|
Tranzaksion xarajatlar ahamiyatga egaBog'liq Mantiqiy iqtisodiyot Shaxsiy va milliy farovonlikning dolzarb masalalariTranzaksion xarajatlar ahamiyatga ega
Ixtiyoriy ayirboshlash hamkorlikni rag'batlantiradi hamda biz xohlagan
mahsulotlardan ko'proq olishga ko'maklashadi. Biroq, savdo jarayoni xarajatsiz emas.
Potensial savdo hamkorlarini topish, ular bilan muzokaralar olib borish va savdo
kelishuvlarini tuzish uchun vaqt, tashabbus hamda boshqa resurslar talab qilinadi. Bu
maqsadlar uchun sarflangan resurslar tranzaksion xarajatlar
(?)
deb nomlanib, ular
boylik yaratish yo'lida to'siq hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish salohiyatini va o'zaro
foydali savdodan keladigan manfaatlarni ham cheklaydi.
Tranzaksion xarajatlarning yuqori bo'lishi gohida okeanlar, daryolar va
tog'larning mavjudligi bilan bog'liq, chunki bu ko'chmas to'siqlar mahsulotni
xaridorlarga yetkazib berishni murakkablashitiradi. Yo'l qurilishiga investitsiya qilish,
transport va aloqa tizimini takomillashtirish bunday tranzaksion xarajatlarni
kamaytirishi mumkin. Boshqa holatlarda esa, tranzaksion xarajatlarning yuqori bo'lishi
ma'lumot yetishmovchiligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Masalan, agar iqtisodiyot
darsi uchun eski darslik kitobini sotib olishni istasangiz, bu eski kitob kimda borligini
va u uni maqbul narxda sotish-sotmasligini oldindan bilmaysiz. Avval bu eski kitob
sotuvchisini izlab topishingiz zarur bo'ladi: buning uchun ketgan vaqt va kuch-quvvat
sizning tranzaksion xarajatingizni tashkil qiladi. Boshqa holatlarda esa tranzaksion
xarajatlar soliq, litsenziyalash talablari, davlat boshqaruvi
(?)
, narx nazorati, tarif
(?)
yoki import kvotasi
(?)
kabi boshqaruv to'siqlar tufayli yuqori bo'lishi mumkin. To'siqlar
jismoniy, siyosiy yoki axborot bilan bog'liq bo'lishidan qat'i nazar, yuqori tranzaksion
xarajatlar savdoning potensial manfaatlarini kamaytiradi.
Savdoni amalga oshirish va ma'qul qarorlarni qabul qilish uchun boshqalarga
ko'maklashadigan odamlar tranzaksion xarajatlarni kamaytirishga hamda iqtisodiy
taraqqiyotga yordam beradi. Bunday vositachilar
(?)
universitetlardagi kitob
|
| |