• Mammagrafiya
  • Gisterosaltpingografiya
  • BACHADON VA NAYLARI KASALLIKLARINI GISTEROSALPINGOGRAFIYA USULI BILAN ANIQLASH
  • Endometriozning rentgenologik ko‘rinishi.
  • Mammagrafiya




    Download 1.7 Mb.
    Sana26.04.2023
    Hajmi1.7 Mb.
    #53815
    Bog'liq
    AKUSHYERLIK VA GINEKOLOGIYADA NUR DIAGNOSTIKASI
    chernavik
    • Tasvir beruvchi zamonaviy zararsiz usullar: UTT, termografiya bu sohada keng joriy qilinganligi munosabati bilan rentgen tekshirish usullari (mammagrafiya, gisterosalpingografiya va b.q.)ning qo‘llanishi cheklangan, lekin 40 yoshdan oshgan ayollarning klinik talabi asosida tekshirishga ruxsat etilgan. Umuman ayollarni nur ta`siridan saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etilgan, Tasvir beruvchi zararsiz usullardan foydalanishga ruxsat berilgan.

    Mammagrafiya

    • Mammagrafiya - sut bezini rentgenografiya qilish usuli. Mammagrafiya uchun chiqarilgan maxsus rentgen apparatlar: "Elektronika" (sobiq Ittifoq), "Senograf" (Fransiya), "Izis" (Belgiya) yordamida yaxshi natijalar olingan. Bu apparatlardagi maxsus kuchaytiruvchi ekranlar, bitta surat olinganda bemorning nurlanish dozasini 0,002 Gr gacha pasaytirgan.
    • Tekshirish maqsadida sut bezining kattaligini nazarga olib texnik sharoitlar tuziladi. Ular o‘rtacha quyidagicha: tok kuchi 30 mA, tok kuchlanishi 30 kV, vaqt 2,5-3,5 sekund, suratlar tubus yordamida to‘g‘ri va yon holatlarda olinadi (370-rasm). Oddiy rentgen apparatlarida to‘g‘ri (kraniokaudal) holatda mammagrafiya qilish uchun bemorni kichkina to‘siq orqasidagi aylanadigan stol (shtativ) yoniga o‘tqizib, qorin sohasi va songa qo‘rg‘oshinlangan ryezina qo‘yiladi.
    • Keyin kattaligi 13x18 yoki 18x24 sm bo‘lgan kasseta ustiga sut bezini tegizib turiladi. Bunda bemorning boshini qarama-qarshi tomonga burib, yelkasini esa pastga tushirib, orqaga suriladi. Markaziy nur bez o‘rtasidan kassetaga perpendikulyar o‘tishi kerak, surat bemor nafas olmay turganda olinadi. Sut bezini bosish (kompressiya) uchun karton yoki alyuminiy plastinka ishlatiladi

    Gisterosaltpingografiya

    • Gisterosaltpingografiya (GSG) - bachadon bo‘shlig‘i va bachadon naylarini kontrast modtsa (yodolipol, triombrast va ularning analoglari) yordamida tekshiruvchi rentgenologik usul. Bachadon naylarining o‘tish yoki o‘tmasligaga baho berishda ob`ektiv va ko‘p ma`lumot beruvchi usul hisoblanadi. Bu usul bachadon shilliq pardasini va bachadon naylari qirralarini, bo‘shliqdagi nuqsonlar va turli kasalliklar (sil, endometrit, poliplar, miomalar, rak va b.q.)ni aniqlashda yordam beradi.
    • GSG ni o‘tkazish uchun bemor tayyorlanadi, ya`ni infeksiyaning oldini olish maqsadida hayz tugagan kundan boshlab jinsiy aloqa to‘xtatilishi kerak. Tekshirish o‘tkaziladigan kun ichakni tozalash uchun hukna qilinadi. GSG ga qarshi ko‘rsatmalarga: umumiy va mahalliy zararli jarayon; bachadon va tuxumdonda o‘tkir va o‘rta yallig‘lanish jarayoni borligi, kolpit, bartolinit, pervitsit, bachadon bo‘yni eroziyasi, hayz vaqtida qon ketishi, homiladorlik va unga shubha borligi, qinda trixomonad borligi, bachadon bo‘yni kanalidan olingan surtmada ko‘p lyoykotsitlar borligi, qon tarkibining o‘zgarishi (eritrotsitlarning cho‘kish tezligi tezlashishi, leykotsitlar ko‘payishi) kiradi

    BACHADON VA NAYLARI KASALLIKLARINI GISTEROSALPINGOGRAFIYA USULI BILAN ANIQLASH

    • Surunkali salpingit. Bu kasallikda naylar orqali byepushtlik 56-65% ayollarda kuzatiladi, ikkilamchi byepushtlik 61-94% ni tashkil etadi. Byepushtlikning asosiy sababi bachadon naylaridan o‘tmaslik. O‘tkir va o‘rta salpingitlarda GSG qilish mumkin emas. Bachadon naylari ampulyar qismining juda kengayishi saktosalpinks deb ataladi. Surunkali salpingitda bachadon naylarining ampulyar kismida kontrast modda bemalol o‘tsada, lekin konglomeratga o‘xshab yig‘iladi yoki tomchisimon bo‘lib, bir-biriga tegib, "qurvaqa urug‘i" ga o‘xshaydi.
    • Sil salpingiti. Bu kasallikning rentgenologik ko‘rinishida uch turli o‘zgarish farq kilinadi. Birinchi turda bachadon naylari qirralarining noto‘g‘riligi, ularning alohida segmentlardan tuzilganligi kuzatiladi. Ikkinchi turda bachadon naylarining qirralari siyqalashgan, qalinlashgan (rigidlangan), ba`zan mundshtukni eslatadi. Uchinchi turda naylar tuynugi fistulasimon kengaygan bo‘ladi.
    • GSG yordamida bachadonda va nayida sil destruksiyasini aniqlash mumkin. Sil bo‘rtmachalarining tvorogsimon yemirilishi natijasida endometriy yaralanadi va bachadon bo‘shlig‘ining shakli o‘zgaradi, keyinchalik bo‘shliq bitib qoladi. Bachadon bo‘yni kanalchasi bachadon tanasi bo‘shlig‘iga nisbatan 2-3 marta uzayadi.
    • Bachadon naylari sil kasalligi bilan zararlanganda, uning qirralari turlicha o‘zgaradi, ko‘proq ampulyar qismining shilliq pardalari yallig‘lanib, destruksiyaga yo‘liqib, tuynuklari bitib ketadi. Bachadon naylarining shilliq pardasi sil bilan zararlanganda, uning tuynugidagi burmachalari o‘zaro birlashib divertikulga, kistaga yoki 0istulaga o‘xshash o‘zgarishlarni paydo qiladi. Naylarning muskul qavati zararlanganda uning qisqarish faoliyati yo‘qoladi, tuynuk kengayadi yoki torayadi, qirralari notekis bo‘ladi. Bunday hollarda kontrast modda yuborilgandan keyin suratlar 10—15—30 minutda olinadi (374- rasm, A)

    Endometriozning rentgenologik ko‘rinishi.

    • Bu kasallikda bachadon bo‘shlig‘ining ko‘rinishi normal bo‘lib, hajmi kattalashadi. Endomyetrioz tuzilmalari muskullar ichida joylashib, bezlar yo‘li orqali bachadon ichi bilan bog‘lanadi. Shuning uchun rentgenogrammalarda g‘alati (ajoyib) ko‘rinish beradi, ular soni ko‘p bo‘lib, yumaloq, oval yoki uzaygan yorug‘likka o‘xshab muskullar ichida alohida bo‘shliq yoki cho‘ntakka o‘xshab ko‘rinadi, o‘lchamlari 2-4 mm dan 1-2 sm gacha. Bu o‘zgarishlar ko‘proq devorlar burchagida, kamroq yonlarida kuzatiladi. Ularni aniqlash uchun kontrast modda qo‘llaniladi.
    • Tekshirish o‘tkazish metodikasi: bachadon ichiga 30%li yodolipoldan 4-5 ml yuboriladi. Keyin kontrast modtsani bo‘shlikda 10-12 minut saqlash uchun bo‘yinning sirtqi halqumi o‘qli shprits bilan siqib qo‘yiladi. Bunday sharoitda kontrast modda endometriy bo‘shlig‘iga kirib, kontrastlaydi. Endometriozda tuzilma hamma vaqt bachadon devori muskullarida joylashadi.

    Download 1.7 Mb.




    Download 1.7 Mb.