|
Mamayusupova zilola rasuljon qizi bitiruv malakaviy ishi
|
bet | 7/19 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 323,23 Kb. | | #261177 |
Bog'liq 3 bmiEq (P )
UKUp ( P )
r1
1 + Ty (P),
(1.2.1)
bu erda k1 - birinchi bo’g’inning uzatish koeffitsienti;
Tb - EMKni boshqarish chulg’ami zanjirining vaqt doimiysi.
Ikkinchi yo’naltirilgan ta’sir bo’g’ini deb qabul qilingan qismda e.yu.k. Eq kirish bo’ladi, EMK yakori bo’ylama zanjirining e.yu.k. Ed esa bo’g’inning chiqish miqdori bo’ladi.
rasm. Elektromashinali kuchaytirgichli o’zgarmas tok generatorining
kuchlanishini avtomatik rostlash tizimining prinsipial sxemasi: EMK - elektromashinali kuchaytirgich; G-generator; EK – electron kuchaytirgich; BCH- EMKning boshqarish chulg’ami; GKCH- generatorning qo’zgatish chulg’ami.
Ikkinchi bo’g’inning uzatish funksiyasi quyidagicha:
Wq (P) =
Ed ( P ) k1
— .
Eq (P) 1 + TqP
(1.2.2)
bu yerda, k2 - ikkinchi bo’g’inning uzatish koeffitsienti;
Tq - EMK ko’ndalang zanjirining vaqt doimiysi; ART ning to’g’ri zanjiridagi uchinchi yo’naltirilgan ta’sir bo’g’ini sifatida kirish miqdori e.yu.k. Ed, chiqish miqdori esa generatorning e.yu.k. Eg bo’lgan maydoni qabul qilinadi. Uchinchi bo’g’inning uzatish funksiyasi quyidagicha yoziladi.
W„(P P) = E^p)- = -k—. (1.2.3)
”* Ed (P) 1 + Tb P
bu erda , kg - uchinchi bo’g’inning uzatish koeffitsienti;
Tv - vaqt doimiysi
1.2.3- rasm. EMKli o’zgarmas generatori kuchlanishini avtomatik rostlash tizimining struktura sxemasi.
ARTning to’g’ri zanjirini tutashtiruvchi (berkituvchi) teskari aloqa zanjirida bir inersiyasiz bo’g’in - kuchlanishni bo’lgich R0 kiritilgan. Teskari aloqa bo’g’inining uzatish funksiyasi quyidagicha bo’ladi:
W (p) = Uqb(p) = p (1.2.4)
Ur (P)
Teskari aloqa koeffitsienti P ning qiymati (1.2.4) ifodaga muvofiq, bo’lgich R0 polzunsining vaziyatiga qarab, noldan birgacha o’zgarishi mumkin. Demak, ART zanjiri to’rtta yo’naltirilgan ta’sir bo’g’inidan iborat, shulardan uchtasi to’g’ri zanjirda, bittasi esa teskari aloqa zanjirida joylashgan. Agar elektron kuchaytirgich o’zining kuchaytirish koeffitsientiga teng uzatish funksiyasiga ega bo’lgan bo’g’in deb qaralsa, u holda to’g’ri zanjirda to’rtta bo’g’in bo’ladi, uzatish koeffitsienti k1 ga esa elektron kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsientining qiymati kirmaydi. Sxemada Usr(r)- taqqoslash kuchlanishining tasviri bo’lib, tizim rostlanadigan kuchlanishning talab etilgan qiymatiga ana shu tasvir yordamida sozlanadi; F(p) - g’alayonlovchi ta’sir (generator yuklamasi) tasviri. G’alayonlovchi ta’sirning uzatish funksiyasi Wya(r)=Rya.g rostlanadigan miqdorning mazkur g’alayonga bog’liqlik tavsifini belgilab beradi. Biz ko’rayotgan holda generatorning yuklama toki g’alayonlovchi ta’sirdir, shuning uchun Wya(r) generator yakorining qarshiligi Rya.g ga teng o’zgarmas miqdor bo’ladi. Tizimning dinamik xossalarini tadqiqot etishda ochiq va berk tizimlarning uzatish fnksiyalariga ega bo’lish kerak. Buning uchun tarkibiy sxemalarni ekvivalent o’zgartirish qoidalaridan foydalanib, barcha tizimning uzatish funksiyasi topiladi. Ekvivalent almashtirish deb shunday o’zgartirishga aytiladiki, bunda bir sxema boshqasiga tizimning dinamik tavsifnomalarini saqlagan holda almashtiriladi.
Tarkibiy sxemalarni ekvivalent almashtirishning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat.
Ketma-ket ulangan bo’g’inlarning uzatish funksiyasi alohida bo’g’inlar uzatish funksiyalarining kupaytmasiga teng (1.2.4,a-rasm. Tarkibiy sxemada yo’naltirilgan ta’sir bo’g’inlarini ketma-ket ulashda navbatdagi har bir bo’g’inning kirishi oldingi bo’g’inning chiqishiga birlashtiriladi), ya’ni:
W(p)= W1(p) W2(p) W3(p).
Parallel ulangan bo’g’inlarning uzatish funksiyasi (tarkibiy sxemada yo’naltirilgan ta’sir bo’g’inlarini paralel ulashda barcha bo’g’inlarning kirish miqdori bir xil bo’ladi, chiqish miqdorlari esa jamlanadi) alohida bo’g’inlar uzatish funksiyalarining yig’indisiga teng (1.2.3-rasm, b):
W(p)= W1(p)+ W2(p)+ W3(p) (1.2.5)
Teskari manfiy aloqali berk tizimning uzatish funksiyasi (1.2.3-rasm, v) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(1.2.6)
W (p) — Wtp)
1 + Wo( p Wk, 6 (p )
Teskari musbat aloqada (1.2.6) ifodaning maxrajida «+» o’rniga «-» yoziladi.
Signal olish (yoki jamlash) nuqtasini ko’proq bo’g’inga siljitilganda teskari aloqa zanjiriga qo’shimcha ravishda qamraladigan bo’g’inlarning teskari uzatish funksiyasiga ega bo’lgan bo’g’in qo’shiladi (1.2.4-rasm, g).
Signal olish (yoki jamlash) nuqtasini kamroq bo’g’inlarga siljitishda teskari aloqa zanjirida uzatish funksiyasi o’chiriladigan bo’g’inni ketma-ket ulash zarur (1.2.4-rasm, d).
Tarkibiy sxemalarni ekvivalent almashtirish qoidalaridan foydalanib, generator kuchlanishi ART ning uzatish funksiyasini topamiz.
Ochiq tizimning (tizim Q nuqtada ochilgan,1.2.4-rasmga qarang) ketma-ket ulangan yo’naltirilgan ta’sir bo’g’inlaridan tuzilgan uzatish funksiyasi quyidagicha bo’ladi:
W(p)= Wu(p) Wq(p) Wb(p)Wo.c(p). (1.2.5)
Berk tizimning boshqaruvchi ta’sir uchun uzatish funksiyasi Ucp(p) quyidagicha aniqlanadi:
(1.2.6)
Ur (P ) Wy (P )Wq (P )Wb (P )
— .
Ucp (P) 1 + Wy (p)Wq (p)Wb (p)Wo.c (P)
Tizimning kirish miqdori deb, boshqaruvchi ta’sir U(p) emas, balki g’alayonlovchi ta’sir F(p) qabul qilinsa, u holda berk tizimning g’alayonlovchi ta’sir F(p) uchun uzatish funksiyasi quyidagicha bo’ladi:
(1.2.7)
Ur ( p ) W» (p )
— .
Ucp (p) 1 + W (p)
bu erda ,W(p) - ochiq tizimning (1.2.5) tenglama bo’yicha aniqlanadigan uzatish funksiyasi. Alohida bo’g’inlar uzatish funksiyalarining qiymatini (1.2.5)
(1.2.6) ifodalarga quyib, tizimning uzatish funksiyasini olamiz.
1.2.4-rasm. Tarkibiy sxemalarni ekvivalent o’zgartirish:
a - ketma-ket ulangan bo ‘g’inlarni; b-parallel ulangan bo ‘g’inlarn;; v-teskari bog’lanish bilan qamralgan bo’g’inni; g- ajratib olish nuqtasini ko’chirish; d-jamlash nuqtasini ko’chirish:
II BOB. Dexqonchilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
|
| |