• Ultimate, Premium, Basic
  • «Ishga tushirish» ( Запустить )
  • root
  • Ma’lumotlar bazasi boshqarish va dasturlash texnologiyasi fanidan laboratoriya darslari




    Download 1.19 Mb.
    bet4/4
    Sana23.05.2022
    Hajmi1.19 Mb.
    #21663
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-Mavzu Laboratoriya
    5- Mavzu Laboratoriya
    Open Server – bu server platformani nusxasini jamlagan dasturiy ta’minotdir. Web dasturchilar uchun juda qulay bo’lgan dasturiy ta’minotlar majmuasiga ega hisoblanadi.
    Dasturiy ta'minot to'plami qulaylik, ko'p funktsional interfeysga egalik, tarkibiy qismlarni boshqarish va sozlashning barcha imkoniyatlarni jamlaganlik bilan xarakterlanadi. Ushbu platforma web-loyihalarni ishlab chiqish, tuzatish va sinovdan o'tkazish, shuningdek mahalliy tarmoqlarda web-xizmatlarni taqdim etish uchun keng qo'llaniladi.
    Bir so’z bilan aytganda, Open Server to'g'ridan-to'g'ri shaxisy kompyuterda saytlar yaratishga imkon beradi. Saytdagi yangi modulni sinab ko'rish, dizaynni o'zgartirish va hokazolarni tekshirishga yordam beradi.
    Open Server haqida to'liq ma'lumotni rasmiy web-sayt (https://ospanel.io/) da o'qishingiz mumkin.
    Xo'sh, keling, Open Server.ni o'rnatishni boshlaylik
    Avvalo, biz dasturni o'zini yuklab olishimiz kerak. Buning uchun rasmiy web-saytni «Yuklab olish» (Скачать) bo'limiga o'tiladi, dasturning kerakli versiyasini tanlanadi (1).
    Ta'kidlash joizki, dasturiy mahsulotni uchta versiyasi mavjud: Ultimate, Premium, Basic, ularning o'zaro qanday farq qilishi rasmiy saytdagi taqqoslash jadvalida aniq ko'rinadi. Bu joyda ULTIMATE yuklab olingan. Davom etish uchun rasmda keltirilgan kodni kiritish (2) va yuklab olish tugmasini (3) boshish kerak bo’ladi.

    1.9-rasm. Open Server ni yuklab olish.
    Dasturiy ta’minot arxiv sifatida taqdim etiladi. Ishga tushirilganda Open Server paketi arxivdan chiqariladigan diskni ko’rsatish kerak bo’ladi

    1.20-rasm. Open Serverni o’rnatishni boshlash.
    O'rnatish joyini tanlanadi. Shuni yodda tutingki dasturiy ta’minotning OpenServer deb nomlagan papkasini o’zingiz yaratmang uni dasturnig o’zi yaratadi.
    O'rnatishdan so'ng OpenServer papkasida bir nechta papkalar va yashil piktogrammalarga ega 2 ta fayl paydo bo'ladi. Operatsion tizimingizga mos keladigan faylni ishga tushiring (32 bit uchun x86, 64 bit uchun x64). Agar siz bit nimaligini bilmasangiz, ikkala faylni ham sinab ko'ring. Hech qanday dasturda ham, operatsion tizimda ham buzilishlar bo’lmaydi.

    1.21-rasm. Open Server o’rnatilgan papka.
    Birinchi ishga tushirishda tilni tanlash so'raladi. Bundan tashqari, Open Server.ni birinchi ishga tushirishda Microsoft Visual C ++ qo’shimchalarni o'rnatish taklif qilinadiva shunda «Ok» ni bosish kerak.

    1.22-rasm. Open Server.ni birinchi ishga tushirishda
    Va bizda qoladigan oxirgi narsa, barcha o'zgarishlar kuchga kirishi uchun kompyuterni o’chirib yooqish kerak bo’ladi. Buni uchun ekranda chiqqan so’roqqa «Ok» ni bosish kifoya.

    1.23-rasm. Open Server ni o’rnatishni yakunlash.
    Kompyuter qayta ishga tushish bilan lokal server bilan ishlashni boshlash mumkin bo’ladi. Open Server o’rnatilgan papkadan ishga tushiriladi, shunda qizil bayroq ko'rinishidagi belgi ekranning o’ng pastki burchagida paydo bo'lganligini ko'rish mumkin. Bu degani, dastur faollashtirilgan, ammo serverning o'zi hali ishga tushirilmagan.

    1.24-rasm.Open Server faollashtirilgan.
    Serverni ishga tushirish uchun bir sichqoncha tugmachasi bilan belgi bosiladi va ochilgan kontekst menyusidagi «Ishga tushirish» (Запустить) bandini tanlanadi. Lokal server ishga tushishi bilan bayroq yashil rangga aylanadi.

    1.25-rasm. Open Serverni ishga tushirish.
    Lokal server ishga tushgandan keyin baza bilan ishlash uchun «Qo’shimcha yuksiyalar» (Дополнительно) bo’lmidan PhpMyAdmin yoki MySQL менеджер bandlari tanlanadi.

    1.26-rasm. Open Serverdagi lokal bazani ishga tushirish.
    PhpMyAdmin bandi tanlangandan keyin web brauser ishga tushib unda 1.27-ramdagi havola hosil bo’ladi. Bazaga kirish uchun foydalanuvchi va uning parolini so’raydi. Foydalanuvchi nomiga root yoziladi va parol joyi bo’sh qoladi ( hech narsa yozilmaydi) «Davom etish» (Вперёд) tumasi bosilandi.

    1.27-rasm. Lokal bazaga kirish oynasi.
    Oxirgi ochilgan oynada kompyuterdagi barcha lokal bazalar ro’yxati namayon bo’ladi. Bu joyda yangi baza yaratish, bazaga jadvallar qo’shish, jadvallarni to’ldirish mumkin bo’ladi.

    1.28-rasm. Komyuterdagi lokal bazalar oynasi.
    Nazorat savollari.

    1. Qanday ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini bilasiz ?

    2. Ma’lumotlarni tasvirlash modеllari qanday talablari bor ?

    3. MB modеllarining asosiy turlari ?

    4. MySQL WorkBrench haqida nimalar bilasiz ?

    5. Open Server dasturining xususiyatlari ?

    Download 1.19 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar bazasi boshqarish va dasturlash texnologiyasi fanidan laboratoriya darslari

    Download 1.19 Mb.