qismlari ishchi kuchi talab, ishchi kuchining taklifi, qiymati va bahosi hamda uni yoellashda raqobat hisoblanadi.
Mehnat bozori o‘zining asosiy vazifalalarini bajarish talab va taklif o‘rtasidagi farqni kamayishiga va aholining ish bilan bandligining oshishiga olib keladi.
Mehnat bozorining shakllanishiga ishchi kuchining «mehnatga bo‘lgan qobiliyatini» tovarga aylanishi, ishchi kuchining erkin taklifi, ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi, ko‘p mulkchilikning rivojlanishi kabi iqtisodiy, ijtimoiy va xuquqiy shart-sharoitlar bevosita ta’sir etadi.
Mehnat bozorining shakllanishida asosiy muammo bo‘lgan ishchi kuchiga talabning ortishi va taklifning kamayishi turli omillar, tamoyillar va cheklovlar ta’sirida amalga oshiriladi.
Mehnat bozoridagi umumiy ijtimiy-iqtisodiy munosabatlar jamoa va shaxsiy shartnomalar asosida tartibga solinadi.
Mehnat bozorini yaqin kelajakda rivojlantirishning bosh maqsadi – mehnat resurslari bilan ko‘p ta’minlangan hududlarda ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish.
Mehnat bozorining rivojlanish bosqichlari qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirilishi yaqin kelajakda ishchi kuchiga talab va taklaf o‘rtasidagi bozor muvozanatiga erishish pirovardida, mehnat resurslarini oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikning kamaytirishga olib keladi.
O’zbekistonda aholining ish bilan oqilona bandligiga ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishilgan, mulkchilikning turli shakllari rivojlangan, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar yuzaga kelgan, yashash va mehnat qilish joylari erkin tanlangan, mahalliy kadrlar safarbarligining har qanday ma’muriy cheklanishlari bekor qilingan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ishga joylashish kafolatlari mavjud bo’lgan, eng kam ish haqi darajasini minimal iste’mol byudjetigacha oshirishga muvaffaq bo’lingan va mehnat daromadlaridan soliqlar sekin qisqartirilgan sharoitlardagina erishish mumkin.
Aholining ish bilan ta’minlanishi davlat tomonidan turli iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy tadbirlarni amalga oshirish asosida tartibga solinadi.
Ishchi kuchi migrаtsiyаsining ijtimоiy-iqtisоdiy mаzmuni vа mоhiyаti. Zаmоnаviy mehnаt migrаtsiyаsining Xаlqаrо Mehnаt Tаshkilоt (XMT) tоmоnidаn
5 tа аsоsiy turi Ishchi kuchi migrаtsiyаsigа tа’sir etuvchi оmillаr vа uning mаmlаkаt iqtisоdiyotigа tа’siri.

Download 70,27 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 70,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Malakali va malakaga EGA bo`lmagan ishchi kuchi o`rtasida ish haqi darajasining differentsiatsiyasi mundarija: kirish I bob. Ish haqi tushunchasi va uning mohiyati

Download 70,27 Kb.