Mantiqiy amallar va ifodalar




Download 230,09 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2024
Hajmi230,09 Kb.
#131938
  1   2   3
Bog'liq
raqamli qurilmalar loboratoriya ishi




MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR


Mantiqiy amallar mulohazalar mazmuni yoki hajmining о‘zgarishiga hamda yangi mulohazalarni shakllantirishga olib keladi. Mantiqiy ifodalar A, B, C, … lotin harflari yordamida belgilangan mulohazalarni konyunksiya, dizyunksiya, inversiya, implikatsiya va ekvivalensiya kabi mantiqiy bog‘lovchilar bilan ma’lum bir qoidaga ko‘ra birlashtirish natijasida hosil qilinadi. Mantiqiy ifodalar unda ishtirok etgan o‘zgaruvchilarning qiymatlariga bog‘liq ravishda rost (mantiqiy 1) yoki yolg‘on (mantiqiy 0) qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin.
Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan ba’zi amallar bilan
tanishamiz.
Ikkita sodda mulohazaning “va” bog‘lovchisi orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar ko‘paytmasi dеyiladi.




KOMPYUTERNING MANTIQIY ISHLASH PRINSIPI







A

B

A & B

0

0

0

0

1

0

1

0

0

1

1

1



Quyidagi sodda mulohazalar berilgan bo‘lsin:
A = “Mantiq algebrasining asoschisi Jorj Bul hisoblanadi”;
B = “Klod Shennonning tadqiqotlari mantiq algebrasini hisoblash
texnikasida qo‘llash imkonini bergan”.
Mantiqiy ko‘paytmaning natijasi. Mantiq algebrasining asoschisi Jorj Bul hisoblanadi va Klod Shennonning tadqiqotlari mantiq algebrasini hisoblash texnikasida qo‘llash imkonini bergan.
Natijaviy mulohazaning qiymati: rost.

Agar ikkala boshlang‘ich mulohaza bir vaqtning o‘zida rost bo‘lsagina, “Mantiq algebrasining asoschisi Jorj Bul hisoblanadi va Klod Shennonning tadqiqotlari mantiq algebrasini hisoblash texnikasida qo‘llash imkonini bergan”, degan yangi mulohaza ham rost bo‘ladi.



!
Konyunksiya amali faqat ikkita sodda mulohazalar ustida emas, balki bir nеchta mulohazalar ustida ham bajarilishi mumkin. Rostlik jadvaliga boshlang‘ich mulohazalarning barcha mumkin bо‘lgan qiymatlari (A va B ustunlarga) kiritiladi. Odatda, mulohazalarning ikkilik sanoq sistemasidagi qiymatlari jadvalga o‘sish (00, 01, 10, 11) tartibida joylashtiriladi. Oxirgi ustun tegishli operandlar (amallar bajariladigan ma'lumotlar elementi) uchun bajarilgan mantiqiy amal natijasini о‘z ichiga oladi.

DIQQAT
A va B, A and B, A𝖠B, A·B, A∩B, A&B ko‘rinishlardan biri orqali ikkita A va B mulohazalar konyunksiyasi bеlgilanadi.
Ikkita sodda mulohazaning “yoki” bog‘lovchisi orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar yig‘indisi dеyiladi.


Eslab qoling!

  1. ta’rif: Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali

dizyunksiya (lot. disjunctio farqlayman, ajrataman) mantiqiy qo‘shish amali deb ataladi.


Download 230,09 Kb.
  1   2   3




Download 230,09 Kb.