Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va bu borada istiqbolli rejalar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi




Download 17,92 Kb.
Sana21.02.2024
Hajmi17,92 Kb.
#160120
Bog'liq
PISA article


Kirish
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va bu borada istiqbolli rejalar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Zero shaxs va jamiyatni kelajak muammolari va imkoniyatlariga tayyorlashda va moslashuvchan va adolatli jamiyatlarni shakllantirishda ta’lim muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda o‘zgaruvchan iqtisodiyot – yangi ish o‘rinlariga munosib kadrlar yetishishi, tez sur’atda rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish, global nuqtayi nazarga ega bo‘lish – turli madaniyatlar, tillar va fikrlash tarzi bilan tanishish, mavjud va kutilayotgan ijtimoiy va ekologik muammolarni hal etish borasida yangiliklar yarata olish uchun kuchli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Bu borada yoshlarning ham iqtisodiyotning samarali a’zosi, ham mas’uliyatli, prinsipial fuqaro sifatida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishida, avvalo, kuchli ta’lim bazasi kerak. Mamlakat uchun bugungi maktablar - ertangi kundagi iqtisodiyot, jamiyat va demokratiya demakdir. Shu sababli istiqbolli ta’lim tizimini shakllantirish har bir davlatning siyosatida asosiy o‘rinni egallaydi.
Adolatli va kuchli bazaga ega bo‘lgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda xalqaro tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu borada xalqaro ta’lim tadqiqotlari davlatlar va iqtisodiyotlarga ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan muammolar va ularning sabablarini aniqlash, rivojlangan davlatlarning ta’lim siyosati bo‘yicha tajribalarini o‘rganish, shuningdek, islohotlarning davriy samarasini baholash imkonini beradi. Ta’kidlash joiz-ki, “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizning ham ta’lim sifatini xalqaro baholash va qiyosiy o‘rganishdagi ishtiroki ta’minlab kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston PISA 2022 – Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida ilk marotaba ishtirok etdi va mazkur tadqiqotning natijalari ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu maqolada PISA xalqaro baholash dasturining maqsadi va qamrov doirasi, tadqiqotda O‘zbekistonning ishtiroki va natijalar asosidagi xulosalar muhokama qilinadi.
Asosiy qism
PISA – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturidir. Tadqiqot ilk marta 2000-yilda amalga oshirilgan. U ishtirokchi mamlakatlar/iqtisodiyotlardagi 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlari va ko‘nikmalarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatini sinab ko‘rish orqali butun dunyo bo‘ylab ta’lim tizimini baholashga qaratilgan. Tadqiqot har uch yilda bir marta o‘tkaziladi va har bir baholashda bitta yo‘nalish ustuvor hisoblanadi (masalan, PISA 2022 siklida matematika ustuvor yo‘nalish sifatida baholandi va PISA 2025 siklida tabiiy fanlar yo‘nalishi ustuvor bo‘lishi belgilangan). O‘zbekiston ilk marotaba 2022-yilda PISAda ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari 2023-yil 5-dekabr sanasida e’lon qilindi. Aytish joizki, O‘zbekistonning tadqiqotdagi natijalari quvonarli emas, lekin mazkur natijalarni xalqaro miqyosda taqqoslash orqali mamlakatimizdagi siyosatchilar va o‘qituvchilar boshqa ishtirokchi davlatlarning siyosati va amaliyotlaridan o‘rganishlari mumkin. Mazkur ishtirok natijalari to‘g‘risida kichik tahliliy xulosalar chiqarishda, maqola davomida javob beriladigan ma’lum savollarni qo‘yish o‘rinlidir.
Birinchidan, O‘zbekistonda 15-yoshli o‘quvchilarning tadqiqotdagi natijalari qanchalik muvaffaqiyatli?
Download 17,92 Kb.




Download 17,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va bu borada istiqbolli rejalar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi

Download 17,92 Kb.