• Kompyuter kartasi
  • Geoinformatika
  • Geoinformatsion kartografiyalash
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9.82 Mb.
    bet5/142
    Sana26.08.2022
    Hajmi9.82 Mb.
    #25409
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
    Bog'liq
    GAT
    1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, 5-ma\'ruza, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, Anvarov Abror korxona jixozlari 2023, 12-lab, 1111
    Nomenklatura deb topografik kartalarni varaqlarga boʻlish hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimiga aytiladi.
    Raqamli karta (numerical, digital map) – kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli, boshqacha aytganda, raqamli kartografik ma’lumot. Raqamli karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qogʻozli, kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi va kartografik ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, u GAT axborot ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT jarayonlarining natijasi ham boʻlishi mumkin.
    Kompyuter kartasi – bu avtomatlashgan kartografiyalashning vositalari (grafoqurilma, plotter, printer, digitayzer yordamida qogʻozda, plastikda, fotoplyonkadagi tasvir) yordamida grafik qurilmada chiqarilgan karta turidir.
    GAT texnologiyalari – bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir.
    Geoaxborot tahlili – geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini qoʻllagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va oʻzaro bogʻliqligini tahlil qiluvchi boʻlim.
    Geoinformatika – ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati boʻlib:


    1.2-rasm. Mavzuli geoaxborot tizimi kartasi (Manba: Internet)

    Geoinformatsion kartografiyalash – bu geoinformatika va karto- grafiyaning uzviy bogʻliqligi natijasidir. Geoinformatsion kartografiyalash avtomatlashgan kartografiya, masofadan zondlashni oʻz ichiga olgan aerokosmik usullar, deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy bogʻliqligida shakllanadi.
    Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. U GAT hamda geografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni avtomatlashgan kartografik modellashtirishni tashkil etadi.
    Quyidagi omillar ushbu yoʻnalishning shakllanishiga turtki boʻldi:



    • Geoinformatikaning ilmiy-texnologik va ishlab chiqarish fani sifatida rivojlanishi.

    • Muammolar yechimini ta’minlashda talab etiladigan amaliy kartografiya.

    • Kartografiyada GATning yadrosi sifatida kompyuterlashgan karta tuzish va avtomatlashgan kartografiyaning qoʻllanilishi.

    • Nazariy, kartografik va geoinformatik yondashuvlarning integratsiya- lashuvi.

    • Katta hajmda yangi koʻrinishdagi karta turlarining ilmiy-amaliy qayta ishlanishi.

    Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning dasturiy boshqaruvi boʻlib, bu kartografiyaning matematik asoslari va karta komponovkalari kabi an’anaviy muammolar va yangi vositalarga ham e’tibor berishni talab etadi. Topografik va mavzuli kartalar fazoviy ma’lumotlarning asosiy manbayidir. Geografik va toʻgʻri burchakli koordinata sistemalari esa bu ma’lumotlarni ularning geografik joylashuviga qarab oʻzaro bogʻlaydi va GATning ma’lumotlar bazasi tizimida saqlaydi. Bundan tashqari, aynan kartalar GATga kelib tushadigan masofadan zondlash ma’lumotlari, statistik ma’lumotlar, meteorologik kuzatishlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni tashkillashtirish hamda geografik izohlashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Geotizimga bogʻliq barcha jarayonlarni oʻrganishda kartografik tahlil va matematik-kartografik modellashtirishdan keng foydalaniladi.

    Download 9.82 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




    Download 9.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9.82 Mb.