• Работа с диаграммами
  • Формат подписей данных
  • Изменить тип диаграммы
  • Ma’lumotlarni diagramma ko’rinishida taqdim etish. Ishning maqsadi




    Download 33.9 Kb.
    bet1/3
    Sana21.10.2022
    Hajmi33.9 Kb.
    #27721
      1   2   3
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni diagramma ko’rinishida taqdim etish.
    murodillayev g 1, Introduction-to-Teacher-Psychology, 2-mustaqil ish, tda1, Умумий психология меж фак (1) (2), Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar., Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar, Insoniyatning dastlabki ajdodlari, ularning makonlari. Vatanimiz odamzot ilk bor paydo bo‘lgan mintaqalardan biri, Mustaqil ish № 2, Kampyuter tarmoqlari mustaqil ish 1

    Ma’lumotlarni diagramma ko’rinishida taqdim etish.
    Ishning maqsadi: Diagramma haqida boshlang’ich ma’lumotlar olish. Kompyuterning boshlang`ich sozlamalarini amalga oshirish usullari bilan tanishish.
    Kerakli jihozlar: kompyuter, operasion sistema, Excel Workbook, Bar grafigi, Diagramma turlari, Office, Chart Wizard.
    Elektron jadvallar dunyoda keng tarqalgan amaliy dasturiy ta`minot hisoblanadi. Ular har yerda kichik biznesdan tortib to katta manafakturali ishlab chiqarishgacha bo`lgan joylarda ishlatiladi. Ular xo`jalik hisobotini yuritishda, inventerizatsiya, yo`lov varaqalarini boshqarishda, sotuv va bozorni tahlilqilishda ishlatiladi.bu dasturlar hujjatlarni yozish kabi maishiy ma`lumotlarni boshqarish uchun ham ishlatiladi. Elektron jadvallarda ishlashni o`rganish programmalash tilini o`rganishdan ancha ososn. Foydalanuvchi o`rtacha programmalash ko`nikmasi bilan ham ular bilan ishlay oladi. Microsoft Excel eng ommabop electron jadvallar to`plamidir.
    Diagramma bu ma`lumotlarning electron jadvaldagi grafig ko`rinishi. Diagrammalar umumiy yoki ajratilgan ma`lumotlarni oson tushunishga imkoniyat yaratadi. Bu usul bilan diagrammada aks etgan ma`lumotni oddiy qarashingiz bilan tushunasiz.
    Microsoft Excel elektron jadvalida ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish imkoniyati mavjud. Bu esa, sonli ma`lumotlarni oson qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. MS-Excel 2007 dasturida ma`lumotlarni ma`noli aks ettirish uchun juda ko`p grafik turlari mavjud. Agar siz diagramma yaratmoqchi yoki mavjud diagrammani o`zgartirmochi bo`lsangiz, turli xildagi daiagrammalar orasidan o`zingizga keragini tanlaysiz
    Foydalanuvchi diagrammani alohida ish varog`ida yoki hosil qilingan jadvalli ma`lumotlar joylashgan ish varog`ining o`zida hosil qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan ikkita holda ham diagramma o`z ko`rinishini ma`lumotlar jadvaliga o`zgartirish kiritilgan vaqtida avtomatik tarzda o`zgartiradi.
    Ish varog`ida diagramma hosil qilish uchun ma`lumotlar kiritilgan jadval belgilanadi va asosiy menyuning Вставка bo`limidagi Diagramma tasmasida joylashgan ixtiyoriy diagramma turi keltirilgan tugmacha sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tanlanadi. Bunda ushbu turga kiruvchi diagrammalar ko`rinishi foydalanuvchiga taqdim etiladi.
    Natijada ish varog`ida foydalanuvchi tomonidan tanlangan diagramma turiga asosan diagramma hosil qilinadi. Hosil qilingan diagrammaning qo`shimcha parametrlarini o`rnatish uchun diagramma sichqoncha yordamida tanlanadi. Bunda ish oynasining yuqori qismida qo`shimcha Работа с диаграммами menyusi ochiladi.
