• “Mijoz - server” texnologiyalari
  • Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi




    Download 494.15 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/16
    Sana25.02.2023
    Hajmi494.15 Kb.
    #43499
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Taxminiy savollar.311196d6, Visual Studio Code #hotkeys, 1.3 oraliq, Python dasturlash tilida funksiyalar-fayllar.org, Iqtisodiy o’sishning neoklassik modellari, 3 - Мавзу, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish(Ishchi dastur)
     
    Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi 
    MBBT asosida yaratiluvchi taqsimlangan axborot tizimlari ham “taqsimlangan 
    MBBTlari” atamasi orqali xarakterlanadi va mos holda “taqsimlangan ma’lumotlar 
    bazasi” atamasi ishlatiladi. 
    Taqsimlangan hisoblashlami amalga oshirish yuqorida ko‘rsatilgan taqsimlangan 
    tizimlami yaratish va ishlashi prinsiplarining ba’zilaridan chekinish orqali amalga 
    oshiriladi. Qanday prinsip “qurbon” qilinishiga bogiiq holda taqsimlangan tizim 
    texnologiyalarida\ bir necha mustaqil yo‘nalishlar ajralib chiqdi - “mijoz - 
    server” texnologiyalari, takrorlash texnologiyalari, obyektli bog`lash 
    texnologiyalari. Real taqsimlangan axborot tizimlari, odatda, uchchala 
    texnologiyalarni biriktirish asosida qurilgan. Metodik nuqtayi nazaridan uiami 
    alohida muhokama qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
    “Mijoz - server” texnologiyalari 
    “Mijoz server” texnologiyalarida taqsimlangan tizimlami yaratish va ishlashi 
    prinsiplarining asosiylaridan biri – markaziy qurilmaning mavjud emasligidan 
    chekiniladi. Shu sababli, 
    ≪mijoz - server≫ texnologiyalarining negizida yotuvchi 
    quyidagi ikkita asosiy g‘oyani ajratish mumkin: 
    - bitta yoki bir nechta serverlardagi ma’lumotlaming bareha foydalanuvchilar 
    uchun umumiyligi; 
    - umumiy ma’lumotlami birgalikda (parallel va bir vaqtda) turli hisoblash 
    qurilmalarida ishlovchi foydalanuvchilaming (mijozlaming) ko‘pligi. 
    Boshqacha aytganda, “mijoz - server” texnologiyalariga asoslangan tizimlar faqat 
    foydalanuvchilarga nisbatan taqsimlangan. Shu sababli, ko‘pincha ulami “haqiqiy” 


    taqsimlangan tizimlarga tegishli emas, balki ko‘pchilik foydalanuvchi tizimlaming 
    alohida sinfi deb hisoblaydilar. 
    “Mijoz - server” texnologiyalarida server va mijoz tushunchalari muhim qiymatga 
    ega. Keng ma’noda server deganda qandaydir hisoblash resurslariga (xotira, vaqt, 
    prosessor unumdorligi va h.) ega har qanday tizim, jarayon, kompyuter tushuniladi. 
    Mijoz deganda serverdan qandaydir resursni so‘rovchi, qandaydir resurslardan 
    foydalanuvchi yoki server tomonidan o‘zgacha usul bilan xizmat ko‘rsatiluvchi har 
    qanday tizim, jarayon, kompyuter, foydalanuvchi tushuniladi. 

    Download 494.15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 494.15 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar bazasining taqsimlangan tizimida axborot xavfsizligi konsepsiyasi

    Download 494.15 Kb.
    Pdf ko'rish