Tekin taom degan narsaning o'zi yo'q




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Tekin taom degan narsaning o'zi yo'q
Ishlab chiqarish resurslarining
(?)
cheklanganligi va shu bilan birga
insonning tovar va xizmatlarga bo'lgan
istagi deyarli cheksiz bo'lgani
sayyoramizdagi hayot haqiqatidir. Yangi
ust-bosh, hashamatli kema yoki
Shveytsariya Alp tog'larida dam olishni
istaysizmi? Bo'sh vaqt, hordiq chiqarish
va sayohat qilishga ko'proq vaqt
bo'lishinichi? Yap-yangi Porsh
mashinangizni okean bo'yidagi uyingiz
oldiga haydab kirsihni orzu qilasizmi?
Ko'pchiligimiz bularning hammasiga va
undan ko'proq narsalarga ega bo'lishni
xohlaymiz. Ammo resurslar, shu
jumladan vaqtning tanqisligi
(?)
sababli
bizning imkoniyatlarimiz
cheklangandir.
Hamma narsaga istagan
miqdorda ega bo'la olmasligimiz tufayli
biz muqobillar orasidan tanlashga majburmiz. «Tekin taom» degan narsaning o'zi yo'q.
Biror bir narsani amalga oshirishni istasak, biz uchun qiymatga ega bo'lgan boshqa bir
narsani amalga oshirish imkoniyatidan voz kechishimizga to'g'ri keladi. Shu tufayli
iqtisodchilar hamma xarajatlarni muqobil qiymat
(?)
deb tariflaydilar.
ELEMENT 1.2
Tovarlar tanqisligi tufayli biz ularni tanlashga majburmiz.


16
O'qish uchun:
Robert Frost. «Bosilmagan yo'l»
Ko'p xarajatlar pulda
(?)
 o'lchanadi, lekin ular ham muqobil qiymat hisoblanadi.
Misol uchun, biror narsani sotib olishga sarflagan pulingiz boshqa narsalarni xarid
qilishga mavjud emas. Xaridingizning muqobil qiymati siz shu xaridga pul
sarflaganingiz tufayli voz kechishingizga to'g'ri kelgan boshqa narsalarning siz uchun
bo'lgan qiymatiga teng. Agar biror ishni qilishda pul sarflashingiz kerak bo'lmasa,
ushbu harakat xarajatsiz degani emas. Quyosh botishining go'zalligini tomosha qilish
uchun sayrga chiqqanda pul sarflash shart emas, biroq sayrga chiqishning ham muqobil
qiymati bor. Sayr qilish uchun ketgan vaqtni boshqa yumushlarga: o'rtog'ingiznikiga
borish yoki kitob o'qishga sarflash mumkin edi.
Video:
Muqobil qiymat
Ba'zi narsalar shunchalik muhimki, ularni amalga oshirish uchun xarajatlarning
ahamiyati yo'q degan iborani tez-tez eshitamiz. Bunday fikrlash bir qarashda xolisdek
tuyuladi va bu balkim odamlarni biz qadrlagan narsalarga pul sarflashga undashning
samarali yo'lidir. Biroq, xarajatlar bu voz kechilgan boshqa muqobil narsalarning
qiymati ekanligini tan olsak, ularni e'tibordan chetda qoldirish asossiz ekanligi ayon
bo'ladi. Bir narsani amalga oshirish uchun uning xarajatlarini hisobga olmaslik xuddi
uning muqobillarining qiymatini hisobga olmaslik bilan baravardir. Agar biz bir-birini
istisno qiluvchi (ammo birday jozibali) muqobillardan birini tanlasak, ularning
arzonrog'i eng ma'qul tanlovdir.
Ham iste'molchi, ham ishlab chiqaruvchilar tanlovlari xarajatlarsiz emas. Tovar
qiymati uning narxida aks etgan bo'lib, u bizga iste'molchi sifatida mahsulotga bo'lgan
istagimizni sotib olishimiz mumkin bo'lgan boshqa muqobil mahsulotlarga bo'lgan


