• R astr gr a fi k a s i
  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – MBBT
  • S k aner
  • Lazer skaner
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9.82 Mb.
    bet8/142
    Sana26.08.2022
    Hajmi9.82 Mb.
    #25409
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
    Bog'liq
    GAT
    1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, 5-ma\'ruza, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, Anvarov Abror korxona jixozlari 2023, 12-lab, 1111
    Kartalarning razgrafkasi (boʻlinishi) bu koʻp varaqli kartalarni boʻlimlarga boʻlish tizimidir. Tizimda toʻgʻri burchakli va trapetsiyali kabi ikki xil boʻlinish turi qoʻllaniladi. Toʻgʻri burchakli razgrafkada kartalar bir xil oʻlchamli toʻgʻri burchakli yoki kvadrat varaqlarga boʻlinsa, trapetsiyali turda karta trapetsiyalar shaklida boʻlinadi. Bunda varaqlar chegaralari vazifasini meridian va parallellar bajaradi.
    Rastr grafikasi kompyuter grafikasining zamonaviy koʻrinishi boʻlib, bunda asosiy elementni piksel (pixel picture element soʻzining qisqartmasi) tashkil qiladi. Pikselni oddiygina kvadrat shaklidagi figura sifatida tushunishimiz
    mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami qanchalik kichik va koʻp boʻlsa, tasvir shuncha aniq koʻrinishda boʻladi.
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – MBBT (Database management system – DBMS) – ma’lumotlar bazasini yaratish, uni boshqarish va foydalanishga moʻljallangan dasturiy vositalar toʻplami. Bu tizimning asosiy maqsadi – GATga kiritilayotgan ma’lumotlarni toʻgʻri joylashtirish va bosh- qarishdir. Jumladan, ma’lumotlar turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin (jadval, raqamli tasvir, video, ovoz va boshqalar) va tizim bu ma’lumotlarni GATga mos holda qayta ishlashi kerak. Bundan tashqari, tizimning asosiy vazifalaridan biri bu boshqa turdagi MBBTlar, jumladan dBASE, Foxbase, Informix, Ingres, Oracle, Sybase kabi tizimlardagi oʻzaro ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishdan iboratdir.
    Skaner (scanner) –qogʻozdagi tasvirni kompyuter xotirasiga avtomatik tarzda kiritish uchun uni rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma hisoblanadi (1.3- rasm). Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (300 – 600 dpi) boʻladi. Skanerlar planshetli (flatbed scanner), barabanli (drum scanner), gʻildirakli (sheetfeed scanner) va qoʻl yordamida boshqariluvchi (handheld scanner) kabi turlarga boʻlinadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan. Shu bilan bir qatorda skanerlar aerokosmik apparatlarga oʻrnatilib, Yerning ustki qismini tasvirga olishda ham qoʻllaniladi.

    1.3-rasm. An’anaviy skaner (Manba: Internet)
    Lazer skaner – bu geodezik asboblar turkumining yangi avlodi hisoblanib, berilgan obyektning tasvirini uch oʻlchamli koʻrinishda nuqtalar jamlanmasi

    sifatida olishga moʻljallangan. Bunday asboblar asosan yer osti tunnellarida, tarixiy-madaniy obyektlarning tasvirini olishda, turli yoʻl qurilishi ishlarida, yer degradatsiyasini monitoring qilish ishlarida qoʻllaniladi.





    1.4-rasm. Uch oʻlchamli lazer skaner (TX5 Trimble) va uning yordamida olingan tasvir (Manba: Internet)



    Download 9.82 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




    Download 9.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9.82 Mb.