Mantiqiy Iqtisodiyot




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/130
Sana14.05.2024
Hajmi9,85 Mb.
#232892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalari

Qarorlar marjinaldir
Video:
Marjinal printsipi asosida fikrlash
Agar resurslardan maksimal darajada unum olishni istasak, faoliyatning foydasi uning
xarajatidan yuqori bo'lsagina, uni amalga oshirishimiz kerak va askincha, agar
faoliyatning xarajati uning foydasidan baland bo'lsa, bu faoliyatdan voz kechishimiz
kerak. Sog'lom fikrlash orqali qaror qabul qilishning bu printsipi shaxslar, korxonalar,
davlat xizmatchilari va butun jamiyatga taaluqlidir.
Tanlovlarning deyarli barchasi marjinal printsipi asosida amalga oshiriladi. Bu
degani deyarli barcha tanlovlar, «hammasi yoki hech qaysisi» degan qarordan farqli
o'laroq, ularning joriy holatiga nisbatan qo'shimcha (yoki chegirishlar) qilishni o'z
ichiga oladi. «Qo'shimcha» so'zi «marjinal»
(?)
 so'ziga o'rindoshdir. Masalan, «Keyingi
birlikni ishlab chiqarish yoki xarid qilishning marjinal (yoki qo'shimcha) qiymati
qancha?» – deb so'rashimiz mumkin. Marjinal printsipi asosida qabul qilingan qarorlar
katta yoki kichik o'zgarishlarni o'z ichiga olishi mumkin. «Keyingi birlik» yangi
ko'ylak, yangi uy, yangi zavod, hattoki universitet yoki kollej talabasi turli faoliyatlarni
tanlaganidek, sarflangan vaqtdan ham iborat bo'lishi mumkin. Ushbu qarorlarning
barchasi marjinaldir, chunki ular qo'shimcha xarajat va foydani hisobga olishni nazarda
tutadi.
Odamlar odatda yoki ovqatlanish, yoki kiyim kiyish o'rtasida tanlash singari
«hammasi yoki hech nima» kabi qarorlar qabul qilmaydilar. Uning o'rnida ular marjinal
foyda (ko'proq ovqat) bilan marjinal bahoni (kamroq kiyim-kechak yoki kamroq boshqa
ELEMENT 1.3
Agar resurslardan maksimal darajada samarali foydalanishni istasak, tanlanadigan
imkoniyatning marjinal foydasi uning marjinal xarajatidan yuqori bo'lishi kerak.


22
biror nima) taqqoslaydilar. Odamlar qaror qilganda oziq-ovqat va kiyim-kechakning
jami qiymatlarini emas, balki ularning marjinal qiymatlarini taqqoslaydilar. Bundan
tashqari, biz faqatgina marjinal foydasi marjinal bahosidan oshgan variantlarni
tanlaymiz.
Albatta, ba'zi narsalar mayda qismlarga bo'linmaydi. Ko'proq oziq-ovqat va
kichikroq xonadon tanlash oson, lekin bola ko'rish qarorlarida yarim bolani
qo'shishning ilojisi yo'q. Ammo shunday vaziyatlarda ham marjinal printsipi
qo'llaniladi. Ota-onalar bola sifatiga ko'proq yoki kamroq investitsiya (masalan,
qo'shimcha o'qish puli, musiqa darslari kabi ota-onalari bola hayotiga muvaffaqiyat yoki
baxt olib kelishiga ishonadigan investitsiyalar) qilishlari mumkin. Avtomashina
narxlari ko'tarilganda iste'molchilar sifati pastroq avtomashinalarni tanlashlari
mumkin (yoki o'z avtomashinalarini haydashda davom etadilar). Ko'pincha bolalar
qaysi maktabga borishi yashash manziliga bog'liq. Agar davlat siyosati ota-onalar
maktab sifati va bola ehtiyojiga qarab maktabni tanlash o'rniga bolalarni yashash joyiga
yaqin maktabga borishini talab qilsa, bu oilalarga muammo tug'diradi. Yashash joyi (va
unga tegishli maktab) davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadigan Xitoy kabi
mamlakatlarda erkin tanlash huquqi yanada ko'proq cheklangan.
Shuningdek, yangi zavod qurishni rejalashtirayotgan korxona rahbari yangi
zavodning marjinal foydasi
(?)
 (masalan, savdodan qo'shimcha daromad) uning
marjinal xarajatidan
(?)
 (yangi bino qurishning xarajati) oshish-oshmasligini hisobga
oladi. Agar oshmasa, korxona rahbari va jamoasi yangi zavodni qurmagani ma'qul.
Samarali siyosiy faoliyat ham marjinal printsipi asosida qaror qabul qilishni
talab etadi. Atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etish uchun qancha harakatlar zarurligi
to'g'risidagi siyosiy qarorni qarab chiqaylik. Agar odamlardan atrof-muhit
ifloslanishining ruxsat berish mumkin bo'lgan darajasi to'g'risida so'ralsa, ko'pchilik
hech ham mumkin emas deb javob qaytaradi, ya'ni ifloslanishni nolga tushurishimiz
kerak deb hisoblaydilar. Bu masala ovozga qo'yilsa, ular xuddi shunday ovoz berishlari
mumkin. Marjinal printsipi asosida fikrlash esa bu o'ta isrofgarchilik ekanligini
namoyish etadi.
Atrof-muhit o'ta ifloslanib, nafas olish ham qiyinlashsa, ifloslanishni