17
istagimizga taqqoslashga yordam beradi. Agar qiymatlarni hisobga olmasak, unda
daromadimizni «noto'g'ri» narsalarga, y'ani bizga unchalik qiymatga ega bo'lmagan
tovar va xizmatlarga sarflab yuborishimiz mumkin.
Ishlab chiqaruvchilar ham xarajatlarga duch keladilar. Bular mahsulotni yaratish
yoki xizmatlarni ko'rsatish uchun sarflangan resurslar qiymatidan iborat. Masalan,
yangi uy qurish uchun yog'och, po'lat va gipsokarton kabi resurslardan foydalanish bu
resurslarni shifoxona va maktab kabi boshqa narsalarni qurishga foydalanishdan
mahrum qiladi. Resurslarga bulgan baland narxlar, ularning boshqa bozorlarda xaridor
va sotuvchi baholagan, boshqa yuqori qiymatli maqsadlarda foydalanish imkoniyatlari
mavjudligi to'g'risida signal beradi. O'z navbatida, foyda izlovchi korxonalar uchun
ushbu signallar zarur bo'lib, ular shunga muvofiq ravishda harakat qiladilar va
arzonroq o'rinbosar resurslarni izlaydilar. Biroq davlat siyosati ushbu signallarni yo'qqa
chiqarishi mumkin. U soliq joriy etishi yoki tarafdorlarning iltifotiga erishish uchun
subsidiyalar orqali erkin va ochiq bozorlarda
(?)
shakllangan narxlarni pasaytirishi
mumkin. Lekin bunday siyosat resurslarni iste'molchilar eng yuqori baholaydigan
narsalarga yo'naltirishga yordam beradigan bozorning rag'batlantiruvchi kuchlarining
susayishiga olib keladi. 1991 va 1994-yilllar orasida Gruziyada sodir bo'lgan voqea bunga
klassik misoldir. Davlatning non narxini bozor narxi darajasidan pastroq qilib
muzlatishi iste'molchilarni bir kilometrdan ortiq navbatlarga turib qolishiga olib keldi.
Narx nazorati
(?)
 bekor qilingan kundanoq barcha do'kon rastalari to'satdan to'ldi va
navbatlar yo'q bo'ldi! Shunga o'xshash hodisa 2006-yilda yana Gruziyada sodir bo'ldi:
Rossiyadan keladigan gaz quvuri portlashi isitishda foydalanadigan kerosinga bo'lgan
talabni juda ko'tarilib ketishiga olib keldi. Narxni bo'rttirishning
(?)
 oldini olish uchun
kerosin narxlari nazoratga olindi, bu esa narxlar erkin bozor narxlari darajasigacha
ko'tarilishiga ruxsat etilmaguncha uzun navbatlarga olib keldi.
Siyosatchilar, davlat mulozimlari va lobbistlar
(?)
 ko'pincha «tekin ta'lim»,
«tekin tibbiy xizmat» yoki «tekin uy-joy» to'g'risida gapiradilar. Bu tushunchalar
aldamchidir. Bularning hech qaysisi tekin emas. Bularning har birini yaratish uchun
tanqis resurslar talab etiladi. Bu tanqis resurslar boshqa muqobil yo'nalishda ishlatilishi
mumkin. Misol uchun, bino, ish kuchi va boshqa resurslardan ta'lim sohasi o'rniga


18
ko'proq oziq-ovqat ishlab chiqarish, dam olish, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki
tibbiy xizmat ko'rsatish sohalarida foydalanish mumkin. Ta'lim berish bilan bog'liq
xarajatlar ishlab chiqarishdan voz kechilgan tovar va xizmatlar qiymatiga teng.
Hukumatlar xarajatlarni o'zgartirishga qodir bo'lishi mumkin, lekin ularni bartaraf eta
olmaydi. Davlat odamlarni pensiya yoshlari uchun pul jamg'arishni rag'batlantirmoqchi
bo'lganda odatda katta reklama loyihalari samarasiz bo'lib chiqadi, lekin soliq
imtiyoziga ega bo'lgan jamg‘arma hisob raqamlari ko'pincha natija beradi.
Muqobil qiymat juda muhim tushunchadir. Hayotdagi har bir narsa muqobil
qiymat bilan chambarchas bog'liq. Biz tanqislik dunyosida yashaymiz va shuning uchun
tanlashga majburmiz. Muqobil qiymat orqali biz dunyoni yaxshiroq anglashimiz
mumkin. Ko'pchilik muqobil qiymatiga aloqasi yo'q deb qaraydigan ish kuchi ishtiroki,
tug'ilish va aholi o'sish darajalariga muqobil qiymatining ta'sirini ko'rib chiqaylik.
Yuqori ma'lumotli ayollarning ma'lumoti kamroq ayollarga nisbatan uydan
tashqarida ishlash ehtimoli nega yuqoriroq ekanligi to'g'risida hech o'ylab
ko'rganmisiz? Bunga ham muqobil qiymat orqali javob olishimiz mumkin. Ma'lumoti
yuqori bo'lgan ayollarning ishlab daromad topish imkoniyatlari kengroq bo'lganligi
sababli ular uchun uyda o'tirish qimmatga tushadi. Mavjud dalillar shu nuqtai nazarni
qo'llab-quvvatlaydi. 2014-yilda Ukrainada o'n besh yoshdan to oltmish to'rt yoshgacha
bo'lgan ishchi kuchidagi
(?)
 ayollar orasida oliy ma'lumotli ayollarning 70 foizi ish bilan
band bo'lgan. Bu ko'rsatkich tugallanmagan oliy ma'lumotli ayollar o'rtasida 62 foizni
hamda o'rta maktabni tugatgan ayollar orasida esa 40 foizni tashkil etgan
(4)
. Iqtisodiy
nazariyadan bizga ma'lumki, agar uydan tashqarida ishlamaslik qanchalik
qimmatroqqa tushsa, shunchalik kamroq ayollar ishlamaslikni afzal ko'radilar.


