Ma’naviy-axloqiy tarbiya reja




Download 31.02 Kb.
bet9/10
Sana13.04.2022
Hajmi31.02 Kb.
#19650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma’naviy-axloqiy tarbiya reja-genderi.org

SHvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o’z huquqlari va majburiyatlari bor. SHuningdek, shvedlardagi bag’rikenglik, o’zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo’lish, agarda insonning biror-bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo’lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi.
8-sinfdan boshlab o’quvchilarga «Bolalar haqida» degan fan o’tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo’llari, jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog’at yoshida o’smirlar bilishi zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Angliyada bolalar bosqichma-bosqich tarbiyalanishadi. CHunki bu yerda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy hol. Ko’pincha inglizlar 35-40 yoshlarida ota-onalik baxtiga erishishadi. SHuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e’tibor berishadi. 2-3 yoshidan boshlab unga dasturxon atrofida o’zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo’lishni, o’z hissiyotlarini yashirishni o’rgatishadi. Angliya shaharlarining ko’chalarida bolasini erkalayotgan ota-onani kamdan-kam uchratish mumkin.
Talabalar o’rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini o’quvchilar ongiga singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish.

  • O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish.

  • O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

  • O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etish ko’nikmasini hosil qilish.

  • O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish.

  • O’quvchilarda ta’lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo’ysunish hissini shakllantirish.

  • Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.


Download 31.02 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 31.02 Kb.