Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

ELEMENT 1.7
Foyda korxonalarni resurs qiymatini oshiruvchi samarali faoliyatga undaydi, zarar esa
ularni resurs qiymatini pasaytiruvchi befoyda faoliyatdan saqlaydi.


42
Foyda = Jami daromad – Jami xarajat
Korxonaning jami daromadi bu sotilgan barcha tovarlarning narxi (P) bilan
sotilgan barcha tovarlar miqdorining (Q) ko'paytmasiga teng. Korxona foyda olishi
uchun uning mahsulotni sotishdan olgan daromadi mahsulotni ishlab chiqarish uchun
zarur resurslarning muqobil qiymatidan kattaroq bo'lishi kerak. Demak, korxona ishlab
chiqargan tovar yoki xizmatning iste'molchilar uchun qiymati ishlab chiqarishda
sarflangan resurslarning qiymatidan kattaroq bo'lsagina u foyda oladi.
Iste'molchilar tovarning ular uchun qiymati tovarning narxiga teng yoki undan
balandroq bo'lsagina uni sotib oladilar. Agar iste'molchilar tovar uchun uning
tannarxidan ko'proq to'lashga rozi bo'lsalar, ishlab chiqaruvchining resurslarni boshqa
muqobil faoliyatdan jalb qilib olish bo'yicha qarori foyda olib keladi. Foyda bu
resurslarni qadrliroq buyumga aylantirish uchun olingan mukofot.
Korxona menejerlari foyda keltiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga
harakat qiladilar. Ammo har doim ham natija kutilganidek bo'lmaydi. Ba'zida
korxonalar o'z maxsulotlarini ularning tannarxini qoplaydigan narxlarda sota
olmaydilar. Savdodan olingan jami daromad tovar yoki xizmatni ishlab chiqarishda
foydlanilgan resurslarning muqobil qiymatidan kamroq bo'lsa, bu zararga
(?)
olib keladi.
Zarar— tovar yoki xizmatlarning iste'molchilar uchun qiymati ularni ishlab chiqarish
uchun zarur bo'lgan resurslarning qiymatidan kamroq bo'lgan holda vujudga keladigan
jarimadir. Zarar resurslardan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadga
muvofiqligini anglatadi.
Masalan, Bolgariyadagi (mahalliy valuytasi Bolgariya levi) fabrika oyiga mingta
ko'ylak ishlab chiqarishi uchun unga bino va kerakli asbob-uskunalarni ijaraga olish,
ish kuchi, mato, tugmalar va boshqa ashyolarni sotib olish uchun oyiga 20 000
Bolgariya levi kerak bo'ladi, deb faraz qilaylik. Agar ishlab chiqaruvchi mingta
ko'ylakning har birini 22 levdan sotsa, u oyiga 22 000 lev daromad, ya'ni 2000 lev foyda
oladi. Ko'ylak ishlab chiqaruvchi oz'i va iste'molchi uchun boylik yaratdi. Iste'molchilar
ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqoriroq narx to'lashga roziliklari bilan ular uchun
ko'ylaklar sarflangan resurslarning qiymatidan qadrliroq ekanligini bildiradilar. Ishlab
chiqaruvchining foydasi u resurslarni qadrliroq mahsulotga aylantirish orqali ularning


43
qiymatini oshirgani uchun oladigan mukofotdir.
Ammo, ko'ylaklarga bo'lgan talab kamayib, donasi faqat 17 levdan sotilsa, ishlab
chiqaruvchi 17 000 lev daromad oladi va oyiga 3000 lev zarar ko'radi. Bu zarar ishlab
chiqaruvchining faoliyati ishlatilgan resurslarning qiymatini pasaytirishidan vujudga
keladi. Ko'ylaklarning, ya'ni yakuniy mahsulotning iste'molchilar uchun qiymati shu
resurslardan ishlab chiqarish mumkin bo'lgan boshqa mahsulotlarning qiymatidan
pastroq. Biz ko'ylak ishlab chiqarishda foydalanilgan resurslar boshqa mahsulotga
aylantirilganda bu iste'molchilar uchun qadrliroq bo'lishini ular ongli ravishda anglaydi
demoqchi emasmiz. Biroq, ular tanlovlarining jami shu ma'lumotni va shu bilan bir
qatorda zararni kamaytirishga bo'lgan rag'batni ishlab chiqaruvchiga yetkazadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida zararlar va korxona muvaffaqiyatsizliklari
doimiy munosabatda bo'lib samarasiz faoliyatlarni (misol uchun, ko'ylaklarni
tannarxidan arzonroq sotish) to'xtatishga xizmat qiladi. Zararlar va korxona
muvaffaqiyatsizligi resurslarni ko'proq qadrlanadigan boshqa tovarlarni ishlab
chiqarishga yo'naltiradi. Garchi korxonaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ko'pincha
uning egalari, investorlar va ishchilar uchun alamli voqea bo'lsada, buning ijobiy
tomoni ham bor. Bo'shagan resurslarni boylik yaratuvchi boshqa loyihalarga
yo'naltirish mumkin.
Mamlakat resurslari — yer, binolar, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan
foydali tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalanilsa, xalq farovonligini oshadi.
Vaqtning istalgan biror nuqtasida amalga oshirish mumkin bo'lgan potensial
investitsiya loyihalarining soni cheksizdir. Ushbu investitsiyalarning ba'zilari
resurslardan iste'molchilar uchun qiymati tannarxiga nisbatan yuqoriroq bo'lgan tovar
va xizmatlarni ishlab chiqarish orqali resurslarning qiymatini oshiradi. Bularning
barchasi iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashadi. Boshqa investitsiyalar esa resurslarning
qiymatini kamaytirib, iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi. Agar biz mavjud
resurslardan samarali foydalanishni istasak, qiymatni oshiruvchi loyihalar
rag'batlantirilib, resurslardan samarasiz foydalanadigan loyihalar bartaraf etilishi
kerak. Aynan shu vazifani foyda va zarar bajaradi.
Biz iste'molchilarning didlari va texnologiya tez-tez o'zgarib turuvchi, axborotlar


44
nomukammal va noaniqliklarga to'la dunyoda yashaymiz. Korxona egalari kelajakda
bozor narxlari yoki ishlab chiqarish xarajatlari qanday o'zgarishini aniq bilmaydilar.
Ularning qarorlari taxminlarga asoslangan. Biroq bozor iqtisodiyotining mukofot va
jarimalar tuzilmasi bizga ayon. Samarali ishlab chiqara oladigan hamda tovar va
xizmatlarga tannarxidan yuqoriroq narxlarda iste'molchlarni jalb qilishni oldindan
to'g'ri ko'ra oladigan tadbirkorlar
(?)
muvaffaqqiyat qozonadilar. Aksincha, resurslarni
talab kam bo'lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga samarasiz taqsimlagan
korxona rahbarlari zarar ko'radilar va moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladilar.
Garchi bozor jarayonida uchrab turadigan korxona muvaffaqiyatsizligi gohida
tanqid ostiga olinsada, ushbu mukofot va jarimalar tuzilmasi bozor tizimi ravnaqining
asosini tashkil qiladi. Shunisi qiziqki, dastlab omadsizlikka uchragan tadbirkorlarning
ko'pi vaqti kelib katta muvaffaqiyat qozonadilar. Bunga Stiv Jobs misol bo'ladi. 1985-
yilda Apple kompaniyasidan ketganidan so'ng, Jobs o'zi o'ylagan reja bo'yicha shaxsiy
kompyuterlarning keyingi avlodini ishlab chiqarishga moslashgan neXT kompaniyasini
tashkil qildi. Korxona qiyinchiliklarga duch keladi. Ammo Jobsga bu tajriba yaxshi dars
bo'ldi. U 1997-yilda Apple kompaniyasiga qaytib, tez orada bozorda katta muvaffaqiyat
qozongan iPhone, iPad va boshqa innovatsion mahsulotlarni taqdim etdi.
Bulardan xulosa aniq: foyda korxona investitsiyasini iqtisodiy taraqqiyotga olib
keluvchi samarali loyihalarga yo'naltiradi, zarar esa resurslarni samarasiz loyihalarga
yo'naltirilishining oldini oladi. Bu o'ta muhim vazifadir. Ushbu vazifani bajara
olmaydigan iqtisodiy tizim stagnatsiya
(?)
 yoki undan ham yomonroq ahvolga tushadi.
Video:
Narx tizimi


45

Download 9,85 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish