• 2017 yil 12 yanvarda
  • 2017 yil 13 yanvar
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya reja




    Download 31.02 Kb.
    bet4/10
    Sana13.04.2022
    Hajmi31.02 Kb.
    #19650
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ma’naviy-axloqiy tarbiya reja-genderi.org

    2016 yil 14 sentyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, 5-modda Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan. Yoshlarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish mazkur Qonunda alohida yo’nalish sifatida e’tirof etilgan.
    2016 yil O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingani­ning 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi, bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo’yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko’tarib, faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirilishi ta’kidlandi. 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risi”da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning farmoyishi.
    Farmoish mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o’quv adabiyotlari yaratish va o’quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratilganligi, bunda O’zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o’quv qo’llanmalari nashr etilayotganligi, axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko’rsatayotganligi haqidagi fikrlardan iborat. Kitob mutolaasi borasida ma’lum kamchiliklar mavjudligi ham aytib o’tildi.
    2017 yil 13 yanvar kuniO’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan vatan himoyachilariga bayram tabrigida ham Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egaligi, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanaishi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo’layotganligi, fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo’lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg’usini mustahkamlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ko’rishimiz zarurligini ta’kidlangan.
    2017 yil 15 yanvar kuni “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi ham yoshlarni har tamonlama rivojlanishi masalalarini qabrab olgan.
    2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yщnalishi bo’yicha xarakatlar strategiyasini ishlab chikilganligi va uning 4 yo’nalishi ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustivor y o’nalishi moxiyati.

    Download 31.02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 31.02 Kb.