Iqtisodiyotning o'n ikki muhim
elementlari
IQTISODIYOT
IQTISODIYOT
SHAXSLAR, DAVLATLAR, KORXONA VA
SHAXSLAR, DAVLATLAR, KORXONA VA
TASHKILOTLAR TANLOVLARINING TANQIS
TASHKILOTLAR TANLOVLARINING TANQIS
RESURSLARNI TAQSIMLASHGA TA'SIRINI
RESURSLARNI TAQSIMLASHGA TA'SIRINI
O'RGANADI
O'RGANADI
O'n ikki muhim element
1. Rag'batlar
(?)
ahamiyatga ega: manfaat va xarajatlardagi o'zgarishlar tanlovlarga
kutilganidek ta'sir etadi.
2. Tekin taom degan narsaning o'zi yo'q: tovarlar tanqisligi tufayli biz ularni
tanlashga majburmiz.
3. Qarorlar marjinaldir: resurslardan samarali foydalanish uchun tanlanadigan
imkoniyatning marjinal foydasi uning marjinal xarajatidan yuqori bo'lishi kerak.
4. Savdo iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi.
5. Tranzaksion xarajatlar savdoga to'siqdir.
6. Narxlar xaridor va sotuvchlar tanlovlarini muvozanatga keltiradi.
7. Foyda korxonalarni resurs qiymatini oshiruvchi samarali faoliyatga undaydi,
zararlar esa ularni resurs qiymatini pasaytiruvchi befoyda faoliyatdan cheklaydi.
8. Odamlar boshqalarga qadrli bo'lgan narsalarni yaratish orqali daromad topadi.
1-BOB
9
9. Yuqori hayot darajasi shunchaki «ish bilan ta'minlanganlik» tufayli emas, balki
insonlar qadrlagan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish natijasida vujudga
keladi.
10. Savdo, investitsiya
(?)
, samaradorlik va sog'lom iqtisodiy institutlar iqtisodiy
taraqqiyotning asosiy omillaridir.
11. Bozor narxlarining «ko'rinmas qo'li» xaridor va sotuvchlarni umumiy
farovonlikka eltuvchi faoliyatga yo'llaydi.
12. Faoliyatning uzoq muddatli oqibatlati yoki ikkilamchi ta'sirlari
(?)
ko'p hollarda
e'tibordan chetda qoladi.
Kirish
Video:
Baxt siri
Hayot tanlovlardan iboratdir. Iqtisodiyot
(?)
esa rag'batlantirishning ushbu tanlovlarga
va hayot shakliga ta'sirini o'rganadi. Ta'lim, xarajat, investitsiya, ish faoliyati bo'yicha
tanlovlar va boshqa qator shaxsiy qarorlar farovonlik va hayot sharoitimizga ta'sir
ko'rsatadi. Bundan tashqari, saylovchi va fuqaro sifatidagi tanlovlarimiz qonunlar yoki
«o'yin qoidalari»ga ta'sir ko'rsatadi. O'z navbatida ushbu qoidalarning erkinlik va
farovonligimizga ham ulkan ta'siri bor. O'zimiz va jamiyat uchun oqilona tanlovlarni
amalga oshirishda, avvalo inson tanlovlari, ular harakatlarining asoslari hamda ushbu
harakatlarning o'z va boshqalar farovonligiga qanday ta'sir qilishi to'grisidagi asosiy
printsiplarni yaxshi tushunib olishimiz lozim. Demak, iqtisodiyot insonlarning qaror
qabul qilish jarayonini, tanlovlarga ta'sir etuvchi kuchlar tahlilini hamda ularning
jamiyat faoliyatiga ta'sirini o'rganadi.
Iqtisodiy fikrlash usuli asosiy tushunchalarni fikrlash jarayoniga tatbiq etishdan
iboratdir. Keyingi qism iqtisodiyodni o'rganishda, nega ba'zi mamlakatlar rivojlanib,
yuqori daromad darajasiga yetishi, boshqalari esa, aksincha, iqtisodiy turg'unlikka
10
uchrab, kambag'al bo'lishi sabablarini tushunishda ahamiyatga ega bo'lgan o'n ikkita
tushunchalarni taqdim etadi. Xarajatlarning asl ma'nosi, narxlarning ahamiyati,
savdoning farovonlikka ta'siri hamda insonlar qadrlaydigan narsalarni ishlab chiqarish
turmush darajasini qo'llab-quvvatlashi to'g'risidagi tushunchalarni o'rganasiz.
Kitobning keyingi qismlarida bu tushunchalar muhim ahamiyatga ega bo'lgan
mavzularni o'rganishga asqotadi.
|