• , yapon ona
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya reja




    Download 31.02 Kb.
    bet7/10
    Sana13.04.2022
    Hajmi31.02 Kb.
    #19650
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ma’naviy-axloqiy tarbiya reja-genderi.org

    Oila muammolari. Bular quyidagilardan iborat:

    • ota-onalarning pedagogik bilimlardan yetarli darajada xabardor emasliklari;

    • o’tish davri sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida maktab yoshi bolalarning muayyan qismining bozor bilan bog’lanib qolib, o’qishga bo’lgan qiziqishlarining susayganligi;

    • zamonaviy axborot vositalari, shu jumladan, kopyuьterning ijtimoiy hayotga tobora chuqur kirib borayotganligi, natijada uning ijobiy ta’siri bilan birga bolalarda badiiy adabiyotlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarining sezilarli pasayishi;

    • axborot vositalari sahifalarida jangari kayfiyatdagi tomoshalar sonining ortib borayotganligi va buning oqibatida bolalarda berahmlilik kayfiyatining paydo bo’layotganligi;

    • o’quvchilarning o’quv adabiyotlari bilan to’la qurollantirilmaganligi;

    • noto’liq oilalarning mavjudligi hamda ular sonining ortib borayotganligi va hokazolar.

    Yaponiyada ona va bola juda yaqin. Bu yaqinlik maishiy hayotda ham aks etadi: ona va bola birga uxlaydi, ona bolani uzoq vaqt ko’tarib yuradi. Birga uxlash va bolani ko’tarib yurish haqida yapon badiiy adabiyotida ko’plab eslatmalarni topish mumkin. Ona-bola aloqasi hissiy darajada aks etadi: ona bola qilayotgan hamma narsani mehr, sabr va g’amxo’rlik bilan qabul qiladi. besh yoshgacha bolaga hamma narsa mumkin. Bu ko’plab xorijliklar o’ylaganidek irodasizlik va bo’ysunmaslik emas. Bu bolada “men yaxshi va sevimliman” tushunchasini hosil qilish hisoblanadi. Qiziq tomoni shundaki, yapon ta’lim muassasalarida nafaqat ta’limga, balki tarbiyaga ham alohida e’tibor qaratiladi, ularda atrofdagilarning eng yaxshisi va eng yomoni tushunchasi mavjud emas.
    Qoidaga ko’ra, bola tarbiyasi bilan ona shug’ullandi. Ular bolalar bilan ko’p vaqt o’tkazadi. Yaponlar bolani uch yoshdan oldin bolalar bog’chasiga berish kerak emas, deb hisoblaydi. Biroq bunda kengaytirilgan oilaga katta ahamiyat beriladi: bolalar bobo va buvilar hamda boshqa qarindoshlar bilan faol muloqotda bo’ladi. Avlodlar o’rtasidagi munosabatlar ta’sirchanlik va diqqatga asoslanadi, bu yerda keksalarning fikrlari tinglanadi. Yapon ayollari o’z navbatida bolalarning sezgirligini hurmat qiladi. Ular bolalarga ortiqcha bosim o’tkazmaydi, uyaltirmaydi, balki bolakaylarning hissiyotlarini uyg’otadi. Misol uchun, agar bola mashinani sindirib qo’ysa, yapon ona “Mashinaning joni o’g’riyapti, u hozir yig’laydi”, — deydi. Yevropalik ona esa “Bunday qilma, bu yaxshi emas. Mashinani sotib olish uchun qancha ishlash kerak”, — deydi.

    Download 31.02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 31.02 Kb.