19
1-chizma: Ukrainada bandlikning aholi soniga jinslar bo'yicha
nisbati (15-64 yoshli aholi orasida), foizda
0
10
20
30
40
50
60
90
80
70
%
a) Bandlikning aholi soniga jinslar bo'yicha nisbati, 2000–2014-
yillar
b) Jinsi va ma'lumoti bo'yicha bandlik darajasi, 2014-yil
erkaklar
ayollar
ayollar
erkaklar
0
10
20
30
40
50
60
70
2
0
1
4
2
0
1
3
2
0
1
2
2
0
11
2
0
1
0
2
0
0
9
2
0
0
8
2
0
0
7
2
0
0
6
2
0
0
5
2
0
0
4
2
0
0
3
2
0
0
2
2
0
0
1
2
0
0
0
ol
iy
ta
'li
m
ni
ng
ik
ki
nc
hi
b
os
qi
ch
i (
5B
)
ol
iy
ta
'li
m
ni
ng
b
iri
nc
hi
b
os
qi
ch
i (
5A
)
tu
ga
lla
nm
ag
an
o
liy
ta
'li
m
ol
iy
b
o'
lm
ag
an
o
'rt

m
ax
su

ta
'li
m
(4
)
o'
rta
ta
'li
m
ni
ng
y
uq
or
i b
os
qi
ch
i (
3)
o'
rta
ta
'li
m
ni
ng
q
uy
i b
os
qi
ch
i (
2)
bo
sh
la
ng
'ic

yo
ki
m
ak
ab
ga
ch

ta
'li
m
(0
-1
)
%
Manba: Labor Force Survey 2014-yil.
Iqtisod rivoji va daromadlarning o'sishi tug'ilish darajasiga qanday ta'sir
ko'rsatadi deb o'ylaysiz? Uy-ro'zg'or tashvishlariga sarflangan vaqt uydan tashqarida
ishlash uchun mavjud bo'lgan vaqtni qisqartiradi. Daromadlar oshishi bilan esa,
farzand ko'rish va katta oilani tarbiyalash bilan bog'liq muqobil qiymat oshadi. Shuning
uchun, kutilganidek, tug'ilish va aholi o'sishi darajasi kamayadi. Haqiqiy hayot ham shu
tahlilning dalillarini aks ettiradi. Oxirgi ikki asr davomida mamlakatning jon boshiga
to'g'ri keladigan daromadlarining oshishi bilan tug'ilish va aholi o'sishi ham pasaydi.
Bundan tashqari, ushbu holat barcha mamlakatlarda ro'y berganligi kuzatiladi.
Mamlakatlarning madaniy, diniy, etnik va siyosiy-tashkiliy tomonlari bir-biridan ancha
farq qilishidan qat'i nazar, farzand tarbiyasi bilan bog'liq muqobil qiymatning
oshganligi tug'ilish ko'rsatkichiga bir xil ta'sir ko'rsatdi.
Muqobil qiymat kuchli vosita bo'lib, biz unga darslik davomida qayta va qayta


20
murojaat qilamiz. Ushbu vositani fikrlash jarayoningizda qo'llasangiz, u sizga
iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar, korxona egalari, siyosatchilar va shu kabi boshqa
qaror qabul qiluvchilaning amaliy hatti-harakatlarini yaxshiroq tushunishingizga
yordam beradi. Undan tashqari, ushbu tushuncha sizga yaxshiroq tanlovlarni amalga
oshirishingizga yordam beradi.
O'qish uchun:
Duayt Li. «Imkoniyatlar va xarajatlar»


21

Download 9,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish