• INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA Iqtisodiyot va talim / 2022-yil 3-son
  • Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish




    Download 1.23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/10
    Sana23.02.2023
    Hajmi1.23 Mb.
    #43258
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, tipik masala, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]
     
    Annotation. 
    The formation of a market economy in our country causes the emergence of new problems related to 
    consumer demand. The transition to market Relations puts new demands on market participants – forcing them to produce and 
    sell products that have been used for certain consumer demand. The current policy of the Republic of Uzbekistan, based on the 
    gradual transition to a socially oriented market economy, effectively organizes the activities of enterprises, firms and 
    organizations, derives from the need to adapt their internal and external economic relations to market requirements.
    This article provides information on attracting investments into the economy of our country and their role in foreign 
    trade, as well as on investments and the economic essence of foreign economic activity, an important factor in ensuring 
    sustainable economic growth and public administration in the implementation of its active investment policy, including 
    investment processes in the economy of Uzbekistan. 
    Keywords:
    export, import, gross domestic product, market, foreign economic policy, foreign economic activity, 
    international company, foreign trade, investment, marketing, competition.
     
    https://doi.org/10.55439/ECED/vol23_iss3/a14
     
     
    INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA 


    Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
     
     95 
    Kirish. 
    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
    sharoitida investitsiya faoliyati muhim ahamiyat 
    kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish dara-
    jasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy 
    o‘sishi ko‘p jihatdan mamlakatdagi investitsion ja-
    rayonlarga bog‘liq. Har qanday jamiyatning baraqa-
    ror iqtisodiy rivojlanishini investitsiyalarsiz tasav-
    vur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu nar-
    sa yaqqol namoyon bo‘lmoqdaki, har qanday mam-
    lakatning bundan keyingi yuksalishi investitsiya-
    larni jalb etish holatiga bog‘liq. 
    Barchamizga ma’lum, islohotlar va yangila-
    nishlar o‘z-o‘zicha amaliyotga tatbiq qilinganda, 
    oxirgi, ya’ni yakuniy samara kutilganidek bo‘lmas-
    ligi yoki kutilgan natijaga keyinroq erishish mumkin 
    bo‘ladi. Shuning uchun yangi iqtisodiy tizim va mu-
    nosabatlarning qaror topishida barcha tarmoqlar 
    kerakli darajada hukumat tomonidan qo‘llab-quv-
    vatlab boriladi, bu olib borilayotgan islohotlarninig 
    samarali bo‘lishini kafolatlaydi. Mamlakatimizda 
    iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarni bosqichma-
    bosqich asta-sekinlik bilan amalga oshirish va bu 
    jarayonda davlatning bosh islohotchi vazifasini ba-
    jarishi mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘ti-
    shida o‘ziga xos turtki bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayon 
    investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishni 
    tartibga solish borasida ko‘plab yangi va mamlaka-
    timiz iqtisodiyoti uchun muhim qarorlar qabul 
    qilishni talab qiladi. 
    “Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri 
    xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samara-
    dorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz 
    imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida xabardor qilish, 
    xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish 
    sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ma-
    halliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiq-
    lashtirishni yaxshilash, shuningdek, 2017-2021-
    yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
    beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strate-
    giyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish 
    yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgi-
    langan vazifalarni amalga oshirish maqsadida”
    ko‘p-
    lab ishlar amalga oshirilmoqda [1]. 
    O‘zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy in-
    vestitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga 
    kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy 
    asoslarga ega. Lekin bu degani O‘zbekistonda xorijiy 
    investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib 
    bo‘lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga 
    tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexa-
    nizmlarini takomillashtirish masalalari turadi. Ja-
    hon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, strategik investor-
    lar ko‘p miqdordagi mablag‘larni, birinchi navbatda, 
    iqtisodiyoti o‘z ichki imkoniyatlari asosida barqaror 
    va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga 
    yo‘naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina 
    qo‘yilgan mablag‘lar saqlanishi va barqaror foyda 
    olishga mo‘ljal qilsa bo‘ladi. Ichki va chet el inves-
    torlarini, birinchi navbatda, minimal darajadagi 
    soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi 
    qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
    MDH davlatlarining paydo bo‘lishi bilan xo-
    rijiy investorlarning investitsion faoliyatlarini amal-
    ga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo 
    bo‘ldi. Shuni aytish kerakki, xorijiy investorlar bu 
    masalada katta tajribaga ega. Albatta, bu masala-
    ning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchi tomoni investitsiya-
    lar qabul qiluvchi (MDH) davlatlar uchun zamona-
    viy ishlab chiqarish vositalarini qabul qilishdagi 
    investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy 
    hol deb qarash kerak emas, chunki investitsiyalar – 
    iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, uni olg‘a silji-
    tuvchi kuch.
    Mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
    rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, xorijiy 
    investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, 
    har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon 
    tajribalarini o‘rganmasdan, dunyoning yetakchi 
    davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan 
    yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin 
    emas. O‘zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy 
    islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilar 
    ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib 
    bo‘lmaydi. Globallashuv jarayoniga qo‘shilish 
    dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlikda 
    bo‘lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat 
    siyosatining o‘zaro manfaatli asosda bu davlatlar 
    siyosatiga mos kelishidir.
    Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investit-
    siya faolligi va jahon iqtisodiyoti globallashuvining 
    kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlana-
    yotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
    davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xal-
    qaro mehnat taqsimotidagi roli ortib borayotganligi 
    ham unga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, glo-
    ballashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, 
    fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi, raqobatning 
    kuchayishi va boshqa bir qator omillar ham xosdir 
    [11]. 

    Download 1.23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish

    Download 1.23 Mb.
    Pdf ko'rish