23
kamaytirishdan keladigan marjinal foydaning uning marjinal xarajatidan oshish
ehtimoli ancha yuqori bo'ladi. Ifloslanish darajasi kamayishi bilan uning marjinal
foydasi — havo qo'shimcha tozaligining qiymati ham kamayadi. Yanada tozaroq
atmosfera bizga foydali bo'lsada (masalan, olisdagi tog'larni ko'ra olishimiz yoki tozaroq
daryoda suzishimiz mumkin), u nafas yo'llarimizni himoya qilishdek qimmatli emas.
Atrof-muhit ifloslanishini butunlay bartaraf etishdan oldinroq, ifloslanish darajasini
yanada kamaytirishdan keladigan marjinal foyda deyarli nolga tushadi.
Ifloslanish darajasining pasayishi bilan uning marjinal foydasi kamayib, marjinal
bahosi oshib boradi. Ifloslanishni butunlay bartaraf etishning marjinal bahosi juda
yuqori bo'ladi. Marjinal baho bu ifloslanishni bir muncha kamaytirish uchun voz
kechishga to'g'ri kelgan boshqa narsalarning qiymatiga teng. Toza atmosferaning
marjinal bahosi uning marjinal foydasidan oshsa, ifloslanishni kamaytirishni davom
ettirish isrofgarchilik hisoblanadi. Boshqacha aytganda, faoliyat xarajatini oqlamaydi.
Ifloslanish misolini davom ettirib, quyidagi taxminiy vaziyatni ko'rib chiqaylik.
Ifloslanish 100 million yevroga teng zarar olib kelyapti, lekin uni bartaraf etishga esa
atigi 1 million yevro sarflanyapti deb faraz qilaylik. Shu ma'lumotga ko'ra, ifloslanishni
kamaytirish yo'lidagi faoliyatimiz yetarlimi yoki yo'qmi? Ko'pchilik bunga juda kam
mablag' sarflayapmiz deb hisoblaydi. Bu ehtimol to'g'ridir, lekin berilgan ma'lumot
bunday xulosa chiqarishga yetarli emas.
100 million yevro bu jami zararning miqdori, 1 million yevro esa tozalash bilan
bog'liq jami xarajatdir. Nima qilish to'g'risida oqilona qaror qabul qilish uchun
tozalashning marjinal foydasi va marjinal qiymatini bilishimiz lozim. Agar ifloslanishni
kamaytirishga sarflangan qo'shimcha 10 yevro zararni 10 yevrodan ko'proq miqdorga
kamaytirsa, bu ishga ko'proq mablag' sarflashimiz lozim. Bunda marjinal foyda marjinal
qiymatdan yuqori. Agar ifloslanishga qarshi tashabbuslarga sarflangan qo'shimcha 10
yevro zararni atigi bir yevro miqdorga kamaytirsa, ifloslanishga qarshi faoliyatga
qo'shimcha xarajat qilish oqilona bo'lmaydi.
Odamlar o'z fikr-mulohazalarida va saylovda ovoz berishda odatda
marjinalizmning ta'siriga e'tibor berishmasada, buni ularning o'z shaxsiy faoliyatlarida
kamdan-kam kuzatish mumkin. Oziq-ovqat va hordiq chiqarish o'rtasidagi tanlovni


24
ko'rib chiqaylik. Umuman qaraganda, oziq-ovqat hordiq chiqarishdan ancha qardli,
chunki u inson yashashi uchun zarur. Iqtisodiy nochor mamlakatlarda yashayotgan
qashshoq odamlar daromadlarining asosiy qismini yetarlicha ovqatlanishga sarflashadi.
Ular golf o'ynashga, suv chang'isida suzishga va hordiq chiqarishning boshqa turlari
bilan shug'ullanishga kam vaqt ajratishadi yoki umuman ajratishmaydi.
Odamlar boyishi bilan esa oziq-ovqat sotib olishning muqobil qiymati kamayadi.
Oziq-ovqat hayot uchun o'ta zarur bo'lsada, unga katta mablag' sarflashda davom etish
kaltafahmlik bo'lar edi. Yuqori farovonlikka yetishganda odamlar har bir keyingi
yevroni qanday sarflash to'g'risida qaror qabul qilish jarayonida oziq-ovqatning
marjinal foydasi hordiq chiqarishnikidan kam ekanligiga amin bo'lishadi. Masalan,
shvedlarning farovonlik darajasi oshgani sari ular daromadlarining kamroq qismini
oziq-ovqatga va ko'proq qismini esa dam olishga sarflashadi
(5)
.
Marjinalizm g'oyasi oqilona qarorlar qabul qilishda aynan marjinal harajat va
marjinal foyda ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Agar resurslarimizdan samarali
foydalanishni istasak, unda faqat marjinal foydasi marjinal xarajatidan yuqori yoki
unga teng bo'lgan faoliyatlarni tanlashimiz shart. Insonlar ham, mamlakatlar ham
marjinalizm printsipi asosida qarorlar qabul qilgandagina farovonlikka yetishishi
mumkin.
O'qish uchun:
Duayt Li. «Bozorlar va marjinalizm»


25

Download 9,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish