Rag'batlar ahamiyatga ega
Butun iqtisodiyot bitta oddiy printsipga tayanadi: manfaatlarning o'zgarishi inson
hatti-harakatiga kutilganidek ta'sir etadi. Rag'batga ham pullik, ham pulsiz omillar
ta'sir ko'rsatadi. Agar biror tovar qimmatlashsa, odamlarning uni tanlash ehtimoli
kamayadi. Shunga mos ravishda, tanlovdan kelib chiqadigan manfaat oshsa,
odamlarning uni tanlash ehtimoli oshadi. Gohida iqtisodiyotning asosiy postulati deb
ataluvchi ushbu oddiy g'oya juda kuchli asbob hisoblanadi, chunki u deyarli barcha
faoliyatimizda qo'llaniladi.
Odamlarning biror tanlovni tanlash ehtimoli uning qimmatlashgani sari
kamayadi. Ushbu g'oyaning ma'nosi to'g'risida o'ylab ko'ring. Uchrashuvga
kechikayotgan kishining yo'ldan do'stinikiga tashrif buyurish ehtimoli kamayadi. Sovuq
va yomg'irli kunda kamroq odamlar piknikka chiqadi. Narxlarning oshishi sotilgan
tovarlar miqdorini kamaytiradi. Ta'tildan bir kun oldin kollejda davomat odatdagidan
pastroq bo'ladi. Har bir holatda uning talqini bir xil: tanlov qimmatlashgani sari u
kamroq tanlanadi.
Xuddi shunday, agar tanlovdan kelib chiqadigan manfaat oshsa, odamlarning uni
tanlash ehtimoli oshadi. Ko'chada yurgan kishi yerda yotgan centdan ko'ra yevro yoki
dollarni olishi ehtimoli ko'proq. Agar biror dars mavzusining imtihonda bo'lishi ma'lum
bo'lsa, talabalar ushbu darsda diqqatliroq bo'ladilar. Mijozlar arzon, yuqori sifatli
xizmat ko'rsatuvchi va qulay manzilda joylashgan do'konlarda ko'proq xarid qiladilar.
Ishchilar xizmatlariga yarasha rag'batlantirilsa, ular qattiqroq va samaraliroq
ishlaydilar. Bu natijalarning barchasi oldindan ma'lum bo'lib, ular iqtisodiyotning
«rag'batlar ahamiyatga ega», degan postulatini shunchaki aks ettiradi.
ELEMENT 1.1
Manfaat va xarajatlardagi o'zgarishlar tanlovlarga kutilganidek ta'sir ko'rsatadi.
12
Video:
Rag'batlarning ahamiyati
O'qish uchun:
Duayt Li. «Rag'batning kuchi»
Ushbu asosiy postulat bozor narxlarining o'zgarishi rag'batlantirishga qanday
ta'sir etishi va shu orqali xaridor va sotuvchilar faoliyatini bir-biriga
muvofiqlashtirishini tushuntiradi. Agar xaridorlar biror tovarni ishlab chiqaruvchilar
sotishga bo'lgan istagidan (yoki imkoniyatidan) ko'proq sotib olishni istasalar, unda
uning narxi tezda oshadi. Narx oshgan sari sotuvchilarning tovarni sotishga bo'lgan
ixtiyori oshadi, shu bilan birga xaridorlar uni kamroq xarid qiladilar. Bu jarayon yuqori
narxlar talab va taklif miqdorini muvozanatga olib kelgunicha davom etadi. Ana shu
nuqtada narxlar barqarorlashadi.
Agar buning aksini ko'zatsakchi, ya'ni sotuvchilar xaridorlarning sotib olishni
istagan miqdoridan ko'proq ta'minlashni istasa, unda nima bo'ladi? Agar sotuvchilar
hamma tovarlarini joriy narxda sota olmasa, unda ular narxni pasaytirishiga to'g'ri
keladi. O'z navbatida, pastroq narxlar odamlarni ko'proq xarid qilishga rag'batlantiradi,
biroq shu bilan birga ishlab chiqaruvchilarni yanada ko'proq ishlab chiqarishdan
ogohlantiradi, chunki yangi, pastroq narxda mahsulot bilan ta'minlash ularga uncha
ma'qul emas. Avvalgidek, narxlarning o'zgarishi xaridorlar talab qilgan miqdorni
ta'minotchilar ishlab chiqargan miqdor bilan muvozanatga keltiradi. Mazkur bosqichda
narxlarning o'zgarishiga boshqa bosim bo'lmaydi
(1)
.
Masalan, ob-havoning noqulay kelishi sababli 2014-yilning yozida AQSHning
Jorjiya shtatidagi sha oli narxi oldingi yilga nisbatan 180% ga yaqin oshib ketdi.
Narxlarning keskin oshib ketishiga qaramasdan, iste'molchilar shikoyat qilmadilar.
Nega? Narxlarning ko'tarilishi natijasida sha oli sotib olish xarajatlari oshganligi
sababli aksariyat iste'molchilar sha oli o'rnini to'liq yoki qisman boshqa mevalarga
13
o'zgartirgan hamda qishki murabbolarni nok va behilardan tayyorlashgan.
Bundan tashqari, yuqori narxlar xaridorlar singari sotuvchilarga ham ta'sir
ko'rsatdi. Sha oli yetkazib beruvchi dehqonlar yangi daraxtlar ekdilar. Boshqa
dehqonlar esa olma va nok bog'larini chopib tashlab, o'rnida sha oli daraxtlari ekdilar.