    Foydalanuvchi tomonidan ushbu menyu faollashtirilishi bilan menyu qatorida diagramma parametrlarini o`rnatishga mo`ljallangan tugmachalar qatori paydo bo`ladi.
    Yuqorida keltirilgan qo`shimcha menyu yordamida diagrammaning qo`shimcha parametrlarini o`rnatishga misol ko`rib o`tamiz.
    Ayrim hollarda diagrammada keltirilgan tasviriy ma`lumotlar miqdorlarning aniq qiymatini taqdim eta olmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda 1-kvartalda sotilgan mebellarning qiymati diagrammada 200000 va 250000 oralig`ida berilgan. Sotish hajmining aniq qiymatini diagrammada taqdim etish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
    1. Hosil qilingan diagramma faollashtiriladi;
    2. Работа с диаграммами qo`shimcha menyusining Макет bo`limi tanlanadi. Ushbu bo`limdagi Подписи данных buyruli tugmacha bosilishi bilan dastur qiymatli ma`lumotlarni diagrammada tasvirlanishiga oid shablonlar tanlanishini tavsiya etadi.
    Tavsiya etilgan shablonlarning ixtiyoriysi foydalanuvchi tomonidan tanlanganidan so`ng, diagrammaning mos bo`limlarida sonli qiymatlar taqdim etiladi. Agar ma`lumotlar yozuvini qo`shimcha formatlash talab etilsa (masalan, yozuvning rangi, yozilish holati (vertika, gorizontal yoki ixtiyoriy burchak ostida), shrifti va boshqalar) ma`lumotlar yozuvi ob`yekt osti menyusidan Формат подписей данных buyrug`i tanlanadi va hosil bo`lgan muloqot oynada kerakli parametrlar o`rnatiladi.
    Ish varog`ida hosil qilingan diagramma sichqoncha ko`rsatkichi yordamida ushlangan holda ish varog`ining ixtiyoriy joyiga o`rnatilishi, shuningdek, diagramma o`lchami ham shu tariqa o`zgartirilishi mumkin.
    Hosil qilingan jadvalda ma`lumotlar vaqt o`zgarishi bilan yangilanib boradi. Jadvalga qo`shilgan ma`lumotlarni hosil qilingan diagrammada aks ettirish uchun diagramma sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tanlanadi (bunda diagramma bilan aloqada bo`lgan jadval ma`lumotlari rangli to`g`ri to`rtburchaklar yordamida ajratib ko`rsatiladi va hosil bo`lgan rangli to`g`ri to`rtburchakning nusxa olish arkeri yangi qo`shilgan ma`lumotlar ushbu sohaga qo`shilgunga qadar sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tortiladi.
    Jadval ma`lumotlarini samarali taqdim etish maqsadida foydalanuvchi diagrammaning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin.
    Hosil qilingan diagramma turini o`zgartirish uchun diagramma ob`yekt osti menyusidan Изменить тип диаграммы buyrug`i ishga tushiriladi va hosil bo`lgan muloqot oynadan kerakli tur diagramma ko`rinishini tanlash mumkin.
    “Chart Wizard” (diagramma yaratish uchun barcha funksiyalar, diagrammaning barcha turlarini o`zida jamlagan buyruq) ning avvalgi versiyalari Excel 2007 dasturida joylashtirilganiga uncha ko`p bo`lmadi. Bu buyruq “Insert” tugmasidagi, grafik funksiyalarga joylashtirilgan.
    Ms Excel 2007 visual ko`rsatish uchun smarali, dinamik grafiklar yaratish vostilari bor. Yangi Office 2007 dasturlari bu grafik funksiyalarini yanada osonroq va samaraliroq qiladi.

    Download 33.9 Kb.
      1   2   3




    Download 33.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni diagramma ko’rinishida taqdim etish. Ishning maqsadi

    Download 33.9 Kb.