Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish




Download 1,02 Mb.
Sana13.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#228171
Bog'liq
 Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish


 Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish
Umumta’lim maktablarning moddiy–texnika resurslari ortib borishi bilan matematika darsida o’qituvchi an’anaviy ko’rsatmali vositalarni kompyuter slaydlari bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bunday imkoniyatlar ayniqsa masala yechishni o’rgatish jarayonida qo’l keladi. Masala syujetining dinamikasi slaydlarda yoki multiplikatsiya orqali ko’rsatib berilishi mumkin
Bunday vositalar ayniqsa, murakkab masala ustida ishlashda, o’zaro proportsional bog’langan miqdorlarga oid masalalarni tushuntirishda va ayniqsa harakatga doir masalalarni yechishda qo’l keladi. O’qituvchi eng oddiy slaydlarni o’zi yaratish imkoniga ega. Keyinchalik esa, bunday ko’rsatmali elektron vositalar mutaxasislar yordamida tayyorlanib, maktablarga tarqatilishi ham mumkin bo’ladi. Biz quyida ba’zi bir masalalar uchun slaydlar namunalarini keltirishga harakat qildik
Masala. Do’konda birinchi kun 160 kg olma sotildi, bu barcha olmaning 1/3 qismi, ikkinchi kun qolgan olmaning 4/5 qismi sotildi. Uchinchi kun sotish uchun necha kg olma qolgan? Bu butun va kasr qismi orasidagi munosabatni topishga oid masala. Yechish. Ekranda masalaning matni keltirilgach, rasmlar paydo bo’ladi. Birinchi bo’lib, birinchi kun barcha olmalarning 3/1 qismiga teng ekanligi ko’rsatilib, hamma olmalar massasi topiladi va yechimi yoziladi.
Keyin qolgan olmalar hisoblanadi. Uning uchun hamma olmalar massasidan birinchi kungi olmalar massasi ayriladi. Masalani yechishda ekranda ― 1/3-160 ‖ –birinchi kunda sotilgan olmalar massasi, ― 4/5-? ‖ – ikkinchi kunda sotilgan olmalar massasi ekanligi yozilib, uchinchi kun qancha olma sotilganligini topish kerakligi ko’rsatiladi. So’ngra ekranda yechimi va javobi beriladi. Uchinchi kun 64 kg olma sotilganligi ko’rsatiladi.
Download 1,02 Mb.




Download 1,02 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

Download 1,02 Mb.