Nihoyatda, 2 yildan so'ng (yangi ekilgan daraxtlar hosilga kirganda) sha oli ta'minoti
oshib, uning narxi pasaydi.
Rag'batlar siyosiy tanlovlarga ham ta'sir etadi. Odamning ovoz berish
kabinetidagi tanlash bilan bog'liq harakati uning savdo markazidagi tanlash bilan
bog'liq hatti-harakatidan katta farq qiladi deb o'ylashga asos yo'q. Ko'p holatlarda ovoz
beruvchilar ularga eng ko'p sof shaxsiy manfaat keltirishiga ishongan siyosiy
nomzodlar va siyosatni qo'llab-quvvatlaydilar. Agar kutilgan manfaatga nisbatan
shaxsiy xarajatlar yuqoriroq bo'lsa, unda ular ushbu siyosiy takliflarga qarshi
chiqadilar. Masalan, katta yoshli fuqarolar pensiya to'lovlarini qisqartirishni taklif
qilgan nomzodlar va loyihalarga ko'p marta qarshi ovoz berganlar. 2018-yilning
sentabridagi Rossiya gubernatorlik saylovlarida «Yagona Rossiya» partiyasining
qoniqarsiz ishtirok etishiga pensiya to'lovlarini qisqartirish bo'yicha takliflarga bo'lgan
norozilikni asosiy sabab qilib ko'rsatishadi. Shuningdek, talabalar kollejda o'qish uchun
ta'lim grantlari berilishini qattiq qo'llab-quvvatlashi ovoz berish natijalaridan ma'lum.
Rag'batning muhimligini nazardan chetda qoldirib bo'lmaydi. U inson
tabiatining bir qismidir. Rag'batlantirish sotsializmda
(?)
ham kapitalizmdagidek
(?)
ahamiyatga ega. Sobiq Sovet Ittifoqida shisha zavodining rahbar va xodimlari bir
paytlar shisha listlarining ishlab chiqarilgan tonnasiga qarab rag'batlantirilgan.
Ularning daromadi shishaning og'irligiga boq'liq bo'lgani bois ko'p zavodlar shishani
shunchalik qalin ishlab chiqarishganki, u orqali deyarli hech narsa ko'rinmasdi.
Natijada qoidalar o'zgartirilib, rahbarlarning mehnati ishlab chiqarilgan shishaning
jami kvadrat metriga qarab taqdirlangan. Ushbu qoidalar ostida Sovet korxonalari
shishani shunchalik yupqa ishlab chiqarishganki, u osonlik bilan parchalangan. Xuddi
shunday, Polsha fabrikalariga poyabzal soniga kvota belgilanganligi va ular juda kam
miqdorda charm bilan ta'minlanganligi sababli bozorda bolalar poyabzali ko'payib
ketganligi ajablanarli emas.
14
Ba'zilar rag'batlar insonlar ochko'z va egoist bo'lgandagina ahamiyatga ega deb
o'ylashadi. Bu noto'g'ri. Odamlar gohida egoistik, gohida esa g'amxo'rlik maqsadlarida
harakat qiladilar. Egoist yoki altruist kishilarning tanlagan variantlariga ularning
shaxsiy xarajat va manfaatlarining o'zgarishi ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun, egoist va
altruistning har ikkalasi uchun ham Dettifoss sharsharasidagi kuchli oqimda
cho'kayotgan boladan ko'ra sayoz basseynda cho'kayotgan bolani qo'tqarishga urinish
ehtimoli ko'proqdir
(2)
. Shuningdek, har ikkalasining ham muhtoj kishiga eng yaxshi
kiyimlaridan ko'ra eskisini berishi ehtimoli ko'proq.
Garchi hech kim marhum alban valine'mat Tereza onani qizg'anchilikda
ayblamasada, rag'bat uning ham o'z manfaatini ko'zlab ish tutishiga ta'sir ko'rsatgan.
Tereza onaning «Hayriya Missionerlari» tashkiloti Nyu York shahrida uysizlar uchun
boshpana ochmoqchi bo'lganda, shahar ma'muriyati undan binoga qimmat
o'zgartirishlar kiritishni talab qilgan. Shunda tashkilot ushbu loyihadan voz kechadi.
Bu qaror Tereza onaning kambag'allarga bo'lgan sadoqatini o'zgartirgani yo'q.
Aksincha, u rag'batning o'zgarganini aks ettiradi. Nyu Yorkdagi kambag'allarga yordam
berish tannarxi oshib ketishi sababli, Tereza ona undagi resurslar boshqa joyda ko'proq
foyda keltiradi, degan qarorga keladi
(3)
. Qarorlarga bir tomondan qizg'anchilik va
materialistik maqsadlar, ikkinchi tomondan g'amxo'rlik va altruistik maqsadlar ta'sir
etishiga qaramasdan, rag'batning o'zgarishi barchaning tanlovlariga ta'sir ko'rsatadi.
15
Odam: Sen bilan «sayr» qilish uchun ketgan vaqtim 175
dollar turishini qadriga yetarsan deb umid qilaman.
It: Men ham men sening yagona do'sting ekanligimni
qadriga yetarsan deb umid qilaman.
Stuning Nuqtai Nazari © 2004 Stu Barcha Huquqlar
Himoyalangan www.STUS.com
|